Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti kimyo metallurgiya fakulteti



Download 0,7 Mb.
bet4/15
Sana29.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#593845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
MZMD tajriba

Nazorat uchun savollar:
1. Maydalash deb nimaga aytiladi?
2. Maydalash darajasi nimani koʻrsatadi?
3. Boʻlaklarning oʻrtacha diametrini aniqlash nima uchun zarur?
4. Boʻlaklarning chiziqli oʻlchamini aniqlash usullari.
5. Boʻlaklarning diametrini aniqlash usullari.
3-Tajriba ishi
Mavzu: Yanchish apparatlarda rudalarning yanchilish darajasini aniqlash (2soat)
Ishdan maqsad: Rudalarning qattiqligini, yanchilish darajasini va yanchuvchi uskunalarning tuzilishini oʻrganish.
Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy maʼlumotlar
Yanchish jarayoni rudani boyitishdan oldingi tayyorlash jarayoni hisoblanadi. Boyitish usuliga qarab rudalar 10 – 20 mm dan 0,1 – 0,04 mm yiriklikkacha yanchiladi.
Dastlabki va yanchilgan maxsulotlar tarkibidagi eng katta boʻlaklarning nisbati yanchish darajasi deb ataladi.
Yanchish darajasi chiziqli (i=db/do) va hajmiy (i=vb/vo) yanchish darajalariga boʻlinadi. Bu yerda “b” va “o” indekslari boshlangʻich va oxirgi oʻlcham va xajmni koʻrsatadi.
Amalda eng katta boʻlaklarning oʻlchami sepiluvchi maxsulot oʻtuvchi elak koʻzining oʻlchami bilan belgilanadi. Bunda elak koʻzining shakli dastlabki va yanchilish maxsuloti uchun bir xil boʻlishi kerak (dumaloq, kvadrat, toʻgʻri toʻrtburchak va x.k.).
Rudali jismni kerakli oʻlchamgacha maydalash va yanchish ezilish, ishqalanish, zarba, kesilish va h.k. usullar bilan amalga oshirilishi mumkin.
1. Ezilish–jismni ikki tarafdan berilayotgan maydalovchi yuza orasida parchalanishi (3.1-rasm, a).
2. Uzilish–jismni maydalovchi yuza tigʻlari taʼsirida boʻlaklarga parchalanishi (3.1-rasm, b).
3. Ishqalanish–jismni bir–biriga qarama–qarshi harakatlanuvchi ikki maydalovchi yuza orasida parchalanishi (3.1-rasm, s).
4. Zarba–jismni qisqa taʼsir etuvchi dinamik kuch taʼsirida parchalanishi. Bunday parchalanishning taʼsiri zarba kuchining kinetik energiyasiga bogʻliq. Zarba siqiq va erkin zarbaga boʻlinadi. Siqiq zarbada jism ikkita maydalovchi yuza orasida parchalanadi. (3.1-rasm, j).
5. Erkin zarbada jismning parchalanishi uni tegirmonning ishchi organi bilan yoki boshqa jism toʻqnashuvi natijasida (3.1-rasm, z) yuz beradi.
Sanoatda maydalash uchun “ezilish” usuli boʻyicha ishlovchi jagʻli maydalagichlar, “ezilish va ishqalanish” boʻyicha ishlovchi konusli maydalagichlar; yanchish uchun “siqiq zarba” usuli boʻyicha ishlovchi sharli tegirmonlar, “erkin zarba” usuli boʻyicha ishlovchi oʻziyanchuvchi tegirmonlar va h.k.lar ishlatiladi.


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish