141
muzeyshunoslik tajribasini qo’llash, zarur shart shuroitlar yaratish”
128
masalalari muzeylar
faoliyatini takomillashtirish sari qo’yilgan katta odim hisoblanadi.
Yurtimiz go’zalligi, boyligi, mo’’jizaviy tabiati, san’ati, nodir asarlari hozirda
butun dunyoga ma’lum. O’zkamiz asrlar qa’ridan topilgan noyob, nafis san’at asariga
o’xshaydi. Shuni faxr bitlan aytish joizki, Xalqaro muzeylar Kengashi – IKOM ga
respublikamizning 62 ta muzeyi a’zo bo’lib kirdi. Ushbu tashkilot 1946 yilda tuzilgan bo’lib,
BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashida maslahat maqomiga ega. Tashkilotning Parijdagi
Bosh qarorgohida YUNESKO – IKOM ma’lumot markazi tashkil etilgan. Tashkilotning 140
mamlakat bilan faoliyati yo’lga qo’yilgan, shuningdek, 30 ta xalqaro qo’mita doimiy ravishda
ish olib bormoqda. IKOM Bosh Assambliyasi majlislarida O’zbekiston vakillari muntazam
ravishda o’z fikr – mulohazalarini bildirib kelishmoqda. O’zbekiston Respublikasi Madaniyat
va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi Ispaniya - O’zbekiston
do’stlik jamiyati hamkorligida “Klavixo – Amir Temur” mavzusida xalqaro ko’rgazma
tashkil etildi, Lyuksemburg Tarix muzeyi va ushbu mamlakat milliy qo’mitasi hamkorlikda
O’zbekiston arxeologiya ko’rgazmasi o’tkazildi. Bundan tashqari, AQSHning Portlend
shtatida joylashgan “Intersta” madaniyat markazida “O’zbek milliy amaliy san’ati
ko’rgazmasi” ninig tashkil etilishi ham milliy muzeylarimizning jahonga yuz tutayotganidan
dalolatdir.
Yoshlarda mavkuraviy dunyoqarashini mustahkamlashda muzeylar amaliy vosita
bo’lib xizmat qiladi. Bugunni ertangi kun bilan chambarchas bog’lab turuvchi ko’prik
sanalgan muzeylarimiz faoliyatida ham ayrim muammolar yo’q emas. Bugun yoshlar
oldidagi dolzarb mamalalardan yana biri, muzeylarimiz zahirasini boyitish uchun amaliy
san’at asarlarini yig’ish, ulardagi nodirlik, noyoblik, xolisiylik, tarixiylik jihatlarini o’rganib
chiquvchi mutaxassislarni ko’paytirish masalalaridir. Biz ham ajdodlarimiz kabi
avlodlarimizga munosib meros qoldirmog’imiz darkor. Zero I. Karimov ta’kidlaganidek,
“Farzandlarimiz kelajak avlodlar bizdan shu o’lkani shu muqaddas zaminni yana ham boy
kuchli va qudratli holatda qabul qilib olishlari uchun, biz buyuk ajdodlarimizga nisbatan
qanday minnatdorchilik tuyg’ularini his etayotgan bo’lsak, o’g’il –qizlarimiz, kelajak avlod
ham bizga nisbatan shunday minnatdorchilik tuyg’ularini his etishlari uchun lozim bo’lgan
hamma ishni qilish bizning fuqarolik burchimizdir.”
129
Do'stlaringiz bilan baham: