O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlariga ko‘ra, I.Karimov 13 million 8 ming 357 yoki saylovda qatnashgan saylovchilar umumiy sonining 92,1 foizi ovozini oldi. Asliddin Rus-tamov 468 ming 64 ovoz-ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 3,17 foizi, Akmal Saidov 420 ming 815 ovoz-2,85 foizi, Dilorom Toshmuhamedova 434 ming 111 ovoz-2,94 foizi miqdorida ovozga ega bo’ldi. Bunda byulletenlaming 2,94 foizi haqiqiy emas, deb topildi.
O’zbekiston mustaqilligining tarixan qisqa davri mobaynida erishilgan yutuqlar bevosita Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomi bilan bog’iiq. Buni quyidagilarda ko‘rish mumkin:
Birinchidan, I.Karimov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub burilishlar va tarixiy o‘zgarishlaming rahnamosi, O’zbekiston mustaqilligining tashabbuskori va milliy davlatchiligimizning asoschisidir.
Ikkinchidan, I.Karimov demokratik talablar va xalqaro me-zonlarga javob beradigan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi va uni hayotga tatbiq etishning kafolati sifatida markaziy hokimiyat va uning joylardagi bo‘g‘inlarini isloh qilish, davlat, jamiyat va inson manfaatlarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan butunlay yangi siyosat ishlab chiqib, uni hayotga tatbiq etmoqda.
Uchinchidan, I.Karimov xalqimizning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ilg‘or jahon tajribalarini umumlashtirish asosida yangi iqtisodiy isloho’llar modelini ishlab chiqdi. Bu rivojlanish yo‘li iqti-sodiyotning siyosatdan ustunligi, Qonun ustuvorligi, o‘tish davrida davlatning bosh islohotchilik roli, isloho’llami bosqichma-bosqich amalga oshirish, kuchli ijtimoiy himoya kabi mashhur besh tamoyilni o‘z ichiga oldi va u dunyoda «O’zbek modeli» sifatida tan olindi.
To‘rtinchidan, O’zbekiston davlatining hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini himoya qilishga qodir Qurolli Kuchlar, Chegara va Ichki Qo‘shinlami Oliy Bosh qo‘mondoni va davlat rah-bari sifatida tubdan islohot etdi va unga boshchilik qilmoqda.
Beshinchidan, o‘tgan yillar mobaynida I.Karimov KPSS Mar-kaziy Komiteti boshchiligidagi kuchlar O’zbekistonda adolatsizlik va tazyiqlami avj oldirgan davrda o‘zbek nomini nohaq kamsitishlardan, tahqirlardan himoya qilish va xalqimizning milliy g‘ururini tiklashda fidoyilik namunasini ko‘rsatdi, o‘zbek nomini dunyoga tanitdi.
Oltinchidan, xalqimiz ma’naviy qadriyatlariga hurmat va eh-tirom bilan munosabatda bo‘lish, ulami asrab-avaylash va rivojlan-tirish, muqaddas dinimizni, urf-odatlarimizni, bebaho tarixiy mero-simizni hayotga qaytarishni davlat siyosati darajasiga ko‘tardi va odamlar ongida yangi milliy g‘oya, milliy mafkura asoslarini shakl-lantirish va mustahkamlash ishiga rahnamolik qilmoqda.
Yettinchidan, mohiyat-e’tiboriga ko‘ra mutlaqo yangi ta’lim ti-zimini, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturini yaratish va uni amalga oshirishda bevosita yetakchilik qilmoqda.
Sakkizinchidan, mahallaning davlat va jamiyat boshqaravining nufuzini oshirish, vakolatlarini kengaytirish, fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatida uni har tomonlama qo‘llab-quwatlash tashabbuskori bo‘ldi. Shu bilan fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam zamin yaratilmoqda.
To‘qqizinchidan, yurtimizning barcha shahar-qishloqlarida qad rostlayotgan noyob inshoo’llar, ulkan bunyodkorlik ishlari, ulug‘ aj-dodlarimiz nomi bilan bog‘liq bo‘lgan me’moriy majmualar bevosita I.Karimov nomi bilan bog‘liq.
Muxtasar qilib aytganda, I.Karimov O’zbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi. Yangi asrda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqdi. Yurtimizning yorug1 istiqboli yo‘lida ko‘pmillatli xalqimizni birlashtirib, uni ulug‘ maqsadlar sari boshlab bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |