122
Yerga katta tok o‘tib ketadigan bo‘lsa (bu holat zamonaviy elektr uskunalarida
sodir bo‘lishi mumkin), qobiqdagi yo‘l qo‘yilgan kuchlanishni yerga nisbatan ulash
qurilmasini qarshiligini pasaytirish hisobiga xavfsizlikni ta’minlab bo‘lmaydi. Bu
holatda, konturli yerga ulagich qurilmalari qo‘llaniladi (
6-rasm
).
Konturli yerga ulash
qurilmalarida yerga ulagichlar, yerga ulanadigan
uskunalarni joylashgan maydonini perimetrda va maydoncha ichkarisida setka
shaklida o‘rnatiladi. Tok qobiqga o‘tib ketish holatida yerga ulagichlardan yoyilib
ketayotgan
tok hisobiga, maydonchaning sathida maydonchaga chiqayotgan yeriga
nisbatan, yuqori potensial hosil bo‘ladi.
Potensiallarni yoyilish grafigini olish uchun har bir ulagichni potensiallarini
alohida ustma-ust qo‘shib aniqlash mumkin. SHuni hisobidan uskunani qobig‘i va yer
sathini potensiallari tenglashadi va maydon ichiga tegib ketish kuchlanishi xavfsiz
bo‘lib qoladi. Konturli yerga ulash qurilmalarini
maydon chegarasidan, qadamli
kuchlanishi oshib qoladi. Uni kamaytirish maqsadida insonlar o‘tadigan yo‘llarida
alohida metalli shinalar o‘rnatiladi. Natijada yer sathidagi potensiallarni taqsimlash
qiyaligi, hamda qadamli kuchlanishi kamayadi.
SHunday qilib, konturli yerga ulash qurilmasida yerga ulangan uskuna
atrofidagi
potensiali balandroq, potensiallari ayirmasi esa pastroq bo‘lishi hisobiga,
tegib ketish kuchlanishi va qadamli kuchlanishni xavfsizligi ta’minlanadi. Yerga
ulash qurilmalari,
tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin.
Qurilishda va ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan elektr o‘tkazuvchi qismlar:
metall konstruksiyalar,
armatura, truba, quvurlar (yonuvchi va portlovchi gaz va
suyuqliklardan tashqari), kabellarni metalli izolyatsiyasi (alyuminiydan tashqari) va
h.k, tabiiy yerga ulash qurilmalari deb ataladi. Yerga ulash qurilmalardan foydalanish
tavsiya etiladi.
Sun’iy yerga ulash qurilmalari, bu maxsus tayyorlangan bo‘lib, boshqa
maqsadlarda qo‘llanilmaydi. Ko‘pincha ular vertikal joylashgan elektrodlar va ularni
biriktiradigan gorizontal joylashgan elektrodlardan iborat bo‘ladi.
Vertikal elektrod
sifatida, diametri 10-14 mm va uzunligi kamida 5 m bo‘lgan
po‘latli o‘zak qo‘llaniladi, hamda o‘lchamlari 40x40 mm dan 60x60
mm gacha va
uzunligi esa 2-3 m bo‘lgan ugolniklar kamroq qo‘llaniladi.
Vaqtincha yerga ulash qurilmalari
sifatida, maxsus yuruvchi yerga ulash
qurilmalari qo‘llaniladi. Ularni o‘rnatish va yig‘ishtirishni osonlashtirish maqsadida,
yerga burab o‘rnatiladigan
elektrodlar, hamda biriktirish uchun qo‘llaniladigan
maxsus qisqichlar mavjud.
Yerga o‘tkazgichlar o‘zaro va yerga ulagichlar bilan biriktirish maqsadida
yerga ulanadigan uskunani qobig‘i bilan payvandlanadi yoki bolt yordamida
biriktiriladi.
Magistral yerga o‘tkazgichlar yerga ulagichlar bilan ikki joyda biriktiriladi.
Vertikal elektrodlarni odatda yerdan 70-80 sm chuqurroq o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: