GLOBALLASHUV SHAROITIDA MILLAT MA’NAVIYATI
Husan Abuyev
Tarix fanlari bo`yicha falsafa doktori(PhD)
Millat real subyekt sifatida keng ma’nodagi ma’naviyati orqali o’zini namoyon
etadi. Uning o’ziga xos urf-odat, an’ana, qadriyatlari vga mentaliteti ma’naviyatda o’z
ifodasini topadi. Shuni hisobga olib millat ma’naviyati haqida fikr yuritishdan oldin
“ma’naviyat” ning ma’nosini uning kategoriyalari haqida bayon etish maqsadga muvofiq
hisoblanadi desak mubolag’a bo’lmaydi. Avvalo shuni takidlash lozimki, millatlarni barbod
qilishga qaratilgan sobiq sho’rolar hukmronligi sharoitida “ma’naviyat” mustaqil mavzu yoki
ilmiy tadqiqot sifatida o’rganilmay kelingan edi. U madaniyatga qo’shib yuborilib, uning
ma’no-mazmuni haqida aniq bir qarashalar va konseptual g’oyalar ham shakllanmagan edi.
Buning zamirida siyosiy maqsadlar ko’zlangan, chunki ma’naviyatning yaratuvchisi,
iste’molchisi ham inson va millatninmg o’zi bo’lganligi bois u haqda gapirish, ularga o’zlgini
anglash hissiyotiga “turtki” berishi ularni “uyg’otishi” o’z zaminlariga bo’lgan
intilishlarining yuzaga chiqishida va buning ta’sirida o’z mustaqilligi uchun milliy ozodlik
harakatlarining yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin edi.
Tarixdan ma’lumki, bir xalqni o’ziga tobe qilishni istagan kuchlar avvalo uni o’zligidan,
tarixidan, madaniyatidan judo qilishga intiladi. Islom Karimov takidlaganidek: “insoniyatning
ko’p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo’ravon va tajavuzkor kuchlar
qaysi bir mamalakat yoki xalqni o’ziga tobe qilib, bo’ysundirmoqchi, uning boyliklarini
egallamoqchi bo’lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo’lmish
miliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi. Buning tasdig’ini uzoq va
yaqin tarixdagi ko’p-ko’p misollarda yaqqol ko’rish mumkin. Chunki har qaysi millat yoki
xalqning ma’naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, o’sib kelayotgan farzandlarning
kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi”
16
16
KarimovI.A. Yuksak ma`naviyat- engilmas kuch.T.: “Ma`naviyat” 2008 11 bet.
28
Bosib olingan mamlakat xalqlari madaniy-ma’naviy taraqqiyotini bo’g’ib quyish,
istilochi bosqinchi mamalakatlar tomonidan mustamlakachilik tartiblarini saqlab turish va
mustahkamlashning azaliy, tarixiy sinovidan o’tgan an’anaviy yo’llardan biri bo’lib
hisoblanadi. Istilochi mamalakat itoat qildirilgan xalqlarni bor-bora o’zlariga singdirib
yuborishni buning uchun o’zlarining mafkurasi va g’oyalarini ularga majburan joriy etish,
madaniyatiga shikast yetkazish, milliy tili, milliy urf-odatlari va qadriyatlari rivojiga yo’l
bermaslikning o’z siyosatining asosiy maqsadi deb biladi. Ma’naviyat va ma’rifat xalqning
o’z o’tmishini bilishi va istiqbolini tushunib yetishiga yordam beradi. Vatanni sevish va u
bilan faxrlanishga da’vat etadi, dushmanlarga, bosqinchi va mustamlakachilarga qarshi
murosasiz kurash olib borishga, erk va adolat uchun jasorat ko’rsatishga undaydi. Ma’naviyat
va ma’rifatdan mahrum xalq milliy jihatdan o’zini anglab ololmaydi, taqdirga tan berib
yashashni o’ziga ep ko’radi. “Chor amaldorlari buni yaxshi anglagan holda o’z mustamlaka
asoratiga slogan Turkiston xalqlarini ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatdan bexabar qoldirish
masalasiga alohida e’tibor berdilar,bu yo’lda hech tap tortmay nasofu diyonatni, rahm-
shavqatni butunlay unutdilar”
17
. Chor Rossiyasining Turkistondagi siyosati milliy tuyg’uni
poymol etishga, milliy qadriyatlarni toptashga, butkul yuqotib yuborishga qaratilgan
edi.Chorizm mustamlakachilik siyosatini Sharqda qon va qilich bilan joriy qilgan
generallardan biri M.D.Skobelev: “Millatni yuq qilish uchun uni qirish shart emas, uning
madaniyatini, tilini, san’atini, yuq qilsang bas, tez orada tanazzulga uchraydi"
18
deb
“bashorat” qilgan edi. Uning ana shu “dono” ko’rsatmasi Turkistondagi ma’naviyat, ma’rifat
va madaniyatga nisbatan amalga oshirilgan jaholat va yovuzliklaruchun qo’llanma bo’lib
xizmat qildi.Chorizm Turkiston xalqlarinisavodsizlik, bilimsizlik holatida ushlab turishdan
manfaatdar edi. Uning maqsadi g’aflat uyqusida yotgan, zamonaviy fan-texnika, ma’rifat
yutuqlaridan bexabar, milliy ongi taraqqiy qilmagan, milliy g’ururi toptalgan xalqni talash,
ezishdan iborat edi.Chor hukumatining mustamlaka o’lkalardagi gumashtalari “yarim
podsho” Kaufman general gubrnator Kurapatkin, jallod Golovonovga o’xshaganlar Toshkent,
Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo’qondagi buyuk osori atiqalarni, yodgorliklarni to’pga tutib,
yer bilan yakson qildilar. Axir qanday qilib qo’l ostidagi mazlum xalqlar madaniyati,
ma’naviyati, ma’rifati, tarixi bosqinchi-jallodlarnikidan baland bo’lishi kerak. Chor hukumati
Turkistondagi mustamlakachilik siyosatining tub mohiyatini qanday maqsad va muddao
yotganligini xalqimizning bilimli, madaniyatli, ziyrak, oqilu dono farzandlari allaqachon
tushunib yetganedilar.Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchisiga, bir tarixiy bosqichdan
boshqasiga o’tishi marifatparvarlikdan boshlanadi. Millatning va o’z zamonining eng yetuk,
ongli, oq-qorani tanigan, fidoiy,elim, millatim yurtim deb yashovchi, uzoqli ko’zlovchi
ma’naviyatli insonlar istiqbolini taminlashning asosiy omili sifatida ma’rifatni bilganlar va
uni ko’tarish yo’lida jonbozlik ko’rsatganlar.
Bu bejiz emas, albatta, chunkima’rifat-ma’naviy qaramlik, qurquv va hadiksirashni
bartaraf etadi, insonga beqiyos ilohiy qudrat, misilsiz salohiyat va ilhon baxsh etadi. Inson,
millati va mamlakat ozodligi hamda erkinligi marifat orqali taniladi.
Ma’rifat ma’naviyatining asosiy tayanchi, ya’niki, ma’naviyatsizlikdan tiyib turadi.
Shuning uchun ham ota-bobolarimiz, ajdodlarimiz doimiy ma’rifatga intilib yashaganlar
hamda ma’naviyat va ma’rifat mash’alini yoqqanlar.
Yuksak ma’rifat va ma’naviyat tufayli Turon zamini yer yuzida shuhrat qozongan.
Ma’naviyatning inson, oila, millat va jamiyat hayotidagi o’rni nihoyatda kattadir. U
17
S.Otamuradov. Giloballashuv va milliy-ma`naviy xavsizlik. T.: “O`zbekiston” 2013 148 –bet.
18
S.Otamuradov. Giloballashuv va milliy-ma`naviy xavsizlik. T.: “O`zbekiston” 2013 160 –bet.
29
o’zining ahamiyati va salohiyati jihatdan jamiyatdagi iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy
omillarining asosini ham tashkil qiladi. Tarixiy taraqqiyotning achchiq tajribasidan,
ma’lumki, ochni to’ydirish, yalong’ochni kiyintirish mumkin. Ammo bir avlod umri
davomida ma’naviy qashshoqlikdan qutulishi murakkab muammo hisoblanadi.
Chunki insonning botiniy kuchi uning hatti- harakatlarini, maqsadlarini belgilab beradi va
unga kuch-qudrat bag’ishlaydi. Shu jihatdan qaraganda, bugungi inson muommosini hal
qilish, butun millatni
Do'stlaringiz bilan baham: |