Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix o’qitish metodikasi” kafedrasi



Download 1,25 Mb.
bet24/181
Sana28.04.2022
Hajmi1,25 Mb.
#587607
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   181
Bog'liq
UMK O\'ZBEKISTON ENG YANGI TARIXI 2020

1995-yil 26-martda umumxalq ovozi (referendum) bilan I.Karimovning Prezidentlik vakolati 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo’lib o‘tdi. Muqobillik va demokratik tamoyillar asosida o‘tkazilgan ushbu saylovda saylovchilaming 91,90 foizi Islom Karimov nomzodini qo’llab-quwatladi va Markaziy saylov komissiyasining qaroriga muvofiq Islom Abdug‘aniyevich Karimov O’zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi.
I.Karimovning eng muhim asarlari ingliz, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab kabi o‘nlab turli xorijiy tillarga taijima qilinib, chet ellarda bir necha bor nashr qilingan. Respublikamizda esa I.Karimov asarlarining 15 jildlik to‘plami quyidagi nomlarda nashr qilingan:
I.Karimov O’zbekiston Qahramoni unvoni (1994-y.), «Musta-qillik» (1996-y.)., «Amur Temur» (1998-y.) ordenlari sohibi. I.Karimov xalqaro munosabatlami rivojlantirishdagi salmoqli hissasi uchun bir qator xorijiy davlatlaming va nufuzli xalqaro tashkilotllarning orden va medallari bilan mukofo’llangan. U O’zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi (1994-y.), nufuzli xalqaro akademiya-laming faxriy a’zosi.
* * *
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 5-bo‘limining XIX bobida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti maqomi belgilab beril-di. Unga ko‘ra O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O’zbekiston hududida muqim yashagan O‘zbekiston Respublilcasi fuqarosi saylanishi mumkin. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasining fuqa-rolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan yetti yil muddatga saylana-di. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzodlar soni cheklanmaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida say-lovchilaming kamida 50 foizi qatnashgan taqdirda saylov haqiqiy deb hisoblanadi. Umuman O’zbekiston Respublikasi bo‘yicha ovoz berishda qatnashgan saylovchilar ovozlarining yarmidan ko‘pini olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Prezidentni sayiash tartibi O’zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining dav-lat qurilishi sohasidagi tajribasidan unumli foydalanish maqsadida vakolati tugashi munosabati bilan iste’fcga chiqqan Prezident umr-bod Oliy Majlis yuqori Palatasi-Senati a’zosi lavozimini egallashi ko‘zda tutilgan.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti o‘z vazifasini ba-jarib turgan davrda boshqa haq todanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputa’li bo‘lishi, tadbirlcorlik faoliyati bilan shug‘ulianishi mumkin emas.
Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimni ijro etishga kirishish chog‘ida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qasam-yod qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiya tomonidan davlat, xo‘jalik, ijtimoiy-madaniy qurilish, xaiqaro munosabatlar so-hasida unga berilgan vakolatlarini amaiga oshirish maqsadida Kons-titutsiyaga va qonunlarga asoslanib harnda ulami ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan far-monlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti betobligi sababli o‘z vazifasini bajara olmasligi Oliy Majlis tuzgan daviat tibbiy komissi-yasi xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda o‘n kun muddat ichida Oliy Majlisning favqulodda yig‘ilishida deputatlar orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi saylanadi. Bu holda uch oy muddat ichida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining umumxalq saylovi o‘tkazilishi shart.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub isloho’llaming na-tijasini, davlatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini, jahon taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini mamlakat fuqarolari ham xorijdagi siyosatdonlar va davlat arboblari ham tan olmoqdalar.
Tarixan g‘oyat qisqa muddatda qo’lga kiritilgan vutuqlar mazmun-mohiyati va butun koTami bilan bir necha o‘n yilliklarga teng. Zotan, qisqa fursatda jamiyatni tubdan o‘zgartirish, huquqiy demokratik davlatni vujudga keltirish turmushimizga demokratik ja-rayonlami chuqurlashtirish borasida katta ishlar amalga oshirildi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, jamiyatni takomillashtirish, aholi dunyoqarashi va tushunchalarini yangi g‘oyalar bilan boyitish uzoq muddatli jarayon. Yoki boshqacha qilib aytganda O’zbekistonning yangi asrdagi dasturiy faoliyatidir. 0‘tish davridek hozirgi murakkab, ziddiyatli, keng miqyosli isloho’llar avj olgan bir paytda esa Davlat boshqaruvidagi izchillikning saqlab turilishi, boshlangan og‘ir va xayrli ishlami bir me’yorda olib borish va oxiriga yetkazish jamiyat hayo’lida ham, fuqarolar hayo’lida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda Oliy Majlisning mamlakatda Prezident vakolatini 2000-yilgacha cho‘zish yuzasidan umumxalq referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qabul qilingan qarori shu qaror asosida o‘tkazilgan referendum katta siyosiy-ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Qolaversa, mazkur qaror va uning sharhlarida boshqa yana bir qator o‘ta muhim, har bir fuqaro hayotiga daxldor masalalar aniq ko‘rsatib berilgan.
Shu yerda kitobxon e’tiborini bir narsaga tortmoqchimiz. Rivojlangan mamlakatlarda (deylik, AQSH, Germaniya, Fransiya, Koreya va boshqalar) Prezident almashinuvi yoki saylovlari va boshqa siyosiy hodisalar oddiy fuqarolar yoki umuman jamiyat hayo’lida keskin burilishlarga sabab bo'lmaydi. Chunki, ular uchun aniq qonunlar asosida o‘zlarini o‘zlari boshqarish hayot tarziga aylanib qolgan. Demak, amaldagi qonunlar bo‘yicha faoliyatlarini davom ettiraveradilar. Prezident esa jamiyat taraqqiyotining umumiy yo‘nalishlarini, davlat siyosatining asosiy tamoyillarini yangi tarixiy sharoitlarda, yangicha ehtiyojlar nuqtai nazaridan boyitib boradi, xolos.
0‘tish davrida esa vaziyat boshqacha-ancha murakkab. Har qanday davlat siyosatida, endigina shakllanayotgan boshqaruv tizi-mi va qonunchilikda izchillikning saqlab turilishi tabiiy va sama-rali hodisa sifatida baholanadi. Qolaversa, ta’bir joiz bo‘lsa, xalq iborasi bilan aytganda, «kechuvda o’llar almashtirilmaydi». Chunonchi, qo‘shni mamlakatlarda yuz berayotgan noxush voqealar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Masalan, shundoq ham ijtimoiy-siyosiy vaziyat chigal bo‘lgan Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston, Tojikistonda davlat rahbarlari to‘rt marta, Ukraina, Belorus, Moldova, Boltiq bo‘yi mamlakatlarida 3-4 martadan almashdi. Har qanday mamla-katda siyosiy barqarorlik mavjud bo’lgan sharoitdagina ishlab chiqarishdagi muvozanat, iqtisodiy va ijtimoiy, umuman har tomonlama barqarorlik to’la saqlanishi mumkin.
Majlisda qayd etilganidek, 2000-yilning 9-yanvari musta-qil O’zbekistonimiz tarixida asrlar tutashgan paytda sodir bo’lgan, davlatimizning XXI asrdagi taqdiriga va taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan muhim siyosiy voqea sifatida muhrlanib qoladi. O’zbe-kiston fuqarolarining aksariyati hozirgi davlat boshlig‘ining rahbarligi ostida va tashabbusiga ko ‘ra amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlami qo‘llab-quwatlagan holda I.Karimov nomzodi uchun ovoz berdi. Bo‘lib o‘tgan saylovning ahamiyati uning muqobillik va demokratik tamoyillar asosida o‘tganligidadir. Say-lovchilarga tanlash imkoniyati berildi va ular o‘z xohish-irodasiga binoan, o‘zi tanlagan nomzod uchun ovoz berdi. Shak-shubhasiz, bu hol jamiyatimizda fikrlar xilma-xilligi va qarashlaming turlicha bo‘lishi uchun katta turtki beradi, davlatning ijtimoiy-siyosiy va iqti-sodiy hayotining yanada erkinlashtirilishiga zamin hozirlaydi.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish