Navoiy ijodining xorijda tadqiq etilishi. Navoiyshunoslik muammolari



Download 33,14 Kb.
bet7/8
Sana03.07.2022
Hajmi33,14 Kb.
#733829
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abduraxmanova Umida 215 Navoiyshunoslik

Tarjimasi: «Bahrom Diloromni qochirib yuborganlarga hamda saroy askarlariga yangi buyruqlar berdi: «Shimolga, janubga shoshiling, g‘arbga, sharqqa boring. Kerak bo ‘lsa, butun imperiyani ag ‘dar-to ‘ntar qiling, ammo oy yuzli Diloromni toping. Ehtimol, biror yirtqich hayvonga yem bo ‘lgandir. Men uning izsiz yo ‘qolishiga ham, azob chekishiga ham bardosh berolmayman».
Shunday qilib, askarlar uni qidirishga tushdilar. Tashvishlar girdobida qolgan shoh u yoqdan bu yoqqa yurar, sevgilisidan biror-bir yangilikni intiqib kutardi. Ovqat mahali, Bahromning yuzi juda horg ‘in va g ‘amgin edi. Imperiya oshpazlari u yoqtirgan barcha taomlarni tayyorlashgan, ammo u atirgul barglaridan qilingan ovqatdan va sho ‘rvadan nari-beri tatib ko ‘rdi, xolos. Har daqiqada birortasi Diloromni olib kelayaptimikan deya tashqariga nazar tashlab qo ‘yardi. Ammo baxtga qarshi askarlarning hech qaysisi uni topa olishmagan edi. Uzoq izladilar. Otlarda imperiya yo ‘llari bo ‘ylab, fillarda o ‘rmonlar orqali harakatlanayotgan askarlar u qayerda bo ‘lishi mumkinligi haqida bosh qotirar edilar. Baxtga qarshi, yomg ‘ir ham uning izlarini yuvib ketgan, bir ko ‘ngilsizlik ketidan ikkinchisi kelar edi. Nihoyat, chuqur tushkunlikka tushgan shoh umidini uzar ekan, bu fojiaga qo ‘shilib o ‘zi ham betob bo ‘lib qoldi. U eshikdan tashqariga chiqmay qo ‘ydi. Chunki tashqarida mayin qo ‘shiqlar kuylovchi Dilorom yo ‘q edi. U saroy ichida qo ‘shiq kuylashni man etib qo ‘ydi. Ko ‘pgina tabiblar uni tekshirib ko ‘rib, o ‘zaro maslahat qilishdi, ammo na bir giyoh va na bir dori-darmon unga kor qildi».
Yuqoridagilar asosida aytish mumkinki, Maykl Tramezzino yoki boshqa noma’lum shaxs Sharq mumtoz ijodkorlari Firdavsiy, Dehlaviy va Alisher Navoiy asarlarining ma’lum qo ‘lyozmalari asosida (yoki ularni o ‘z yurtiga olib ketib) yangi qorishma asar yaratgan. Bu asar Tramezzinoning asari sifatida uyg ‘onish davrining shoh asarlari qatoridan joy olgan. 
7. Navoiyshunoslik fani muammosi
Adabiyot darslarida Alisher Navoiy hayoti va ijodini o'rganish, o'rgatish o'qituvchilarning o'ziga xos qiyinchilik, muammolarga duch kelishiga sabab bo'ladi. Bu hol, albatta, shoir ijodiyoti va shaxsiyatining mukammalligi bilan izohlanadi. Shunday vaziyatda o'qituvchilarga navoiyshunos olimlarning bu borada olib borgan ishlariga murojaat qilish ko'proq samara beradi. Maktab va litsey o'quvchilariga Navoiy ijodini o'rgatish, asarlari mazmunini osonroq va tushunarliroq yetkazishda adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqulovning sharh va talqinlari muhim ahamiyat kasb etadi. Olimning 1989 yilda nashr etilgan “Zanjirband sher qoshida” kitobiga Alisher Navoiy ijodining mohiyatini tushuntirib, sharhlab beruvchi maqolalar jamlangan bo'lib, kitob o'rta yoshli kitobxonlarga mo’ljallangan. Kitobga so'zboshi yozgan O'zbekiston xalq shoiri E. Vohidovning aytishicha, bir uchrashuvda muxlislar unga shunday savol berishgan: “Siz Gyote, Yesenin she'rlarini tarjima qildingiz, endi qachon bizga Alisher Navoiy she'rlarini tarjima qilib berasiz?” Bu g'ayritabiiy tuyulgan savolga shoir o'sha paytda javob bermaganligini eslab, “Zanjirband sher qoshida” kitobi so'zboshisida shunday mulohaza yuritadi: “Alisher Navoiy yashagan davr bilan bizning zamon o'rtasida yarim ming yillik vaqt masofasigina emas, juda katta ijtimoiy ong masofasi, adabiy til, dunyoqarash, hayot tarzi masofalari bor. Mutaxassis bo'lmagan o'quvchiga Navoiyning asarlarini tushunib yetish hozirda muammo. Demakki, Navoiy asarlarini sharh qilish, tafsirlash, ya'ni o'sha savol bergan kitobxonning so'zi bilan aytganda tarjima qilish zarurati bor. Bundan tashqari O`zbekistonda Navoiy asarlarini yanada mukammalroq tadqiq qilish uchun yangi navoiyshunoslar kerak. Navoiyning barcha asarlarini qancha tadqiq qilsak ham kam ekanligini va uning asarlaridagi har bir so`z ko`plab ma`no anglatishini hisobga olib, uni yanada ko`proq o`rganish lozim. Hozirgi kun navoiyshunoslik fanining eng katta muammosi ham fanning yangi, qobiliyatli, salohiyatli, navoiy ijodini sevuvchi navoiyshunoslarga muhtojligidir.

Download 33,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish