Navoiy erkin iqtisodiy zonasi. Reja: I. Kirish: II. Asosiy qism



Download 0,79 Mb.
bet5/8
Sana03.06.2022
Hajmi0,79 Mb.
#633404
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hikmatilla

T/r

Iqtisodiy rayon nomi

KSZlar soni

KSZlarning umumiy yer maydoni

1

Toshken iqtisodiy rayoni

27

129,03 gektar

2

Mirzacho’l iqtisodiy rayoni

7

40,3 gektar

3

Farg’ona iqtisodiy rayoni

11

74,33 gektar

4

Zarafshon iqtisodiy rayoni

33

53,1 gektar

5

Janubiy iqtisodiy rayoni

20

84,9 gektar

6

Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni

14

220,7 gektar




Respyblika bo'yicha

114

602,36 gektar

( 2018 yil 1may sanasigacha bo’lgan ma’lumotlarga asoslanilgan).
*Toshkent shahridagi KSZlarining maydoni kiritilmagan. ** Namangan viloyatidagi KSZ maydoni kiritilmagan. *** Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi KSZlar maydoni kiritilmagan. **** Buxoro, Navoiy, Namangan viloyatlaridagi hamda Toshkent shahri KSZlari maydoni kiritilmagan. “Nol” qiymati bo’yicha 1 ming 27 ta ob’ekt sotilgan. Albatta, bu yaxshi, biroq nima uchun ulrning ko’pchiligi, ba’zilarini hisobga olmaganda, ishga tushirilmagan va vayrona holda yotibdi ?
Biz ularning o’rniga nimani tashkil etdik, qanday quvvatla va ishlab chiqarishlar
barpo etildi, qancha odam ish bilan band ? Nima uchun sotilishi lozim bo’lgan 119 ta aksiyadorlik jamiyatidan faqat yarmining 15 foizlik ulushi xorijiy investorlarga
sotilgan . Malakatimiz bo’ylab KSZlarining soni yillar davomida oshib borishi bilan birga, ulardagi ishlab chiqarish hajmi va ko’lamini yanada kengaytirish davr talabi bo’lib qolmoqda. Ayni paytda bu ishlarni to’g’ri yo’lga qo’yish uchun, ularga yanada ko’proq imkoniyatlarni ochib bermoq lozim bo’ladi va qaysiki ma’noda ushbu boradagi urinishlar o’zini oqlaydi.
2.3. O’zbekistonda “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini tashkil etish shart-sharoitlari va iqtisodiy asoslari.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 27-yanvardagi 21- sonli Qarori asosida tasdiqlangan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi to’g’risidagi Nizomga muvofiq, ushbu zonada maxsus huquqiy rejim, shu jumladan, soliq, valyuta va bojxona rejimlari, O’zbekiston Respublikasi norezidentlari bo’lgan fuqarolarning kirishi, bo’lishi va chiqib ketishining, shuningdek, mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnoma olishining soddalashtirilgan tartibi amal qiladi. Zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnikani, texnologik liniyalari va modullarni, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hisobiga yuqori texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarning keng doirasini ishlab chiqarish “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona faoliyatining asosiy yo’nalishi hisoblanib, faoliyat ko’rsatish muddati 30 (o’ttiz) yilni tashkil etib, ushbu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin. Jahon andozalari talablariga javob beradigan texnologiya-
laridan foydalanilayotganligi, har qanday ob-havo sharoitida ham 1000 tonnadan ortiq yuklarni saqlash va qayta ishlash imkoniyatiga ega bo’lib, samarali tarzda eksport, import va tranzit yuklarga xizmat ko’rsata oladi. Janubiy Koreyaning “Korean Air Co” havo yo’llari hamkorligida tashkil etilgan xalqaro logistika markazining rivojlantirish yo’nalishlari 3 bosqichga mo’ljallangan bo„lib, 1-bosqichda (2009-2010 yy.) qulay infratuzilmani barpo etish, 2-bosqichda (2011-2013 yy.) faoliyat yo„nalishini kengaytirish, 3-bosqichda (2014-2019 yy.) ushbu logistika markazinining to’laqonli faoliyatini ta’minlashdan iboratdir. 2010-yilda logistika markazi tomonidan 11 ta yo„nalish bo„yicha, jumladan, Bangkok, Bombey, Bryussel, Dakka, Dehli, Dubay, Seul, Istambul, Milan, Frankfurt, Shanxay shaharlariga yuk va yo’lovchi tashish qatnovlari yo’lga qo’yildi. 2011-yildan esa 7 ta yo’nalish (Olmaota, Boku, Bishkek, Tehron, Xanoy, Chendu, Saragosa) bo’yicha doimiy qatnovlar yo’lga qo’yildi. “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasiga jalb etilgan to„g„riridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalar hisobiga o’z mahsulotini eksportga yo’naltiruvchi korxonalar faoliyatining samarasi sababli Navoiy viloyatining tashqi savdo aylanmasi tobora kengayib bormoqda. Buni q uyidagi rasmlardan ko„rish mumkin.


3-rasm
Unga ko’ra, tashqi savdoda asosiy hamkorlar sifatida Osiyo va Yevropa mintaqalari davlatlari o„rin olgan. Umuman, “Navoiy” EIIZning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun hozirda quyidagi omillar mavjud: - turli xomashyo resurslarining mavjudligi va ularni 30%dan kam bo„lmagan mahalliylashtirish darajasida chuqur qayta ishlash imkoniyati; - ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bilan bog„liq yirik bozorlarning mavjudligi; - transport infratuzilmasining rivojlanganligi; - katta inson salohiyatining mavjudligi; - hududda yuqori texnologiyalarni jalb etish orqali diversifikatsiyalangan ekologik toza sanoat bazasini shakllantirish imkoniyati.
Mazkur hududning rivojlanishi iqtisodiyot rivoji va raqobatbardoshligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, bugungi kunda respubli-
kamizda yana bir qancha EIHlarning tashkil etilganligi ularni rivojlantirishga bo’lgan e‟tiborning yanada ortishiga sabab bo’lmoqda. Bu borada to„plangan tajribani va Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan foydalanish, Farg’ona vodiysidagi korxonalar bilan barqaror iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yishning kelajakda muhim ahamiyatga ega ekanini hisobga olgan holda, 2012-yilda “Angren” maxsus industrial zonasini tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilingan edi. “Angren” EIH, birinchi galda, o’z vaqtida sanoat shaharlari sifatida tashkil qilingan, ammo bu salohiyat o’z davrida bir yoqlama, markazga yo„naltirilgan ishlab chiqarishga asoslanib qolgan Angren va Ohangaron shaharlarining bugungi kunda isloh etilayotgan sanoat tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu esa, o’z navbatida, zamonaviy texnologiyalar asosida qo„shimcha ish o„rinlari yaratilishini ta‟minlaydi.
Bu bilan ushbu maxsus iqtisodiy zona Toshkent viloyatidagi ikkita yirik hudud – Angren hamda Ohangaron shaharlari va ularning atrofidagi mahalliy punktlarda istiqomat qilayotgan aholi farovonligini oshirishga ham munosib ulush qo’shadi. Mazkur EIHning yana bir afzalligi shundaki, u mamlakatimizning shimolisharqiy qismidagi Angren va Ohangaron shaharlari hamda ular atrofidagi hududlarda barpo qilinadi. Bu hududda “Angren” logistika markazi ham joylashganligi esa, yangi industrial zona salohiyatining oshishiga qo„shimcha yordam bo’ladi.
Shuningdek, O’zbekistonni Qirg’iziston orqali Xitoy bilan bog’lovchi bo’lajak avtomagistralning Angren shahridan o’tishi, qolaversa, ushbu shahar mamlakat poytaxtini Farg’ona vodiysi bilan bog’lovchi asosiy nuqtalardan biri ekanligini inobatga olsak, “Angren” EIH ham milliy, ham mintaqaviy, ham xalqaro miqyosda ahamiyatga molikligi yanada oydinlashadi.
Shu tariqa bugungi kunda mamlakatimizning markaziy qismida joylashgan va ishlab chiqarish bilan bir qatorda, havo transporti vositasida xalqaro miqyosda xizmat ko„rsatishga asoslangan “Navoiy” EIH safiga shimolda joylashgan va ishlab chiqarishdan tashqari milliy hamda xalqaro miqyosda avtomobil yo’llari yordamida yuk tashishga asoslangan “Angren” maxsus industrial zonasi ham qo’shildi.
“Jizzax” EIH viloyat sanoatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu hudud soliq va bojxona to„lovlari uchun belgilangan imtiyozlar hamda xomashyo va butlovchi qismlar boj to„lovlaridan ozod etilishi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida ham sanoat ishlab chiqarishini yanada rivojlantirishda muhim omil bo„lmoqda. “Jizzax” EIH tashkil etiishi natijasida o„tgan qisqa muddatda 19 zamonaviy korxona ishga tushirildi. Iqtisodiy hududning Jizzax shahridagi hududida 363,7 gektar maydonda 14 ta, Sirdaryo viloyatidagi filialining 150 gektar maydonida 5 ta loyihani amalga oshirish uchun 91,3 million dollar miqdorida investitsiya sarflandi. Zamonaviy texnologiya asosida barpo etilgan korxonalarda mingdan ortiq yangi ish o„rni yaratildi. Doimiy ish o„rniga ega bo„lganlarning 60 foizi kasb-hunar kollejlarini bitirgan yosh mutaxassislardir. 2017-yilda “Jizzax” EIHda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 255,2 milliard so„mni, eksport hajmi 11,9 million dollarni tashkil etdi6 . Hozirgi kunda hududda avtomo-
billar va yuk mashinalari uchun tormoz kolodkalari, televizor, konditsioner, muzlatkich, kir yuvish mashinasi, mikroto„lqinli pech, svetodiodli lampalar, polipropilen iplar, video va IP telefonlar, telekommunikatsiya uskunalari, internet tezligini oshiruvchi butlovchi qismlar kabi turli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda7. Bu mahsulotlarning aksariyati nafaqat Jizzax va Sirdaryo viloyatlari, balki mamlakatimizdagi boshqa bozorlar uchun ham yangilikdir.
Ayni paytda erkin iqtisodiy zona ma’muriy kengashi xorijiy va mahalliy investorlar bilan dastlabki qiymati 213,3 million dollar bo’lgan 25 loyihani amalga oshirish ustida ish olib bormoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda ayrim EIHlar endi tashkil etilganligini hisobga olib, ularni tashkil etish va rivojlantirishda quyidagi masalalarning hal etilishini ta‟minlash maqsadga muvofiqdir:
- EIHlar faoliyatini butun xo„jalik huquqiy masalalarini tartibga solish, maxsus ishlab chiqarish; - transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish;
- zarur infrastruktura: suv ta‟minoti, elektr ta‟minoti, ijtimoiy sharoit va boshqalar;
- tijorat infrastrukturasi: bank, konsalting, yuridik xizmatlarning mavjudligi;
- bozorga kira olish; - mehnat qiymati va unumdorligi;
- mavjud sanoat bazasi; - EIHlar ma‟muriy boshqaruvining samarali tuzilmasi. Shuningdek, EIHlarda investitsiyalarni jalb etish qulayligini oshirish evaziga mamlakat investitsion jozibadorligini yanada oshirishga erishish lozim. Bunda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish o’zining ijobiy samarasini beradi, deb hisoblaymiz:
- investitsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan milliy marketologlarimiz tomonidan marketing tadqiqotlarini turli omillar ta‟sirini inobatga olingan holda olib borishni yanada rivojlantirish;
- investitsion loyihalarni moliyalashtirishning nokredit usullaridan bo„lgan lizing, faktoring, franchayzing operatsiyalaridan keng fodlanishni kengaytirish;
- respublikamizning nufuzli universitetlari negizida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan ilmiy tadqiqot innovatsion markazlar tashkil etish;
- mamlakatimizdagi yuqori ishlab chiqarish potensialga va rivojlangan infratuzilmaga ega bo’lgan hududlarida yangi tashkil etilgan EIHlarga investitsiyalarni jalb etishda ushbu EIHlar joylashgan hudud mahalliy hokimliklarining xorijiy davlavtlar bilan mustaqil aloqalar o’rnatish va hamkorlikni yo’lga qo’yish bo„yicha mustaqilligi va mas‟uliyatini oshirish lozim.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo’shimcha choratadbirlar to’g’risida”gi PF-4853-sonli Farmoni qabul qilinishi asosida “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi, “Angren” va “Jizzax” maxsus industrial zonalari nomini birxillashtirish maqsadida ularni “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalar deb nomlanadigan bo’ldi.
Ushbu Farmon bilan mazkur EIZlar faoliyatini yanada rivojlantirishning quyidagi asosiy yo’nalishlari belgilab berildi:
- xorijiy investorlarga mamlakatimiz iqtisodiyotining real sektorlariga investitsiya kiritishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar uchun yagona huquqiy rejimni belgilash, soliq va bojxona imtiyozlari, preferensiyalarni birxillashtirish;
- mahalliy mineral xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlaydigan va yuqori qo’shimcha qiymatga ega raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan yuqori texnologiyali va mahalliylashtiriladigan zamonaviy korxonalarni tashkil qilish uchun to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni, avvalambor, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, erkin iqtisodiy zonalarning muayyan sohaga ixtisoslashuvini qo’llab-quvvatlash va ularda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish;
- erkin iqtisodiy zonalarda “yagona darcha” tamoyili asosida barcha turdagi davlat xizmatlarini ko’rsatishga, jumladan, ruxsat berish tartib-taomillariga bosqichma-bosqich o’tish;
- ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo’l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, sifatli logistika xizmatlari ko’rsatish bo’yicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish;
- oliy, o’rta maxsus kasb-hunar ta‟limi muassasalarida erkin iqtisodiy zonalarning soha kadrlariga bo’lgan hozirgi va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularning erkin iqtisodiy zonalarda joylashgan korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o„tashini nazarda tutgan holda, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish.
Shuningdek, Farmon asosida tutilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab 3 yildan 10 yil muddatgacha, jumladan:
- 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar 3 yil muddatga;
- 3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar 5 yil muddatga;
- 5 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar 7 yil muddatga;
- 10 million va undan ko’p AQSh dollari hajmidagi investitsiyalar so’nggi 5 yilda amaldagi stavkalardan 50 foiz kam hajmdagi daromad solig’i va yagona soliq to’lovi stavkalari qo’llangan holda – 10 yil muddatga beriladigan bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017-yil 26-oktabrda imzolangan “Erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida’’gi Farmoni EIHlarni izchil rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish borasida yana bir muhim omil boʼlib xizmat qilmoqda.
O’tish iqtisodiyoti davrida turgan O’zbekiston Respublikasi uchun oldimizga qo’yilgan ulkan maqsadlarga erishishda investitsiya zahiralarining chet el manbalariga murojaat etilishi ham strategik, ham joriy masalalarni hal qilish zaruriyatiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Bu vazifalardan eng muhimlari:
- milliy iqisodiyotni qayta tuzish;
- mintaqalarning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotidagi nomutanosibliklarni yo„qotish;
- mamlakatning eksport salohiyatini kuchaytirish;
- import o’rnini bosadigan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish;
- raqobat muhitini rivojlantirishga yordam beradigan iqtisodiyotning xususiy va aralash sektorlarini shakllantirish;
- bozor infratuzilmasini yaratish;
- ilg’or chet el texnologiyasi, va boshqaruvchilik tajribasini jalb qilish.
O’z navbatida, respublikamizda ko’p yillar davomida yaratilgan qulayliklar asosida aytish mumkinki, O’zbekistonda xorijiy investorlarni jalb etish uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud:
–siyosiy barqarorlik;
–xususiy mulk va raqobatni himoyalaydigan qonunchilik bazasining shakllangani; –investitsiya jarayonini qo„llab-quvvatlaydigan infratuzilmaning barpo etilgani;
–mamlakatning qulay geografik joylashuvi;
–agrosanoat sektorini rivojlantirish salohiyatining yuqoriligi va mamlakatning mineral-xomashyo resurslariga boyligi;
–yuqori malakaga ega mehnat resurslarining mavjudligi;
–savdo uchun ichki bozor hajmining yetarli darajada kengligi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar va belgilangan vazifalar davla investitsya siyosati ijrosi va samarasi uchun xizmat qilib, pirovardida, tashqi iqtisodiy aloqalarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish va unga qaratilgan faoliyatlarni takomillashtirishni taqozo etadi. Bular esa, o’z navbatida, mamlakati-
miz eksport salohiyatini yanada rivojlantirishda to’laroq o’z aksini topadi. Shu sababli, mamlakat eksport salohiyati rivojlantirishning barcha zamonaviy va qulay tizimi, shartsharoitlarini yaratish va unga qaratilgan investitsiyalashda xorijiy sarmoyalardan ham keng foydalanishni izchil davom ettirib bormog„imiz lozim.
Bu esa bevosita eksport salohiyatimizni oshirish maqsadida transport-logistika tizimini takomillashtirish lozimgini keltirib chiqaradi. Chunki, dengizga chiqish imkoniyatimiz cheklangani uchun mahsulotni eksport qilishda ko’plab qiyinchilik-
lar paydo bo’lmoqda. Shu ma’noda respublikamizda qulay transport-logistika tizimini va xalqaro transport-logistika tarmog„ini yaratishda olib borilayotgan ishlar va ularning milliy eksport salohiyatmizni oshirishga, jumladan, EIZlar korxonalari eksporti hajmini yanada oshirishga ham xizmat qilishida muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta‟kidlamoq lozim. Buni quyidagi 2-jadval ma‟luomtlari ham taqdislaydi.
2-jadval.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish