122
bosqichida qo'zg'olonchilarning asosiy maqsadi Xitoyni manjurlar zulmidan
ozod etish va feodal tuzumini tugatishdan iborat edi.Dastlabki davr-Tszintyan
qo'zg'olonidan Nankinni olinishigacha va u yerda Taypinlar davlatining
markaziga asos solinishigacha bo'lgan davr (1850-1853) Taypinlar davlati
hududini kengaytirish uchun kurash davri-Nankin olingandan to taypinlar lagerini
bo’linib ketishigacha bo'lgan davr (1853-1856) Taypinlar qo'zg'olonining
tanazzulga yuz tutishi davri (1856-1860)
Taypinlarning manjur-xitoy
feodallariga va davlatlar agressiyasiga qarshi kurashi va mag’lubiyatga uchrashi
davri (1860-1864)dan iborat. Taypinlarning eng katta muvaffaqiyatlaridan biri bu
ularning armiyasi va lagerida nizom o'rnatilganligi va ko'p sonli kuchli armiyani
tashkil qilinganligi edi. 1851 yil kuzida Guansi provintsiyasining Yunan shahrida
taypinlar hukumati tuzuldi. 1853 yilda Nankin olinib
u taypinlar davlatining
poytaxtiga aylantrildi. Nankinda hukumat «Samoviy sulolaning yer tizimi»,-degan
hujjat qabul qildi. Bu taypinlar davlatining o'ziga xos dasturi bo'lib, u barcha
yerlarni qo'zg'olonchilarga teng taqsimlab berishini harbiy jamoalar tuzishni,
huquqda ayollar erkaklar bilan tenglashtirishni mulkiy tengsizlikka barham
berishni ko'zda tutgan edi.Taypin tyangoning davlat tuzimi monarxiyadan iborat
edi. Tashqi siyosatda taypinlar teng huquqda va o'zaro foydali bo'lgan
savdoni
yuritish, taypin tyango hududida afyun savdosini taqiqlashga harakat
qildilar.Taypinlar Sin sulolasini taxtdan ag'darish maqsadida 1853 yilda
Pekinga tomon shimol yurushini boshladi, biroq bu va 1854 yildagi ikkinchi
yurush ham taypinlar uchun muvaffaqiyatsiz bo'ldi.Taypinlarning
harbiy
muvaffaqiyatsizliklari ularning xalq orasida mavqeini zaiflashtirib yubordi.
Taypinlar orasidagi ichki kurash ham mazkur harakat uchun halokatli bo’ldi, 1856
yilda taypinlarning kuchlari bo’linib ketdi. Bunday holatning bosh sabablaridan biri
bu qo'zg'olon davomida feodallardan tortib olingan boyliklar evaziga iqtisodiy
jihatdan baqquvvat bo'lib olgan qo'zg'olon daholari qo'zg'olonchilar
ommasining umumiy manfaatlariga xiyonat qila boshladilar. Asosan dehqonlardan
iborat bo'lgan armiya tarkibida ham birlik va intizom saqlab qolinmadi.
Taypinlar hukumati va qo'shiniga rahbarlik qilayotgan tajribali Yan Syutsinga
1856 yil suiqasd uyushtirilib u va uning bir necha ming kishidan iborat tarafdorlari
qirib tashlandi. Vaqtinchalik taypinlar hukumati va qo'shiniga boshchilik qilgan Shi
Dakay 1857 yilda vazifasidan ozod etilgach yo'z mingdan ortiq qo'shin bilan
Nankindan Janubi-Garbiy Xitoy hududiga ketdi. Dehqonlar urushining tushkunlik
davri boshlandi. Bu davrda taypinlar davlatining
rahbarlari bilan oddiy
qo'zg'olonchilar o'rtasida tobora ajralish kuchaydi. Qo'zg'olonchi dehqonlar
ilgargidek umumiy tenglik g’oyasini amalga oshirshga harakat qildilar, ularning
rahbarlari esa yangi feodallarga aylanib bordilar. Taypinlar lageridagi bo’linishva
harakat rahbarlarining tez-tez almashuvi, ular o'rtasida hokimiyat uchun o'zaro
kurash harbiy harakatlarning borishiga salbiy ta'sir o'tkazdi. Shu
vaqtdan boshlab
taypinlar asosan mudofaaga o'tdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: