Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi


ZAMONAVIY TA’LIMDA BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/167
Sana22.04.2022
Hajmi2,56 Mb.
#575065
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   167
Bog'liq
Туплам конф. Маънавий тахдид (2)

ZAMONAVIY TA’LIMDA BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING 
KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH ORQALI 
TARBIYALASHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR 
 
Yodgorova Shahnoza Islomovna 
Navoiy shahar 9 – umumiy
o'rta ta'lim maktabi o'qituvchisi 
 
Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va 
jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida 
muayyan nazariy bilimlarni o'quvchilarga yetkazib berish asosida ma'lum faoliyat ko'nikma 
va malakalarni shakllantirish, faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan nazariy va 


122 
amaliy bilimlar darajasini baholash o'qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni, ta'lim 
jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. 
Dars jarayonida boshlang`ich sinf o`quvchilarining kommunikativ kompetensiyalarini
shakllantirishda yangicha innovatsion yondashuvlar bugungi kunda ta'lim tizimi oldidagi
muhim masalalardandir. 
Dars jarayonida o'qituvchi (pedagog)lar tomonidan boshlang`ich sinf o`quvchilarining 
kommunikativ 
kompetensiyalarini 
shakllantirish 
yangicha 
yondoshuvda 
interfaol 
metodlarning o'rinli, maqsadli, samarali qo'llanilishi ta'lim oluvchi o'quvchilarda muloqotga 
kirishuvchanlik, jamoaviy faoliyat yuritish, mantiqiy fikrlash, mavjud g'oyalarni sintezlash, 
tahlil qilish, turli qarashlar orasidagi mantiqiy bog'liqlikni topa olish qobiliyatlarini 
tarbiyalash uchun keng imkoniyat yaratadi. 
Dars jarayonida boshlang`ich sinf o`quvchilarining kommunikativ kompetensiyalarini 
shakllantirishning yangicha yondoshuv yo`llari zamonaviy metodlar yoki interfaol usullar, 
o'qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar o'quvchilarda 
mantiqiy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, kommunikativ qobiliyatlarini 
rivojlantirishga, fanni tezroq o'zlashtirishga va tarbiyalashga yordam beradi. Ushbu o'quv 
jarayonini tashkil etish uchun havola etilgan texnologik treninglarni xuddi shu tartibda, 
o'tkazishlari shart emas, har qaysi o'qituvchi bu treninglarni umumiy shaklni olgan holda 
o'zlarining dars texnologiyalarini yaratishlari, berilgan treninglarni to'liq yoki ularning ba'zi
bir bosqichlari, elementlarini ishlatishlari mumkin.Biz quyidagi o'qitish jarayonida qo'llash 
mumkin bo'lgan ba'zi bir terninglar (texnologiyalar)ga tavsifnoma berib, ba'zilarni o'tkazish 
tartibi to'g'risida metodik tavsiyanoma berib o'tamiz. 
"Tarmoqlar" metodi – o'quvchini mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, 
mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o'rgatishga qaratilgan. 
"3x4" metodi – o'quvchilarni erkin fikrlashi, keng doirada turli g'oyalarni bera olishi, 
ta'lim jarayonida yakka, kichik guruh holda tahlil etib, xulosa chiqara olishi, ta'rif bera 
olishiga qaratilgan. 
"Blits o'yin" metodi – harakatlar ketma – ketligini to'g'ri tashkil etishga mantiqiy 
fikrlashga, o'rganayotgan predmeti asosida ko'p, xilma – xil fikrlardan, ma'lumotlardan 
kerakligini tanlab olishni o'rgatishga qaratilgan. 
"Intervyu" texnologiyasi – o'quvchi savol berish, eshita olish, to'g'ri javob berish, savolni 
to'g'ri tuzishni o'rgatishga qaratilgan. 
"Ierarxiya" texnologiyasi – oddiydan murakkabga, murakkabdan oddiyga o'tish usullarini 
qo'llash orqali ularni mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashga o'rgatishga qaratilgan. 
"Bumerang" texnologiyasi – o'quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli 
adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o'rganilgan materiallarni yodda saqlab qolish, so'zlab bera 
olish, fikrni erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o'quvchi talabalarni 
baholay olishga qaratilgan. 
"O'quvchi" treningi – o'quvchilar bilan individual holda ishlash, o'qituvchi va o'quvchi 
o'rtasidagi to'siqni yo'q qilish, hamkorlikda ishlash yo'llarini o'rgatishga qaratilgan. 
"O'qituvchi shaxsi" treningi – o'qituvchi innovatsion faoliyatini ochib beruvchi "O'qituvchi 
shaxsiga qo'yiladigan talablar" mavzusida mustaqil fikrlashga, ijodiy insho yozish orqali 
bayon qilishga qaratilgan. 
"Muloqot" texnologiyasi o'qituvchilarni diqqatini o'ziga jalb etish, dars jarayonida 
hamkorlikda faoliyat ko'rsatishga, uni tashkil etishni o'rgatishga qaratilgan. 
"Boshqaruv" texnologiyasi o'qituvchilarni sinf xonasini boshqarishdagi usullari hamda 
o'quvchilarni ish jarayonida boshqaruv usullari bilan tanishtiruvchi va shunga o'rgatishga 
qaratilgan. 


123 
"Tarmoqlar metodi" (Klaster). Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo'lib, 
u o’quvchilarni biron bir mavzuni chuqur o'rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga 
taalluqli tushuncha va aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma – ketlik bilan uzviy 
bog'lagan holda tarmoqlashga o'rgatadi. Bu metod biron mavzuni chuqur o'rganishdan avval 
o'quvchilarning fikrlash faoliyatni jadvallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi 
mumkin. Shuningdek, o'tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o'zlashtirish, umumlashtirish 
hamda o'quvchilarni shu mavzu bo'yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi. 
"Adabiy o'qish" texnologiyasi – o'quvchilarni aqliy mushohadaga o'rgatish. Masalan, 
"Shox saltan haqida ertak" dan o'qituvchi parchalar o'qib beradi. Bolalar esa, yodlarida 
qolgan ayrim parchalarni chizishlari kerak. 1 – rasm: Dengiz uzoq, shamol guvillar va 
kemani chayqatib borar (bolalar kema yoki to'lqinlar rasmini chizadilar). 2 – rasm: Manzil 
uzoq edi. Dengiz o'rtasidagi orolda go'zal shahar ko'zga tashlanib qoldi. (Bolalar orol va
shox Saltan qasrini chizishga harakat qiladi). 3 – rasm: Orolda yong'oq daraxti o'sar, unda 
chiroyli olmaxon yashar, qo'shiq aytar va barchaning ko'nglini shod etardi. (Endi bolalar 
yong'oq daraxti olmaxon, yong'oq mevalarini ifodalashga intiladilar). 4 – rasm: Dengiz tubida 
o'ttiz uchta pahlavon yashar edi (Bolalar pahlavonlar suratini aks ettirishga kirishadilar) va 
hokazo. 
"Davomini siz ayting" texnologiyasi (musobaqa darsi) – o'quvchilarda ma'naviy 
sifatlarni tarbiyalash uchun Xalq og'zaki ijodi namunalaridan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. Folklor asarlari ertaklar, maqollar, matallar, dostonlar, loflar, topishmoqlar, tez 
aytishlar, Xalq o'yinlari, sanamlar, laparlar, mavsum va marosim qo'shiqlari, aytishuvlar, va 
boshqalar muhim ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Maqollarning yaratilishi va sayqal 
topishida avlodlarning juda katta badiiy mehnati iqtidori sarf bo'lgan. Xalq donoligining 
yorqin ifodasi bo'lgan bu kichik janrlar jamiyat va tabiat hodisalariga inson munosabatining 
poetik obrazi sifatida xalq tomonidan asrlar mobaynida sayqallangan. Aql – idrok, quvonch 
va g'am, muhabbat va makr, ishonch va ishonchsizlik, haqiqat va bo'xton to'g'rilik va 
yolg'on, mehnatsevarlik va tanballik kabi turli munosabatlar o'z ifodasini topgan. Shuning 
uchun ham maqollar o'ta aniqligi, badiiy soddaligi, chuqur ma'nodorligi shaklan ixchamligi 
bilan ajralib turadi. Unda xalqning orzu – umidi teran aql – zakovati o'ziga xos dunyoqarashi 
ifodalangan, ko'p asrlik tajribasi umumlashtirilgan. Bu dars uchun vazifa va topshiriq 
o'quvchilarga bir xafta oldin berib qo'yiladi. O'qituvchi boshqaruvchi vazifasida bo'ladi. 
Doskaga guruhlardagi har bir ishtirokchi olib beradigan bolalar uchun chizma chiziladi va 
ular javobiga ko'ra shu zahotiyoq yozib boriladi. Shu asnoda o'quvchilarning har bir jamoasi 
g'olib deb e'lon qilinadi. O'qituvchi guruhning har bir vakiliga o'zbek xalq maqollaridan bosh 
so'zlarni aytadi, o'quvchi esa davom ettirishi mumkin. 
Xullas, bunday innovatsion yondashuvlar orqali boshlang'ich sinf o'quvchilarini 
to'g'rilikka, mehnatsevarlikka, vatanparvarlikka, insoniy fazilatlarni hurmat qilishga o'rgatadi. 

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish