Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/167
Sana22.04.2022
Hajmi2,56 Mb.
#575065
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   167
Bog'liq
Туплам конф. Маънавий тахдид (2)

Muammoli integratsiya
– bitta muammoni har xil predmet imkoniyatlari bilan yechish. 
Bunday integratsiya turida ma’lum bir mavzu yuzasidan beriladigan har xil o‘quv 
topshiriqlari bir mavzuni yoritib beradi. Masalan,6 – sinf darsigidagi mashqda berilgan 
so‘zlar orasidan sifat so‘z turkumiga oid so‘zlarni topish kerak bo‘lsa, boshqa bir mashqda 
esa sifat so‘z turkimiga oid so‘zlar ishtirok etgan matn yaratish topshirilgan. Ya’ni, har ikkala 
mashq ham sifat so‘z turkumini o‘rganishga qaratilgan. 
Konseptual integratsiya
– har xil o‘quv predmetlarining vosita va uslublari yordamida 
bitta konsepsiya ko‘rib chiqiladi. Masalan, ona tili va adabiyot fanlarini uyg‘unlikda olib 
borish orqali o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmasi shakllanadi 
Nazariy integratsiya
– har xil nazariyalarning o‘zaro falsafiy uyg‘unlashishidir. Misol 
uchun Ona tili va AKTni bog‘lash. 
Integratsiyalashda AKT vositalari yordamida nazariy ma’lumot yoki kerakli slaydlar 
namoyishi o‘tkaziladi. Mavzularni o‘tayotganda fanlararo uyg‘unlik ko‘zga tashlanadi.
115
114
O ‘zbek tilining izohli lug‘ati 4-tom Toshkent. 112-bet. 
115
O‘.M.Asqarova,M.Xayitboyeva,M.S.Nishonon Pedagogika.-T.:”Talqin”-2008.40-b. 


131 
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”
116
asarini o‘rganish orqali biologiya, 
ekologiya, tarix, geografiya kabi fanlar uyg‘unligi namoyon bo‘ladi. 
Muhammad Yusufning “Vatanim” she’rini o‘rganganda, 10 ta joy nomi tilga 
olinganligining guvohi bo‘lamiz. Bular: O‘zbekiston, Balx, Qozon, No‘tsand, Sirdaryo, 
Qashqar, Enasoy, Kurdiston, Hindiston, Chambil. 12 nafar tarixiy shaxslar keltirilgan, bular: 
Boborahim Mashrab, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ahmad Yassaviy, 
Temur Malik, Muqanna, Shiroq, Alpomish, Ulug‘bek, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir,
Jaloliddin Mangubedi, Chingizxon. Demak, ushbu tushunchalar orqali bir nechta fanlar 
haqida o’quvchilarga bilimlar yetkazilishi mumkin. 
Fanlararo aloqadorlik o‘quv – tarbiya jarayononing barcha tarkibiy elementlari (mazmun, 
shakl, metod, usul va vositalar)ni yaxlit bir tizimga birlashtirishga xizmat qiladi. Bundan 
tashqari, u ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. 
Ta’lim jarayonini integrativ dasturlar va darsliklar asosida tashkil ettish orqali o‘quv–biluv 
jarayoni natijasida samaradorlikka erishish nazarda tutiladi. Integratsiyadan turli darajalarda 
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Fikrimizcha, ona tili fanini fanlararo aloqadorlikda o‘qitish o‘quvchilar tafakkurini 
o‘stirishga, dunyoqarashining kengayishiga katta yordam beradi. Umumiy o’rta ta’lim 
maktablarida o’qitiladigan ona tili darslarini integratsiyalash o’qituvchining va 
o’quvchilarning dars jarayonida bitta maqsad sari harakatlanishlarida katta ahamiyat kasb 
etadi. Bu jarayon esa pedagogik texnologiya bilan chambarchas bog’liq. 
Bunda pedagogik texnologiya turlarini tanlash shakllanayotgan bilim, ko‘nikma va 
malakalar, tashkil etilayotgan darslarning shakli, qo‘llanilayotgan metodlar va metodik 
usullarning xususiyatiga bog‘liq. Masalan, o‘quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish, 
o‘quv materiallariga tanqidiy yondashish ko‘nikmasini shakllantirish hamda mahsuldor 
faoliyat turlarini tashkil etish bilan bir qatorda, ya’ni an’anaviy dars shakllari bilan birga 
bahs–munozara, konferensiya darslari, ish o‘yinlari, hamkorlikda o‘tkaziladigan turli 
dasturlardan foydalanish lozim. 
117
“Sifat” so‘z turkumini o‘rganish, uning ichki ma’no guruhlari ustida ishlash, sifatlar 
ishtirok etgan so‘z birikmalari hosil qilish, unga oid materiallarni semantika va uslubiyat (gap 
tuzish) bilan o‘zaro uyg‘unlikda o‘rganish, shakldosh va zid ma’noli sifatlar ustida ishlash, 
nutqiy mahoratni shakllantiruvchi har xil o‘yin-topshiriqlardan foydalanish– o’quvchilar so‘z 
boyligini oshirish va nutqiy salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
118
“Sifat” so‘z turkumini o‘rgatishda quyidagi grafik organayzerlardan foydalansa bo‘ladi. 
“Venn diagrammasi” bir – birini kesadigan ikki yoki undan ko‘p doiralarda ko‘riladi, ular 
o‘rtasida yozish uchun yetarli joy qolishi kerak. U g‘oyalarni zidlash uchun ishlatilishi yoki 
ularning umumiy xususiyatlarini (nimada ular kesishadi) ko‘rsatishi kerak. 

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish