1.
Zaharli gazlar va moddalar bilan zaharlanish mumkin bo‘lgan sexlar va
laboratoriyalarda birinchi yordam qutichasining tarkibi tegishlicha to‘ldirilishi
kerak.
2.
Birinchi yordam xaltalari uchun vositalar to‘plamiga shinalar, muz uchun
rezina xaltasi, stakan, choy qoshig‘i, bor kislotasi va ichimlik sodasi kiritilmaydi.
Birinchi yordam xaltalari uchun, qolgan pozitsiyalar ro‘yxatda ko‘rsatilgani
bo‘yicha 50 foiz miqdorida kiritiladi.
3.
Yoz davrida hasharot chaqishi mumkin bo‘lgan ishlash joylarida birinchi
yordam qutichalarida (xaltalarida) dimedrol (1 o‘ram) va kordiamin (1 flakon)
bo‘lishi kerak.
4.
Birinchi yordam qutichasining ichki devorida qaysi
dori vositalari qanday
jaroxatlarda qo‘llanilishi
(masalan, burundan qon oqishida - 3 foizli vodorod
peroksidi va
h.)
ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Yordam ko‘rsatayotgan shaxs inson organizmini hayotiy muhim funksiyalari
buzilishining asosiy alomatlarini bilishi, va shuningdek jabrlanganni xavfli va
zararli omillar ta’siridan xalos etishni, jabrlanganning holatini baholashni,
ko‘rsatilayotgan birinchi yordamning ketma-ketligini belgilashni, zarur bo‘lganda
jabrlanganga yordam ko‘rsatayotganda va transportirovka qilishda qo‘l keladigan
mavjud vositalardan foydalanishni bilishi shart.
Jabrlanganga
birinchi
yordamni
ko‘rsatishda amalga oshiriladigan
harakatlarning ketma-ketligi:
1)
jabrlanganing organizmiga xavfli va zararli omillar ta’sirini (elektr
tokining ta’siridan xalos etish, zararlangan muhitdan olib chiqish, yonayotgan
kiyimlarini o‘chirish, suvdan chiqarib olish va x.) bartaraf qilish;
2)
jabrlanganning holatini baholash;
3)
jabrlanuvchini hayoti uchun eng ko‘p xavf solayotgan jaroxatning
xususiyatlarini va uni qutqarish bo‘yicha qilinadigan harakatlarning ketma-ketligini
aniqlash;
4)
jabrlanuvchini qutqarish bo‘yicha zarur choratadbirlarni eng kerakligi
tartibida bajarish (nafas yo‘llari ugkazuvchanligini tiklash; sun’iy nafas, yurakning
tashqi massaji muolajalarini o‘tkazish; qon oqishini to‘xtatish; singan joylarni
qimirlamaydigan qilib mahkamlab qo‘yish; bog‘lamalar kuyish va x.):
5)
tibbiyot xodimlari yetib kelishiga qadar jabrlanuvchining asosiy hayotiy
funksiyalarini saqlab turish;
6)
tez tibbiy yordam yoki shifokorni chaqirish yoxud jabrlanuvchini eng
yaqin tibbiyot muassasiga yetkazish choralarini ko‘rish.
Hodisa ro‘y bergan joyga tibbiyot xodimlarini chaqirish imkoni bo‘lmasa,
jabrlanuvchini eng yaqin tibbiyot muassasiga yetkazish choralari ta’minlanishi
kerak. Jabrlanuvchini faqat nafasi va pulsi barqaror bo‘lganda joydan-joyga
ko‘chirib o‘tkazish mumkin.
Agar jabrlanuvchining holatiga ko‘ra uni ko‘chirib bo‘lmasa, tibbiyot
xodimlari yetib kelishiga qadar jabrlanuvchining asosiy hayotiy funksiyalarini
saqlab turish lozim.
67
Do'stlaringiz bilan baham: |