Navoiy ijodining xorijda tadqiq etilishi. Navoiyshunoslik muammolari


XVI- XX asrlar g`arb adabiyotida Navoiy asarlarining o`rganilishi



Download 33,14 Kb.
bet2/8
Sana03.07.2022
Hajmi33,14 Kb.
#733829
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abduraxmanova Umida 215 Navoiyshunoslik

2. XVI- XX asrlar g`arb adabiyotida Navoiy asarlarining o`rganilishi
XVI-XIX asrlarda Yevropada Navoiy ijodiga qiziqish, uning asarlarini tarjima qilish va uning asarlari tarjimalari asosida yangi asarlar yaratish boshlangan edi. Bunga quyidagilarni misol qilish mumkin:
XVII asrda gruzin shoiri Sitsishvili Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonini ijodiy tarjima qilib, “Yetti go ‘zal” dostonini yaratadi.
XVII asrning birinchi yarmida o ‘tgan yana bir gruzin shoiri Nodor Persodaniodze: "Navoiy bu qissani ("Sab’ai sayyor" ni) chig ‘atoy (qadimgi o ‘zbek) tilida yozgan, biz shoirlikda biron kishini u bilan tenglashtirib tasavvur qila olamizmi?"-degan edi.
1697 yilda fransuz sharqshunosi Derbelo «Sharq kutubxonasi» qomusini nashr ettirdi. Bunda biz Alisher Navoiyga oid mo`jaz ma`lumotlarni uchratishimiz mumkin. Lekin bu ishni XIX asrda chuqurroq o`rganila boshlandi.
Navoiy asarlarini tarjima qilish XIX – XX asrlarda ham davom etadi. O`sha asrlarda Navoiy asarlari turk va tatar tillariga tarjima qilinadi. Bu orqali biz o`sha davrlarda xalqlar o ‘rtasidagi madaniy va adabiy aloqalarning uzoq tarixiy ildizlarga ega ekanligini ko ‘rishimiz mumkin bo`ladi. Biroq ekspluatatsiyaga asoslangan tuzum bu xalqlarga o ‘z madaniy va adabiy merosi bilan yaqindan tanishish va undan foydalanish imkoniyatini bermagani kabi, boshqa xalqlarning madaniyati va adabiyoti bilan kengroq tanishish imkoniyatini ham bermas edi.
XIX asr oxirlaridan boshlab esa Eronning paniranistlari va Turkiyaning panturkistlari Navoiyning ijodini soxtalashtirishga, uni "Eron shoirlarining tarjimoni" yoki "umumturk shoiri" deb o`z paniranistik va panturkistik qarashlarini targ ‘ib qilishga, kitobxonlarni chalg ‘itishga intildilar. Pan-turkizm va paniranizm siyosiy oqimlardir, ular hech qanday tarixiy kontekstni hisobga olmaydilar, faqat hozirgi ishlarning holati bilan rahbarlik qilishadi.
Biz Navoiy asarlari va uning hayotini o`rgangan bir qancha shaxslarni misol tariqasida keltirsak, ulardan asosiylari M. Nikitskiy, Katrmer, Belen, Bloshe, Ilminskiylar deyish mumkin. Ular Navoiyning asarlariga to`liq va to`g`ri tarif bergan deya olmaymiz, lekin ularning asarlari g`arbda Navoiyni o`rganishga bo`lgan qiziqishni orttiradi.
Navoiy hayoti va asarlari bo`yicha qilingan ishlardan:
- Fransuz sharqshunosi M. Belenning maqolalari hamda «Xamsat ul-mutahayyirin», «Mahbub-ul-qulub»dan parchalarning chop etishi (1861,1866 yillar);
- Katrmerning «Tarixi mulki Ajam», «Muhokamat ul- lug ‘atayn» asarlarining asliyatda nashr etishi (1841);
- Rus sharqshunosi M. Nikitskiyning «Amir Nizomiddin Alisher va uning davlat hamda adabiyotsohasidagi ahamiyati» mavzusida yozilgan magistrlik dissertasiyaning kitob holida nashr etilishi (1856 yil);
- Rus sharqshunosi V. Velyaminov-Zernov 1868-yilda Aloyi binni Muhibiyning “A1 lug'at un-Navoiyat val-istishhodat ul-chig ‘atoiyat” (“Navoiy lug'ati va chig ‘atoy tili dalillari”) lug ‘atini Sankt-Peterburgda nashr ettirishi;
- Fransuz sharqshunosi Pave de Kurteyl Navoiy asarlaridan foydalanib, lug ‘at tuzishi;
- Sharqshunos Silvestre de Sasi (1758-1838) o ‘z tadqiqotlarida Alisher Navoiyning shoir va davlat arbobi sifatidagi faoliyatiga to ‘xtalib o'tishi;
- 1818-yilda nemis olimi X. Purgshtall “Navoiyga oid bitiklar” asarini yaratib, unda Alisher Navoiyning nasl-nasabi, shoirligi, davlat arbobi sifatidagi faoliyati va bunyodkorlik ish- lariga to'xtalib o'tishi;
- N. Ilminskiy, I. Berezin va boshqalarning turli xildagi ishlarini misol keltirish mumkin.
To ‘g ‘ri, G ‘arb sharqshunoslari asarlarining hammasi ham bir xil saviyada yozilgan, ularning hammasida ham Alisher Navoiy merosiga yuksak baho berilgan deb bo ‘lmaydi. Chunki bu sohadagi ish endi boshlanayotgan bo ‘lib, hali uning hamma asarlari ham to ‘liq va chuqur ilmiy tarzda o ‘rganilganicha yo ‘q edi. Shunday bo ‘lsa-da, bu urinishlarning natijasi sifatida M. Belenning «Alisherbek o ‘z zamonasining mashhur va eng sermahsul ijodkorlaridan biri bo ‘lgan» tarzida mulohaza yuritishi G ‘arb sharqshunoslarining dastlabki ijobiy xulosalari bo ‘lganidan dalolat beradi.
Evropaliklar XVI asrdanoq Navoiy asarlari bilan tanisha boshlashgan
Fransuz sharqshunosi Katrmen 1841 yilda bosilgan xrestomatiyasiga Navoiyning ikki asarini: "Muhokamat-ul-lug ‘atayn" va "Tarixi muluki Ajam" ni kiritdi. Parijda Navoiyning ushbu ikki asarlarini nashr ettiradi.
Bundan bir oz vaqt keyin rus olimi I.N. Beryozin "Turk xrestomatiyasi" kitobida Navoiy asarlaridan bir necha parcha keltiradi.

Download 33,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish