Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix o’qitish metodikasi” kafedrasi


Yangi Konstitutsiya qabul qilinishi



Download 1,25 Mb.
bet32/181
Sana28.04.2022
Hajmi1,25 Mb.
#587607
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   181
Bog'liq
UMK O\'ZBEKISTON ENG YANGI TARIXI 2020

3. Yangi Konstitutsiya qabul qilinishi.
Har bir suveren davlatning huquqiy asoslaridan biriuning aso­siy QonuniKonstitutsiyasi hisoblanadi.
Tarixiy rivojlanish ko'rsatganidek, har qaysi jamiyat kelajakni ko'zlab yashaydi va uning poydevorini imkon qadar mustahkam-roq qurishga harakat qiladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda mus­taqillik yillarida davlatimiz, jamiyatimiz erishgan buyuk yutuq-O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo'ldi.
Darhaqiqat, Konstitutsiya tushunchasida davlatni boshqarish, mamlakat yaxlitligini ta'minlash, uning mustaqil davlat sifatida e'tirof etilishining asosi ijtimoiy hayotning barcha yo'nalishlarini rivojlantirish yo’l-yo'riqlari to'la mujassamlangan.
Turkistonda inqilobdan keyingi yillarda jahon tajribalariga mu­vofiq tarzda Konstitutsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, Turkiston ASSRning 1918, 1920-yillarda, Xorazm va Buxoro Xalq Respubli-kalarining 1920-1921-yil, shuningdek, O'zbekiston SSRning 1927, 1937, 1978-yillarda qabul qilingan Konstitutsiyalari shaklan respublikaning Asosiy qonunlari edi. Lekin ular mazmun-mohiyatiga ko'ra haqiqiy mustaqil davlatning Asosiy Qonuni emas edi. To'g'rirog'i ular avval RSFSR, keyinchalik SSSR Konstitutsiyalarining mil­liy respublikalar sharoitiga muvofiqlashtirib ko'chirilgan, hayotiy kuchga ega bo'lmagan nusxasi edi. Shu nuqtayi nazardan ko'rsatib o'tilgan Asosiy Qonunlarni O'zbekiston davlati mustaqilligini huqu­qiy asoslovchi Konstitutsiya deb qarab bo'lmasdi.
O'zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g'oyasi 1990-yil 20-iyunda «Mustaqillik deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi bilan bevosita bog'liq. Mazkur Deklaratsiya qabul qilingan Oliy Kengash­ning ikkinchi sessiyasida bu hujjatdagi muhim tamoyillar asosida davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim, degan xu-losaga kelindi. Sessiya Birinchi Prezident I.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya komissiyasini tuzish to'g'risida qaror qabul qildi. Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat tashkilotlarining, kor-xonalar, xo'jaliklarning rahbarlari, taniqli huquqshunoslar, olimlar va mutaxassislar kirdi. Oliy Kengashning o'ninchi sessiyasida Ko-missiya tarkibi qisman yangilandi.
Konstitutsiyaviy komissiya Raisi ishchi guruh oldiga quyidagi vazifalarni qo'ydi:
- konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o'rganib chiqilsin;

  • boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida, demokrati­ya va qonunchilik sohasida qo'lga kiritgan yutuqlari hisobga olinsin;

  • keng xalq ommasi diliga yaqin va tushunarli bo'lgan siyosiy-yuridik hujjatlar yaratilsin.

Mazkur topshiriqqa muvofiq, AQSH, Fransiya, Kanada, Germa­niya, Shvetsiya, Yaponiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Turkiya, Eron, Hindiston, Pokiston, Misr, Vengriya, Bolgariya, Litva davlatlarining konstitutsiyalari chuqur o'rganildi, qiyosiy tahlil etil­di. Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga kiruvchi Rossiya Federatsiyasi, Belorus, Ukraina, Qozog'iston, Qirg'iziston va Turk-maniston respublikalarining Asosiy qonunlari hamda konstitutsiya loyihalari diqqat bilan ko'rib chiqildi.
Yuqorida keltirilgan manbalarni tahlil etish asosida xorijiy dav­latlar konstitutsiyalari mazmuni va tuzilishini tavsiflovchi kattagina hajmli qiyosiy jadval tayyorlandi. Ushbu tahliliy jadvalni jahon konstitutsiyashunosligi tajribasi namunalari umumlashmasi sifatida Respublikamiz Prezidenti o'rganib chiqdi.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish