Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti "avtomatlashtirish va boshqaruv"


Himoya vositalari holatini nazorat qilish va ularning hisobini olib borish



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/155
Sana04.11.2022
Hajmi4,1 Mb.
#860262
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   155
Bog'liq
УМК узб хафвсизлик коида ТЖА

Himoya vositalari holatini nazorat qilish va ularning hisobini olib borish 
Raqamlanishi zarur bo‘lmagan gilamchalar, tagliklar, hamda xavfsizlik 
plakatlari va belgilaridan tashqari, ishlatilayotgan barcha izolyasiyalovchi himoya 
vositalari, himoya belbog‘lari ham raqamlangan bo‘lishi zarur. Elektrostansiya, elektr 
tarmoqlari va podstansiyalarda har bir himoya vositasi uchun alohida raqamlanadi. 
Inventar raqamlar bevosita himoya vositasiga yozib qo‘yiladi. 
Agar himoya vositalari bir necha bo‘laklardan iborat bo‘lsa (kuchlanish 
ko‘rsatgichlari, izolyasiyalovchi shtangalar va hokazolar), ushbu vosita uchun 
umumiy bo‘lgan raqam jami bo‘laklarga alohida yozilishi zarur. Himoya 
vositalarining raqami barcha bo‘laklarda bir xilda bo‘lsa, zavod raqamini qo‘llash 
mumkin. 
Elektrostansiya sexlari, podstansiya (markazlashtirilgan xizmat ko‘rsatilganda 
bo‘lim va uchastkada) laboratoriya, qurilish-montaj tashkilotlari uchastkalari va 
boshqa joylarda himoya vositalarini hisobga oluvchi va holatini nazorat qiluvchi, 
ularning nomi va raqami qayd qilingan, saqlanish joyi ko‘rsatilgan, vaqti-vaqti bilan 
sinash va ko‘rikdan o‘tkazish muddati ko‘rsatilgan qayd etish jurnali olib borilishi 
zarur. Jurnal tavsiya qilingan shaklda (1-ilovaga qaralsin) to‘ldirilib borilishi va har 6 
oyda bir marta himoya vositalari holatiga javobgar ma’muriy texnik xodim 
tomonidan nazorat qilib turilishi zarur. SHaxsiy foydalaniщda bo‘lgan himoya 
vositalari ham, himoya vositalarini hisobga olish va saqlash jurnalida qayd kilinishi, 
ularning berilgan vaqti va xodimning vositani olganligi to‘g‘risidagi imzosi bo‘lishi 
zarur. 
Himoya vositalari tayyorlangandan so‘ng har bir himoya vositasi namunasini 
qabul qilish va topshirish, davriy (vaqti-vaqti bilan) va namunaviy sinovlardan 
o‘tkazish talab qilinadi (GOST 16504-81). Ishlatilayotgan himoya vositalari davriy 
va navbatdan tashqari (ta’mirlashdan kyoyin o‘tkaziladigan) sinovlardan o‘tkazilishi 
lozim. 
Izolyasiyalovchi tagliklar, dielektrik gilamchalar, ko‘chma erga ulagichlar, 
to‘siqlar, plakat va belgilardan tashqari, zavodlardan yoki omborlardan ishlatish 
uchun olingan hamma himoya vositalari ishlatish sinovlari me’yorlari bo‘yicha 
sinovdan tekshirilishi shart. 


60 
Izolyasiyalovchi dastakli uskuna va 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish 
ko‘rsatgachlaridan tashqari, sinovga bardosh bergan barcha himoya vositalariga 
quyidagi shakllarda keltirilgan shtamplardan biri qo‘yilishi zarur. 
Elektr himoya vositalari uchun shtamp namunasi: 
№ ____________________________ 
_________________________kV kuchlanishgacha yarokli. 
Kyoyingi sinov muddati 200__ y "____" ________________________ 
___________________________________________________________ 
(laboratoriya nomi) 
Elektr uskunalari kuchlanishidan qati nazar ishlatiladigan himoya vositalari va 
saqlagich moslamalari (dielektrik qo‘lqoplar, protivogazlar, montyorning himoya 
belbog‘lari, xavfsizlikni ta’minlovchi xavfsizlik arqonlari va h.k. lar) uchun shtamp 
namunasi: 
№ ____________________________ 
_________________________kV kuchlanishgacha yarokli. 
Keyingi sinov muddati 200__ y "____" ________________________ 
___________________________________________________________ 
(laboratoriya nomi) 
SHtamp rezina mahsulotlari chetiga, saqlagich moslamalari va elektr himoya 
vositalarini izolyasiya qismidagi chegaralovchi halqa yoniga chidamli hamda yuvilib 
ketmaydigan bo‘yoq bilan bosilgan bo‘lishi yoki elimda yopishtirilishi kerak. Bir 
necha bo‘lakdan iborat bo‘lgan himoya vositasiga shtamp himoya vositasining faqat 
bir bo‘lagiga bosilishi lozim. Ishga yaroqsiz deb topilgan himoya vositasining eski 
shtampi qizil bo‘yoq bilan o‘chirib tashlanishi zarur. 
Himoya vositalarini sinovdan o‘tkazuvchi laboratoriya elektr va mexanik sinov 
natijalarini ixtiyoriy shakldagi jurnalda qayd qiladi. Dielektrik rezinadan qilingan 
ko‘p miqdordagi himoya vositalarining sinov natijalarini alohida jurnalda qayd qilish 
mumkin (2-ilova). Begona tashkilotlarga tegishli himoya vositalariga ham shtamp 
bosiladi va bundan tashqari, buyurtmachiga sinov bayonnomasi beriladi (3-ilova). 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish