Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/167
Sana22.04.2022
Hajmi2,56 Mb.
#575065
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   167
Bog'liq
Туплам конф. Маънавий тахдид (2)

 
 
GLOBALLASHUV JARAYONIDA YOSHLARNING MA’NAVIYATINI 
RIVOJLANTIRISH 
Axmedova Madina Otabek qizi
NavDPI Tarix fakulteti talabasi
Ilmiy rahbar:dots. Kandaxarov.A.X 
Bugungi kunda globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelmoqda. 
Globallashuv atamasini dastlab XX asrning 80-yillari boshlarida iqitisodiy sohada sodir 
bo’lgan o’zgarishlarni yuzaga keltirgan omil sifatida amerikalik olim T. Levitenning 1983-
24
Saidov U.Globallashuv va madaniyatlararo muloqat.-T.:”Akademiya”, 2008. 35-b 


33 
yildagi “Garvard biznes revyu” jurnalida e’lon qilingan maqolasida qo’llanilgan edi. Aslida, 
globallashuv XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab turli daraja va ko’rinishlarda mavjud 
bo’lgan va hozirgi kunda bu jarayonning jadallashuvi ro’y bermoqda. Bu jarayonning ayrim 
jihatlari mamlakatimiz uchun ijobiy bo’lsa, ayrimlari salbiy ta’sir etmoqda.
Globallashuv sharoitida inson, ayniqsa, yoshlar qalbi va ongi uchun kurash borgan sayin 
kuchayib, shiddatli tus olmoqda va bu dunyoning mafkuraviy manzarasining o’zgarishiga 
sabab bo’lmoqda. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning quyidagi fikrlari: “Bugun 
qancha yoshlar soxta aldovlarga uchib, o’z umrini xazon qilayotganini o’ylab, to’g’risi, 
tunlari uxlamasdan chiqaman. O’zingiz ayting, aziz birodarlar, bu achchiq haqiqat 
yuragimizga xanjar bo’libsanchilishi kerak emasmi? Axir, kechagina shu yoshlar, 
o’zimizning qorako’zlar, birimizning mahalladoshimiz, birimizning o’g’limiz, birimizning 
qizimiz yoki jiyanimiz edi-ku! Ular qachon adashdi, qachon noto’g’ri yo’lga kirib ketdi? Biz 
nega g’aflatda qoldik? Qachon qayerda xatoga yo’l qo’ydik? Farzandlarimiz qachon 
begonalarning qo’liga o’tib ketdi ? nima jin urdiyu ular o’z ota-onasi, o’z yurtining 
dushmaniga aylanib qoldi? Bugun bu mudhish balo qazoning oldini olmasakbor kuchimizni 
shunga safarbar etmasak, ertaga kech bo’ladi”,
25
- deya ta’kidlaganlari har bir kasb egasiga 
dolzarb vazifa bo’lishi zarur. Globallashuv jarayonidan ikki xil maqsadda – ezgulik va 
yovuzlik yo’lida foydalanish mumkin. Ezgulik yo’lidagi harakatlar davlatni, jamiyatni 
rivojlantirishga xizmat qilsa, yovuzlikni maqsad qilgan taraqqiyot mahsuli esa yoshlar ongini 
yot g’oyalar bilan to’ldirib mamlakat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatishdan iboratdir.
Bugungi kunda globallashuv jarayonida dunyoda g’oyaviy, mafkuraviy kurash ya’ni 
dunyoni mafkuraviy jihatdan bo’lib olishga urinishlar yuz bermoqda. Prezidentimiz 
Sh.Mirziyoyev globallashuv sharoitida ma’naviyatga qarshi turli xurujlar haqida: “Bugungi 
kunda yon-atrofimizda diniy ekstremizm, terrorizim, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy 
migiratsiya, “ommaviy madaniyat” degan turli balo qazolarnining xavfi tobora kuchayib 
borayotganini hisobga oladigan bo’lsak bu so’zlarning chuqur ma’nosi va ahamiyati yanada 
yaqqol namoyon bo’ladi”,
26
- deb alohida ta’kidlaydilar. Globallashuv sharoitida ma’naviy 
tahdidlardan xalqni, xususan kelajagimiz egalari bo’lgan yoshlarni asrash, ularning qalbiga 
ma’naviyat va ezgulik g’oyalarini singdirish jamiyat hayotining barcha soharida izchil 
amalga oshirilmoqda. Darhaqiqat, bugun dunyo dunyo xuddi ko’zda halqalangan yoshdik 
qalqib turgan bir paytda yoshlarni chalg’ituvchi, ularni o’z domiga tortishni istovchi turli 
kuchlar ko’paymoqda. Eng achinarlisi shundaki, dunyoning qaysi burchagida biror jinoyat 
sodir etilsa, albatta bunda yoshlardan foydalanilyapti. Shunday ekan, yoshlar tarbiyasi 
bugungi kunda eng dolzarb masala ekanligi ayni haqiqatdir. Muarrihlarning yozishicha, 
Gerodot sharqqa safar qilgan paytda Misr ehromlaridagi bir bitikka ajablangan ekan: 
“Yoshlarning tarbiyasi buzilib ketyapti. Nima qilish kerak?!” Bu fikrlardan shuni xulasa 
qilish mumkinki, yoshlar masalasi hamisha o’z dolzarbligni yo’qotmagan. 
Bugungi kunda yoshlar ma’naviyatiga qarshi qaratilgan, bir qarashda arzimas bo’lib 
tuyilgan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko’zga 
ko’rinmaydigan ammo zararini tasavvur ham qilib bo’lmaydigan ziyon yetkazishi mumkin. 
Bu borada ma’naviy tahdidlarning bir ko’rinishi bo’lgan “ommaviy madaniyat” niqobidagi 
tazyiqlarning yoshlar ongiga ta’siri mamlakat taraqqiyoti uchun jiddiy xavf soladi.
“Ommaviy madaniyat” iborasi ostida biz tasavvurimizga ham, sig’maydigan axloqiy buziqlik 
g’oyalari mavjud. Xususan, zo’ravonlik, individualizim, egosentrizm g’oyalarini tarqatish, 
ana shu axloqsizlik orqasidan orqasidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning qadim an’ana va 
qadriyatlarini, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo’porishga 


34 
qaratilgan xatarli tahdidlar ana shular jumlasidandir. Ayniqsa, hozirda keng tarqalgan 
axloqsizlikni “madaniyat” deb atalishi, yoyinki, ming yillik ma’naviy qadriyat va an’analarni 
mensimasdan “eskilik sarqiti” yoshlarimiz tarbiyasiga jiddiy xavf solmoqda. Darhaqiqat 
“Ommaviy madaniyat” tahdidlarining insonlar ongiga shu jumladan yosh avlod ongiga salbiy 
ta’sirlari quydagilardan iborat: 
-
“ommaviy madaniyat” inson ongini real hayotdan uzoqlashtiradi va soxta yaratilgan 
obrazlarga yo’naltiradi;
-
Aldovga oson ishonadigan shaxslarni shakllantiradi; 
-
Insonni ishlab chiqaruvchiga emas, iste’molchiga aylantirib, boqimandalikka 
o’rgatadi; 
-
Insonni milliylikka borib taqaluvchi ildizlarni kesadi va ma’naviy jihatdan 
qashshoqlashtiradi. 
Umuman olganda “ommaviy madaniyat” bizning qadryatlarimizga mutlaqo to’g’ri 
kelmaydigan madaniyatlar qatoriga kiradi. Shu o’rinda tabiiy savol tug’iladi shiddat bilan 
davom etayotgan globallashuv davrida “Ommaviy madaniyat” va uning salbiy oqibatlariga 
qarshi kurashish uchun nima qilish kerak. Buning uchun avvalo, “Ommaviy madaniyat” 
degan tushunchani, uning salbiy oqibatlarga olib kelishini, boshlang’ich sinflarga sodda 
ko’rinishlar ko’rinishda tushuntirishni boshlash va bu ishni ta’limni barcha jabhalarida 
bosqichma bosqich davom ettirish zarurdir. Bundan tashqari, internetda milliy g’oya, milliy 
iftixor, vatanparvarlik, insonparvarlikkabi insoniy fazilatlarni targ’ib qiluvchi milliy saytlar 
yaratilgan. Masalan, “telegram”, “whatsapp”, “instagram” kabi tarmoqlarda ham ma’naviyat 
targ’ibotiga oid guruhlar tashkil etilgan. Bundan tashqari, milliy ma’naviyatimizni 
shakllantiruvchi milliy kompyuter o’yinlarini, multfilmlarni yaratishimiz, milliy 
qadriyatlarimizni o’zida mujassam etgan, yoshlarni o’ziga jalb qila oladigan badiiy asarlar 
yaratish, milliy musiqa, qo’shiq matnlariga e’tiborni kuchaytirish, milliy ma’naviyatimizni 
aks ettiruvchi rasmlarni internet tarmoqlari orqali ko’proq reklama qilishimiz kerak. Lo’nda 
qilib aytganda, o’sha yoshlarimiz qiziqayotgan “pop” janriga teng keladigan, undan ham 
ustun bo’lgan milliy ma’naviyatimizga mos keladigan yangi musiqiy janrlarni yaratishimiz 
lozim. 
Bugungi kunda mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarini tizimli tashkil etish, bu 
borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi ayniqsa 
yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkurini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini 
mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat bilan yashaydigan barkamol 
avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu o’rinda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 
tomonidan 2019-yil 3-may kuni qabul qilingan “ Ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini 
oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori e’tiborga molikdir.
Xulosa
 
o’rnida shuni aytish kerakki, bugungi kunda yoshlarimizni yani tengdoshlarimizni 
bo’sh vaqtlari qolishiga umuman yo’l qo’ymasligimiz kerak. Ularni vaqtdan unumli 
foydalanishlari uchun ya’ni o’qishdan bo’sh vaqtlarda o’zlari qiziqadan chet tilari 
to’garaklariga sport to’garaklariga jalb qilishimiz lozim. Shunday ekan, bugun biz yosh avlod 
tarbiyasiga ertangi kunimiz kelajagimiz egalari sifatida jiddiy e’tibor berishimiz kerak.
 
Yuqoridagi mulohazalardan ko’rinib turibdiki, globallashuv jarayoni va uning uzviy qismi 
bo’lgan “ommaviy madaniyat” ning ta’sir doirasi va qudrati tobora yuksalib bormoqda. 
Ammo bu holatda har bir davlat o’z yoshlari ongi va shuurini musaffo saqlashga, turli yot va 
zararli g’oyalardan himoya qilishga majburdir. Jumladan, O’zbekiston misolida aytadigan 
bo’lsak, bu murakkab tahlikali vaziyatda turli vositalar bilan zulm va behayolikni targ’ib 
etuvchi omillardan yoshlarni asrab avaylash borasida juda ulkan ishlar amalga oshirildi va 
amalga oshirilmoqda. Binobarin, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish bugungi kunimizning 


35 
dolzarb vazufalaridandir. Fikrimni muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning quyidagi 
fikrlari bilan yakunlamoqchiman: “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish ularda vatanparvarlik 
va yon atrofdagi voqealarga nisbatan daxldorlik tuyg’usini tarbiyalash bugungu kunda tobora 
dolzarb ahamiyatga ega”. 

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish