Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/167
Sana22.04.2022
Hajmi2,56 Mb.
#575065
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   167
Bog'liq
Туплам конф. Маънавий тахдид (2)

 
 
 
 


109 
YOSHLARDA MA'NAVIY – AXLOQIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISHDA
MAKTABDA OLIB BORILADIGAN ISHLARNING DOLZARBLIGI VA 
AHAMIYATI
Hamroyeva Saodat Islomovna
NavDPI Tarix fakulteti katta o’qituvchisi 
 
Umumbashariy sivilizatsiyaga e’tibor qaratadigan bo’lsak, tarbiya hamma davrlarda 
ham, insoniyat va uning gullab – yashnashining asosiy kaliti hisoblangan. Tarbiya haqida 
Shayx Sa'diy o'zining “Guliston” asarida shunday deb yozgan edi: “Kimda – kim yoshligidan 
tarbiya olmasa, katta bo'lgach baxtli bo'la olmaydi. Ho'l novdani istagancha bukish mumkin. 
Quruq novdani esa faqat olovda toblab to'g'rilash mumkin”
96
.[1, 8] Insoniyat taraqqiyotiga 
benazir hissa qo’shgan Sa’diy Sheroziy ijodini bir shodaga aylantirgan mavzu – inson, uning 
quvonchu tashvishlari, baxtu saodatiyu dardu alamlari, kamolotiyu tubanligi sabablari bo’lib, 
bularning barchasi, so’zsiz, tuganmas va barhayot mavzulardir. 
Tarbiya haqidagi bu g'oya avlod – ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan buyuk meros 
bo'lib, u komil insonni voyaga yetkazishda muhimdir. Inson asosan ikki xil yo'l bilan 
tarbiyalanishi mumkin: birovlarning bevosita ta'siri, ya'ni o'rgatishi, shuningdek, donolar 
fikrlarini, o'gitlari va asarlarini o'qish orqali; inson o'zining fikriashi, odamlar hatti – 
harakatidan, qilgan va qilayotgan ishlaridan tegishli xulosalar chiqarib olishi asosida 
tarbiyalanishi mumkin. Inson o'z tafakkuri yordamida ta'lim – tarbiya olishi, odob – axloq 
normalarini egallashi, o'zi yashayotgan jamiyatga xos bo'lgan ma'naviy – axloqiy ko'nikma
 
va 
malakalarni o'zida mujassamlashtirishi lozim. 
Bugun yoshlar tarbiyasiga katta xavf solayotgan turli xurujlarga qarshi kurashish uchun 
bizning milliy ruhiyatimiz va tabiatimizga yot, bеgona bo`lgan hodisalarni, bugungi kunda 
butun dunyoda kechayotgan tahlikali urushlarni, ba’zi mamlakatlardagi ma’naviy inqirozlarni 
yoshlarimizga faqat tanqid va inkor qilish yoki ularni taqiqlashning o`zi yеtarli emas. Inson 
ma'naviyati va tafakkurini, ong – shuurini egallash va shu yo`l bilan uni doimiy boshqaruvga 
moyil qilib qo`yish maqsadida harakat qilayotgan kuchlar ko`payib borayotgan ekan, 
buzg`unchi g`oyalarga ergashib kеtish kayfiyatining ommaviylashib kеtishiga chеk qo`yish 
maqsadida yoshlarning xolis va haqqoniy axborotga ega bo`lishini ta'minlash, ularning 
madaniy saviyasi, bilim va dunyoqarashini oshirish, qadimiy an'analarimiz, tarixiy 
mеrosimizni asrab – avaylash va rivojlantirishni targ`ib qilish, o’quvchi yoshlarimiz ongida 
dеmokratik qadriyatlar, fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularni vatanparvarlik va 
umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ta’lim tizimi, xususan, umumiy o’rta 
ta’lim maktablari o’qituvchilarining oldida turgan muhim vazifa bo`lib qolmoqda.
Yoshlarni turli tajovuzlardan asrash, ularning ongida ma'naviy bo`shliqqa yo`l qo`ymaslik 
uchun avvalambor, ularning tafakkuri va ma'naviy saviyasini yuksaltirish, ongi va qalbida 
Vatanga, xalqqa sadoqat kabi olijanob fazilatlarni shakllantirmoq lozim. Ma'naviy 
tahdidlarga, g`oyaviy tajovuzlarga qarshi kurashish, uning oldini olishning bir qator 
imkoniyatlari va omillari mavjud. Jumladan, g`ayri insoniy g`oyalarga qarshi tura olish va 
ulardan himoyalanish uchun yoshlarda mafkuraviy immunitеtni shakllantirish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Immunitеt (lotin tilidan – immnitas – ozod bo`lish, qutilish) dеganda 
organizmning doimiy ichki muayyanligini saqlash, o`zini turli xususiyatlarga ega 
ta'sirlaridan, uni tashqi infеktsiyalar kirib kеlishidan himoya qilishga qodir bo`lgan 
rеaktsiyalar majmui tushuniladi. Immunitеt kishi vujudining turli infеktsion kasalliklarga 
bеrilmaslik xususiyatini ham ifodalaydi. Ammo uning o`ziga xosligi shundaki, insonning 
ko`plab xususiyatlari tug`ma bo`lsa, mafkuraviy immunitеtni sekin – asta shakllantirib borish 
96
Sa’diy Sheroziy. “Guliston”. Toshkent. Yoshlar nashriyot uyi. 2018. 8 – bet. 


110 
zarur. Ikkinchidan, u har bir avlod uchun o`ziga xos xususiyatga ega bo`ladi. Yoshlarda 
mafkuraviy immunitеtni qaror toptirish quyidagi omillarga asoslanadi: 
– yoshlarning intеllеktual salohiyatini rivojlantirish; buning uchun ta'lim va milliy 
tarbiyani rivojlantirish, milliy urf – odat, an'ana va qadriyatlarni yoshlar dunyoqarashining 
ajralmas qismiga aylantirish zarur; 
–yoshlarida milliy o`zlikni anglash tuyg`usini shakllantirish, milliy mеros, urf – odat, 
an'ana va milliy axloqiy qadriyatlarga e'tiqod, vatanparvarlik tuyg`usini shakllantirish 
mafkuraviy immunitеtni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi;
– zamonaviy informatsion vositalar(OAV bilan bir qatorda kutubxonalar, muzеylar, badiiy 
va san'at asarlarini namoyish etuvchi ko`rgazma zallari, hujjatli va badiiy kino asarlari) 
faoliyatini 
takomillashtirish 
va 
ulardan 
foydalanish 
mafkuraviy 
immunitеtni 
mustahkamlashning zarur sharti hisoblanadi; 
– mafkuraviy immunitеtni shakllantirishda milliy tarbiya katta ahamiyatga ega. Tarbiya 
qadriyatlar ichida eng afzali hisoblanadi; 

tarixiy xotira va tarixiy tafakkurni shakllantirish;
Umumiy o’rta ta’lim maktablari o'quvchilarini ma'naviy boy, jismoniy jihatdan sog'lom 
qilib tarbiyalash bugungi globallashgan zamonning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Shu 
maqsaddan kelib chiqib, dastlab ularning tarbiyalanganlik darajasini aniqlash lozim. 
O'quvchilarda milliy mafkurani shakllantirmoqchi bo'lgan o'qituvchi chuqur bilim, yuksak 
mahorat va tarbiyachilik san'atini egallamog'i lozim. Buning uchun: 
- umumta’lim maktablarida ma'naviy – tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda o'qituvchi 
nazariy va amaliy asoslar haqida bilimga ega bo'lishi; 
- ommaviy axborot vositalari materiallari bilan tanish bo'lishi va ulardan ma’naviy – 
tarbiyaviy tadbirlarda unumli foydalana olishi; 
- ta'lim to'g'risidagi axborotdan, yangi pedagogik texnologiyadan voqif bo'lishi; 
- insonni ma'naviy barkamol qilib tarbiyalashda o'zbek xalqining milliy va ma'naviy 
qadriyatlaridan, manbashunoslikdan xabardor bo'lishi va unga amal qilishi; 
- maktablarda ma'naviy – tarbiyaviy tadbirlarni, bayram ertaliklarini rejalashtirshda 
o'quvchi yoshlarning ruhiyati, qiziqishi, jamoadagi ijobiy va salbiy sifatlarining mavjudligi 
darajasiga e'tibor berishi; 
- har bir masalaga, voqea hodisaga ijodiy yondoshish, tarbiyaviy tadbirlaming sifat va 
samaradorligini oshirishda yangicha ishlash metodi va
 
shakllaridan foydalanishi lozim. 
Umumta’lim maktablarining o‘qituvchisi pedagogik tashkilotchilik mahoratiga ega 
bo`lishi kerak. Tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkillashtirish, darsdan so‘ng o‘quvchilarning 
bo‘sh vaqtini to‘g‘ri taqsimlashi kerak. Bunda o‘qituvchilar mahalla va ota – onalar bilan 
yaqin munosabatda bo‘lishlari kerak. Bu haqda davlatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ham 
ta’lim – tarbiyaning dolzarbligi haqida to’xtalib, “Bugungi modernizatsiya jarayonlari, 
islohot va o’zgarishlar natijadorligi maktab ta’limiga, yangi avlod kadrlarini yetishtirish 
masalasiga borib taqaladi. Shu bois maktab direktorlari va muallimlarga ko’p narsa bog’liq. 
Ular qishloq va shaharlarda ta’lim – tarbiya, madaniyat va ma’naviyat tarqatadigan fidoiy 
kishilardir. Maktablar nafaqat ta’lim maskani, balki mahallaning madaniy, intellektual 
markazi bo’lishi lozim”
97
, [2020 yil 20 oktabr. 
https://xs.uz
] deb, 2020 yil 30 okttabrda 
“Ta’lim – tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm – fan sohasi rivojini jadallashtirish”ga oid 
videoselektor yig’ilishida so’zlagan nutqida ta’kidlab o’tdi.
O‘qituvchi tarbiyaviy tadbirlar jarayonida milliy mafkurani singdirishni o’quvchilarda
97
Sh.M.Mirziyoyev. Ta’lim – tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm – fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid 
videoselektor yig’ilishida so’zlagan nutqi. 2020 yil 20 oktabr. https://xs.uz  


111 
quyidagi shakllarda olib borishi maqsadga muvofiqdir: 
-
Sinf tarbiyaviy soatlari; 
-
Bayram ertaliklari; 
-
Tarixiy obidalar va muzeylarga sayohatlar; 
-
Mehnat va urush faxriylari bilan uchrashuvlar; 
-
Ota – ona va mahalla bilan hamkorlikda tashkil etiladigan tadbirlar. 
Mafkuraviy tarbiyani jamoa va yakka tartibda olib borish mumkin. 
Yakka tartibda suhbat o`tkazishda o`qituvchu quyidagilarga e’tibor berishi lozim: 
1.
O‘qituvchini yakka – yakka suhbati puxta, asosli va mantiqan boy bo‘lishi; 
2.
O‘quvchining xarakter xususiyati, oiladagi o‘rni, mavqei, ruhiy holatini o‘rganishi; 
3.
Ota – ona shu borada qanday tadbirlarni amalga oshirganligi, sharqona urf – odat, 
rasm – rusumlardan xabardorligini aniqlashi; 
4.
Tarbiyasi murakkablashgan o‘quvchlarning ota – onalariga maslahat berishi.
Bularning natijasida erkin dil so‘zlari, maslahat, o‘zaro yordam kabi hamkorlik holati 
vujudga keladi. O‘qituvchi ota – ona va o‘quvchilar bilan yakkama – yakka faoliyatini yo‘lga 
qo‘yish uchun sinf ota – onalar shaxsini, oilaviy ahvolini bilishi kerak. O‘qituvchi ota – 
onalar haqida ma’lumotga ega bo‘lgandan keyin ularning farzandlari haqida ma’lumotni 
aniqlab olishi muhimdir. O‘qituvchi bolalarni to‘liq o‘rganishi tarbiyaviy tadbirlarini, 
jumladan milliy mafkurani singdirishga qaratilgan tadbirlarni mukammal, ta’sirchan 
uyushtirishga imkoniyat yaratadi.
Yoshlarda milliy mafkurani singdirishga qaratilgan tadbirlarda muqaddas kitob – Quroni 
Karim, Hadisi sharifdan foydalanish juda muhim. Bunda Mahmud Qoshg'ariyning «Devoni 
lug'atit turk», Yusuf Xos Xojibning «Qutadg'u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Habbatul 
haqoyiq», Kaykavusning «Qobusnoma», Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar»i va boshqa
asarlar muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. 
O'qituvch tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda shu asarlarga murojaat qilisa o'quvchlarni 
komillikka chaqirish bir muncha oson kechadi. Chunki bu asarlarga qiziqmaydigan kishi 
kamdan – kam uchraydi. Demak, tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda o‘tmish milliy 
qadriyatlarimiz, ma’naviy merosimizdan o‘rinli foydalanishimiz lozim. Tadbirlar jarayonida 
yuqoridagi asarlardan, xalq pedagogikasidan, xalq og‘zaki ijodining turli shakllaridan, islom
dini ta’limotidan o‘rinli foydalanishga e’tibor qaratish lozim.
Xalqimizning ko'p asrlik qadriyatlarini ulkan boy va madaniy merosini chuqur bilmasdan 
milliy o'zlikni anglash, milliy g'urur tuyg'usini qaror toptirish mumkin emas. O'zbek xalqi 
ko'p asrlik tarixiy taraqqiyotida katta madaniyat yaratdi. U yaratgan boyliklar yoshlar 
tarbiyasida muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. 
Xulosa qilib aytganda, yoshlarga tarbiya berish, ularni komil inson darajasiga yetkazish, 
ma'naviy jihatdan yuksak fazilatlar egasi qilib
 
voyaga yetkazishda maktablarda ma’naviy – 
tarbayaviy ishlarni olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabda o'tkaziladigan bayram 
ertaliklari, tarbiyaviy soatlar, suhbatlar o'quvchilarni mehnatni, ota – onasini, oilasini, 
vatanini sevib ardoqlashga, o'z xalqini, uning milliy urf – odatlarini, an'analarini qadrlashga 
o'rgatadi. Umuman olganda tarbiyaviy tadbirlar orqali o'quvchilar barcha insoniy fazilatlarni 
egallaydilar.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish