“insoniylashtirish”
ni qadiriyatga aylantirish, jamiyatdagi iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy sohalarda mavjud bo’lgan muommolar ma’naviyatiniko’tarishni unga
tayanish orqali hal qilish mumkin.
YOSHLAR IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH TUSHUNCHASI VA
OMILLARI
Qahramonova Zebiniso,
NavDPI Tarix fakulteti 2- kurs talabasi.
Qahramonova Jamila,
JDPI Tabiiy fanlar fakulteti
Yoshlar
bugungi va ertangi kelajagimiz tayanchi va suyanchig’idir.
Jamiyatimizning eng katta va harakatchan qismi yoshlar hisoblanadi. Shuning uchun ham
ularni har doim o’rganib borish zamonning dolzarb masalalari qatoriga kiradi. O’zbekiston
Respublikasi ijtimoiy – siyosiy mustaqilligini qo’lga kiritgan dastlabki kunlaridanoq
mamlakat aholisi shuningdek, yoshlar o’rtasida mustaqillik g’oyalarini targ’ib qilish,ularda
istiqlolni mustahkamlashga yo’naltirilgan ijtimoiy faollikni qaror toptirish muhim vazifaga
aylandi. Albatta bu islohotlarning davomiyligini ta’minlash hamda demokratik jamiyatini
shakllantirish, yoshlar, xususan ularning faolligiga bog’liq. Yoshlarning ijtimoiy faolligini
oshirish avvalo ularni harakatchan, mehnatsevar, shuningdek o’z fikriga ega bo’lgan shaxs
sifatida kamol topishida ijtimoiy muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy faollik shaxsning
maqsadga yo’naltirilgan faoliyat tizimlari harakatining yuksak ko’rinishini ifodalovchi
tushuncha hisoblanadi. Ijtimoiy faollik har bir yoshning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi,
madaniy-ma’rifiy sohadagi muommolarni ongli ravishda hal etishga qaratilgan
harakatdir.Yoshlarning ijtimoiy faolligi ularning jamiyatda o’z o’rnini topishi va xulq –
atvorini ongli ravishda boshqarishga yordam beradi. Bugungi yosh avlodimizning ijtimoiy
faolligi o’z – o’zidan yuzaga kelmaydi balki muntazam ravishda olib borilgan pedagogik
faoliyat shuningdek o’sha davlatda yaratilayotgan imkoniyatlarga bo’liq. Psixologlar
R.Plomin va X.Xermanslarning ta’kidlashicha aslida shaxsning to’laqonli, faol, barkamol
shakllanishiga uchta asosiy omillar ta’sir etadi deb aytishadi. Bular:
* Shaxsda mavjud bo’lgan biologik imkoniyatlar – bunda odamlarning o’zaro
munosabatlari jarayoning temperament tipining ta’siri nazarda tutiladi.
* Shaxsning sub’ektiv,ya’ni psixologik ikoniyatlari shaxslararo munosabatlar jarayoning
strategiyasini nazarda tutadi.
* O’zaro munosabatga kirishishni shaxsan o’zi tanlaydi hamda ularni to’ldiradi va
takomillashtiradi.
19
Bevosita shaxslararo munosabatlar jarayoning o’zi bo’lib, ular ijtimoiy-
madaniy muhitda amalga oshiriladi.Bunda shaxsning shakllanishini ta’minlaydi. Har uchta
omil ham ko’rib turubmizki bir – biriga ta’sir qilib shaxsning barkamol taraqqiyotini yuzaga
keltiradi.Yoshlarni harakatlanish omillari bular ilm – fan, yoshlarga oid chiqarilayotgan
qonun – farmonlar, berilayotgan imkoniyatlar, zamonaviy texnika texnalogiyalardir.Yoshlar
masalasi ularning faolligi har doim davlatimizning uzoq muddatli rivojlanishga qaratilgan
19
Robert Plomin “Umumiy psixologiya”2002
30
strategiyada o’z aksini topgan. O’zbekiston Respublikasining 2017-2021–yillarda
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasi ham bu
borada istisno bo’lmadi. Unda alohida bo’lim davlatning yoshlar siyosatini
takomillashtirishga bag’ishlashgan. Unda mamlakatimiz aholisining yarmidan ortig’ini
tashkil qilgan yoshlarga nisbatan davlat siyosatining samaradorligini oshirishga qaratilgan
ustuvor vazifalarni qamrab olgan edi.Yoshlar ittifoqini tashkil qilish hayot zarurati hayotning
o’zi tomonidan belgilab qo’yildi.Yoshlar ittifoqida ayniqsa uyushmagan yoshlar hayotidagi
o’z o’rnini topishi uchun munosib sharoitlar yaratish,yoshlarni har tamonlama qo’llab –
quvvatlash, kasb – hunarga yo’naltirish va bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini
rag’batlantirish shular jumlasidandandir. Bundan tashqari prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev
BMT Bosh Assambleyasining 2017 – yil 19 – sentabrdagi 72 – sessiyasida so'zlagan nutqida
“Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o’z salohiyatini namoyan qilish uchun zarur
sharoitlar yaratish uchun harakat qilish, zo’ravonlik g’oyasi “virusi” tarqlishining oldini olish
olishdir. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo’llab – quvvatlash, uning huquq va
manfaatlarini har tamonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim deb hisoblaymiz. Shu
munosabat bilan O’zbekiston globallashuv va axborot kommunikatsiya texnalogiyalar jadal
rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amlga
oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat – BMTning Yoshlar huquqlari
to’g’risidagi konvensiya ishlab chiqishni taklif qildi.Bizning nazarimizda mazkur hujjatni
imzolaydigan davlatlar ushbu sohani o’z ijtimoiy siyosatining asosiy va muhim hayotiy
ustuvor yo’nalishlardan biri darajasiga ko’tarish bo’yicha qat’iy majburiyatlarni o’z
zimmasiga olishi kerak”- degan fikrlari dunyo hamjamiyati tomonidan ham keng e’tirof
etilmoqda.
20
Albatta, Prezidentimiz tomonidan so’zlangan nutq o’z amaliyotini topdi va
2020 – yil 12 – avgust kuni “Yoshlar huquqlari to’g’risida”gi konvensiya qabul qilindi.
Bunda aholining 18 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan qatlami yoshlar sifatida kiritildi. Bu
konvensiyaning qabul qilinishi nafaqat O’zbekiton miqyosida, balki butun dunyo miqiyosida
muhim qadam bo’ldi. 2021 – yil 18 – yanvarda “O’zbekistonda yoshlarga oid davlat
siyosatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.
21
Yoshlarizmiz siymosida eng qimmatli va o’ta muhim resursalar mujassam topgan ularga
qancha investitsiya kiritsa arziydi, chunki bu sarmoya ertaga bir necha barobar bo’lib qaytadi.
Ularning faolligi berilayotgan imkoniytlarga javob tariqasida namoyan bo’lmoqda. Xususan
bugungi murakkab vaziyatda yoshlarimiz zamonafiy tahdidlarga, jumldan pandemiya qarshi
o’zlarining istiqbolli tashabbuslari va ijtimoiy loyihlari bilan munosib javob berayotgani
e’tiborga zasovardir. Bugun yoshlarimizning faolligi va tashabbuskorligi barqaror
taraqqiyotimizning poydevoriga aylanmoqda. Bugun ular mamlakatni modernizatsiya
qilishga qaratilgan jadal va keng ko’lamli ilohotlarning harakatlantiruvchi kuchi va faol
ishtirokchisi bo’lib keng maydonga chiqmoqda. Xususan yosh avlodni qo’llab quvvatlash
uchun Prezidentimiz farmon va qarorlaridan tashqari Oliy majlis huzurida Yoshlar
parlementi, Yoshlar agentligi va Yoshlar masalalari boyicha idoralararo kengashlar tashkil
qilindi. Hozirgi vaqtda “O’zbekiston yoshlari – 2025”konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev asosiy e’tiborni yoshlarga qaratmoqda. Shuncha berilgan
etiborgan javoban yoshlarimiz faol va samarali harakat qilishlari shart va zarurdir.
Hammamiz birlashib shu Vatan taraqqiyoti uchun harakat qilmog’imiz kerak. Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoev ”Yoshlarimiz biznes, ilm – fan, madaniyat, san’at, adabiyot va sport
sohalarida olamshumul muvoffaqiyatlarga erishmoqda. Bu mamlakatimiz istiqboliga, buyuk
ajdodlarimiz boshlagan ezgu ishlarni kelajak avlodlar munosib davom ettirishiga katta
20
Sh.M.Mirziyoyev 2017-yil 19-sentabrda BMT Bosh Assamblyasida so’zlagan nutqidan.uz.avtoyul.uz
21
www.lex.uz
31
ishonch bag’ishlaydi”. Shuningdek, “Qadrli o’g’il - qizlarim! Bizning havas qilsa arziydigan
ulug’ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va ishonaman,
Xudo xoxlasa havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz ham bo’ladi ”.
Do'stlaringiz bilan baham: |