Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi


GLOBALLASHUV SHAROITIDA MILLAT MA’NAVIYATI



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/167
Sana22.04.2022
Hajmi2,56 Mb.
#575065
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   167
Bog'liq
Туплам конф. Маънавий тахдид (2)

 
GLOBALLASHUV SHAROITIDA MILLAT MA’NAVIYATI 
 
Husan Abuyev 
Tarix fanlari bo`yicha falsafa doktori(PhD) 
 
Millat real subyekt sifatida keng ma’nodagi ma’naviyati orqali o’zini namoyon 
etadi. Uning o’ziga xos urf-odat, an’ana, qadriyatlari vga mentaliteti ma’naviyatda o’z 
ifodasini topadi. Shuni hisobga olib millat ma’naviyati haqida fikr yuritishdan oldin 
“ma’naviyat” ning ma’nosini uning kategoriyalari haqida bayon etish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi desak mubolag’a bo’lmaydi. Avvalo shuni takidlash lozimki, millatlarni barbod 
qilishga qaratilgan sobiq sho’rolar hukmronligi sharoitida “ma’naviyat” mustaqil mavzu yoki 
ilmiy tadqiqot sifatida o’rganilmay kelingan edi. U madaniyatga qo’shib yuborilib, uning 
ma’no-mazmuni haqida aniq bir qarashalar va konseptual g’oyalar ham shakllanmagan edi.
Buning zamirida siyosiy maqsadlar ko’zlangan, chunki ma’naviyatning yaratuvchisi, 
iste’molchisi ham inson va millatninmg o’zi bo’lganligi bois u haqda gapirish, ularga o’zlgini 
anglash hissiyotiga “turtki” berishi ularni “uyg’otishi” o’z zaminlariga bo’lgan 
intilishlarining yuzaga chiqishida va buning ta’sirida o’z mustaqilligi uchun milliy ozodlik 
harakatlarining yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin edi.
Tarixdan ma’lumki, bir xalqni o’ziga tobe qilishni istagan kuchlar avvalo uni o’zligidan, 
tarixidan, madaniyatidan judo qilishga intiladi. Islom Karimov takidlaganidek: “insoniyatning 
ko’p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo’ravon va tajavuzkor kuchlar 
qaysi bir mamalakat yoki xalqni o’ziga tobe qilib, bo’ysundirmoqchi, uning boyliklarini 
egallamoqchi bo’lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo’lmish 
miliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi. Buning tasdig’ini uzoq va 
yaqin tarixdagi ko’p-ko’p misollarda yaqqol ko’rish mumkin. Chunki har qaysi millat yoki 
xalqning ma’naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, o’sib kelayotgan farzandlarning 
kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi”
16
16
KarimovI.A. Yuksak ma`naviyat- engilmas kuch.T.: “Ma`naviyat” 2008 11 bet. 


28 
Bosib olingan mamlakat xalqlari madaniy-ma’naviy taraqqiyotini bo’g’ib quyish, 
istilochi bosqinchi mamalakatlar tomonidan mustamlakachilik tartiblarini saqlab turish va 
mustahkamlashning azaliy, tarixiy sinovidan o’tgan an’anaviy yo’llardan biri bo’lib 
hisoblanadi. Istilochi mamalakat itoat qildirilgan xalqlarni bor-bora o’zlariga singdirib 
yuborishni buning uchun o’zlarining mafkurasi va g’oyalarini ularga majburan joriy etish, 
madaniyatiga shikast yetkazish, milliy tili, milliy urf-odatlari va qadriyatlari rivojiga yo’l 
bermaslikning o’z siyosatining asosiy maqsadi deb biladi. Ma’naviyat va ma’rifat xalqning 
o’z o’tmishini bilishi va istiqbolini tushunib yetishiga yordam beradi. Vatanni sevish va u 
bilan faxrlanishga da’vat etadi, dushmanlarga, bosqinchi va mustamlakachilarga qarshi 
murosasiz kurash olib borishga, erk va adolat uchun jasorat ko’rsatishga undaydi. Ma’naviyat 
va ma’rifatdan mahrum xalq milliy jihatdan o’zini anglab ololmaydi, taqdirga tan berib 
yashashni o’ziga ep ko’radi. “Chor amaldorlari buni yaxshi anglagan holda o’z mustamlaka 
asoratiga slogan Turkiston xalqlarini ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatdan bexabar qoldirish 
masalasiga alohida e’tibor berdilar,bu yo’lda hech tap tortmay nasofu diyonatni, rahm-
shavqatni butunlay unutdilar”
17
. Chor Rossiyasining Turkistondagi siyosati milliy tuyg’uni 
poymol etishga, milliy qadriyatlarni toptashga, butkul yuqotib yuborishga qaratilgan 
edi.Chorizm mustamlakachilik siyosatini Sharqda qon va qilich bilan joriy qilgan 
generallardan biri M.D.Skobelev: “Millatni yuq qilish uchun uni qirish shart emas, uning 
madaniyatini, tilini, san’atini, yuq qilsang bas, tez orada tanazzulga uchraydi" 
18
deb 
“bashorat” qilgan edi. Uning ana shu “dono” ko’rsatmasi Turkistondagi ma’naviyat, ma’rifat 
va madaniyatga nisbatan amalga oshirilgan jaholat va yovuzliklaruchun qo’llanma bo’lib 
xizmat qildi.Chorizm Turkiston xalqlarinisavodsizlik, bilimsizlik holatida ushlab turishdan 
manfaatdar edi. Uning maqsadi g’aflat uyqusida yotgan, zamonaviy fan-texnika, ma’rifat 
yutuqlaridan bexabar, milliy ongi taraqqiy qilmagan, milliy g’ururi toptalgan xalqni talash, 
ezishdan iborat edi.Chor hukumatining mustamlaka o’lkalardagi gumashtalari “yarim 
podsho” Kaufman general gubrnator Kurapatkin, jallod Golovonovga o’xshaganlar Toshkent, 
Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo’qondagi buyuk osori atiqalarni, yodgorliklarni to’pga tutib, 
yer bilan yakson qildilar. Axir qanday qilib qo’l ostidagi mazlum xalqlar madaniyati, 
ma’naviyati, ma’rifati, tarixi bosqinchi-jallodlarnikidan baland bo’lishi kerak. Chor hukumati 
Turkistondagi mustamlakachilik siyosatining tub mohiyatini qanday maqsad va muddao 
yotganligini xalqimizning bilimli, madaniyatli, ziyrak, oqilu dono farzandlari allaqachon 
tushunib yetganedilar.Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchisiga, bir tarixiy bosqichdan 
boshqasiga o’tishi marifatparvarlikdan boshlanadi. Millatning va o’z zamonining eng yetuk, 
ongli, oq-qorani tanigan, fidoiy,elim, millatim yurtim deb yashovchi, uzoqli ko’zlovchi 
ma’naviyatli insonlar istiqbolini taminlashning asosiy omili sifatida ma’rifatni bilganlar va 
uni ko’tarish yo’lida jonbozlik ko’rsatganlar.
Bu bejiz emas, albatta, chunkima’rifat-ma’naviy qaramlik, qurquv va hadiksirashni 
bartaraf etadi, insonga beqiyos ilohiy qudrat, misilsiz salohiyat va ilhon baxsh etadi. Inson, 
millati va mamlakat ozodligi hamda erkinligi marifat orqali taniladi. 
Ma’rifat ma’naviyatining asosiy tayanchi, ya’niki, ma’naviyatsizlikdan tiyib turadi. 
Shuning uchun ham ota-bobolarimiz, ajdodlarimiz doimiy ma’rifatga intilib yashaganlar 
hamda ma’naviyat va ma’rifat mash’alini yoqqanlar.
Yuksak ma’rifat va ma’naviyat tufayli Turon zamini yer yuzida shuhrat qozongan.
Ma’naviyatning inson, oila, millat va jamiyat hayotidagi o’rni nihoyatda kattadir. U 
17
S.Otamuradov. Giloballashuv va milliy-ma`naviy xavsizlik. T.: “O`zbekiston” 2013 148 –bet. 
18
S.Otamuradov. Giloballashuv va milliy-ma`naviy xavsizlik. T.: “O`zbekiston” 2013 160 –bet. 


29 
o’zining ahamiyati va salohiyati jihatdan jamiyatdagi iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy 
omillarining asosini ham tashkil qiladi. Tarixiy taraqqiyotning achchiq tajribasidan, 
ma’lumki, ochni to’ydirish, yalong’ochni kiyintirish mumkin. Ammo bir avlod umri 
davomida ma’naviy qashshoqlikdan qutulishi murakkab muammo hisoblanadi.
Chunki insonning botiniy kuchi uning hatti- harakatlarini, maqsadlarini belgilab beradi va 
unga kuch-qudrat bag’ishlaydi. Shu jihatdan qaraganda, bugungi inson muommosini hal 
qilish, butun millatni 

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish