3. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi - milliy taraqqiyotimizning Yangi bosqichi.
Har bir davrning o’z taraqqiyot omillari, ehtiyojlari, talablari va xayotiy tamoyillari bo’ladi. Tabiiyki, bularning barchasini shakllantirish va rivojlantirishga, ularga alohida ma’no-mazmun bag’ishlashga, bu davrda davlat, jamiyat hayoti, ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyatining aniq yo’nalishlarini belgilab beradigan ulkan tarixiy voqealar bo’ladi.
2016 yil 4 dekabrda mamlakatimizda bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, hech shubxasiz, Yangi tariximizdagi ana shunday beqiyos xodisa bo’ldi.
Chunki aynan ana shu saylovda butun O’zbekiston xalqi o’zining buyuk siyosiy irodasi, xuquqiy madaniyatini namoyon etib, mamlakatimizning istiqboldagi taraqqiyoti, xalqimiz, farzandlarimizning yorug’ kelajagi, farovon hayoti uchun ongli ravishda ovoz berdi. Demokratik talablarga to’liq mos tarzda, milliy saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar doirasida, ochik va oshkora o’tgan saylov jarayonini 5 ta nufuzli xalqaro tashqilot va 46 ta davlatdan 600 ga yaqin kuzatuvchi kuzatib bordi.
Yuksak saviyada o’tgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar xarakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod sifatida ishtirok etgan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev saylovchilar umumiy sonining 88,61 foiz ovozini olib g’olib bo’ldi.
Toshkent shaxrida 2016 yil 14 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishi tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisi bo’lib o’tdi. Tantanali marosimda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyev nutq so’zladi. Davlatimiz raxbari yaqin va o’rta istiqbolda mamlakatimiz oldida turgan eng muxim va dolzarb vazifalarga atroflicha to’xtalib o’tdi. Ma’lumki, bu vazifalarga Prezidentimizning saylovoldi dasturida aloxida e’tibor qaratilgan edi. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilar vakillari bilan o’tkazilgan uchrashuvlar jarayonida ular yanada boyitildi.
«Bizning vazifamiz - to’plangan tajriba va ilg’or xalqaro amaliyotga suyangan xolda,- dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishi marosimiga bag’ishlangan nutqida, - o’zimizning taraqqiyot va Yangilanish modelimizni katiy amalga oshirishdan iborat. SHu borada yaqin va o’rta muddatga belgilangan marralarga erishish uchun katiyat bilan xarakat qilishimiz zarur. Shu maqsadda 2017 - 2021 yillarda O’zbekistonni yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasini ishlab chiqish yaqin kunlarda yakunlanadi».
Xaqiqatan ham, Prezidentimizning bevosita raxbarligi ostida «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini ham o’z ichiga oladigan mazkur keng ko’lamli dasturiy xujjat xar tomonlama puxta ishlab chiqildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi 2017 yil 7 fevralda imzolangan Farmoniga muvofiq, uni xayotga joriy etish bo’yicha qonuniy tamoyil va mexanizmlar tasdiqlandi. Mazkur Farmonga berilgan sharhda Harakatlar strategiyasining ahamiyati alohida tasdiqlanib, bu boradagi loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg’in muxokamalar olib borilgani, ular turli axborot maydonlariga joylash- tirilgani, buning natijasida ko’plab taklif va muloxazalar kelib tushgani, xususan, «Qonun xujjatlari ta’sirini baxolash tizimi» portalida yo’lga qo’yilgan muxokamalar tufayli kelib tushgan 1310 ta taklif-muloxaza asosida «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturining 41 ta bandi qayta ko’rib chiqilgani qayd etiladi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizda ham, chet el ijtimoiy-siyosiy doiralari tomonidan ham katta qiziqish va e’tibor bilan o’rganilmoqda. Bu borada atoqli olimlar, nufuzli ekspert va kuzatuvchilar, turli darajadagi ko’zga ko’ringan raxbarlar o’z fikr-muloxazalarini bildirmoqdalar. Harakatlar strategiyasining xar bir ustuvor yo’nalishi mamlakatimiz taraqqiyoti uchun g’oyat muxim ahamiyatga ega bo’lib. ular quyidagilardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |