Fizika o’qitishda yangi me’todlrdan foydalanish



Download 39,05 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi39,05 Kb.
#311532
Bog'liq
Murzovaliyev Fizika o'qitish metodikasi[1]TAYYOR


O’zbekiston Respublikasi

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Namangan Davlat Universiteti Fizika fakulteti Fizika yo’nalishi

2-bosqich FIZ-AU-20 guruh talabasi Murzovaliyev Davlatali Rahmonali o’g’lining

“Fizika o’qitish metodikasi” fanidan tayyorlagan kurs ishi

KURS ISHI

MAVZU: FIZIKA O’QITISHDA ILMIY FIKRLASHNI RIVOLANTIRISH

Bajardi: Murzovaliyev Davlatali

Kurs ishi rahbari: Zoxidov Ibrohimjon

Mavzu: FIZIKA O’QITISHDA ILMIY FIKRLASHNI RIVOLANTIRISH

REJA:

Kirish


Asosiy qism

  1. Fizika o’qitishda yangi me’todlrdan foydalanish.

  2. Maktabda o’qitish jarayonida zamon talablariga mos dars berish.

  3. Ilmiy fikrlashda kitobning o’rni.

  4. Xulosa.

Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgach  Respublika  ta’lim  sohasida  tub o’zgarishlar  sodir  bo’ldi  va  bu  sohada  yangidan yangi  islohotlar  olib borilmoqda.

Umumiy  o’rta  ta’lim  o’quv  fanlari  dasturlari, o’quv adabiyotlari  butunlay yangidan qayta qarab chiqildi va kerakli o’zgartirishlar kiritildi. Jumladan fizikani  o’qitish  uslubida  ham  qator  tajribalar  to’plandi.  Biroq  bu  sohada  hal qilinishi kerak bo’lgan muammolarimiz ham yo’q emas. Buni oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlarini topshirish natijalaridan aniqlash mumkin. 

Bugungi  kun  fizika  o’qituvchisi  oldida  turgan  dolzarb  muammolardan  biri ta’limning  zamonaviy  texnologiyalarini  loyihalash  va  uni  o’qitish  amaliyotida qo’llashdir.  Fizika  o’qituvchisi  o’quvchilarga  fizika  fanidan  zaruriy  bilimlarni beribgina qolmay, ularda fanga nisbatan qiziqish uyg’ota olishlari kerakki, natijada bu sohada yaxshi  mutaxassis, yetuk  kadrlar  yetishib chiqishiga erishilsin. 

O’qituvchi  o’tgan  har  bir  dars  boshqa  darsdan  farq  qilishi,  bugungi o’tiladigan dars kechagisiga nisbatan mukammal bo’lishi kerak. 

 Darsni yangi pedagogik texnologiyalar : 

─ axborot vositalaridan foydalanib; 

─ ko’rgazmali qurollari yordamida; 

─ interfaol metodlarni qo’llash orqali; 

va h.k.lardan foydalanib tashkil etsak, bu dars o’quvchi ongiga yaxshi yetib boradi va xotirasidan joy oladi. O’quvchining ilmiy dunyoqarashi kengayib, bilim darajasiortadi. 

An’anaviy  ta’limdan  farqli  zamonaviy  ta’limni  tashkil  etishdan  maqsad ortiqcha  ruhiy  va  jismoniy  kuch  sarf  etmay,  qisqa  vaqt  ichida  yuksak  natijalarga erishishdir.  Qisqa  vaqt  ichida  muayyan  nazariy  bilimlarni  o’quvchilarga  yetkazib berish,  ularda ma’lum  faoliyat  yuzasidan  ko’nikma  va  malakalarni  hosil qilish shuningdek o’quvchilar faoliyati, bilimini nazorat qilish, ularning bilim, ko’nikma va  malakalarini  baholash  fizika  fani  o’qituvchisidan  katta  pedagogik  mahorat hamda ta’lim jarayoniga yangicha yondashishni talab etadi. Hozirgi kunda dunyoning ko’plab rivojlangan mamlakatlarida o’quvchilarning ilmiy faoliyatini, ijodkorligini oshiruvchi va shu bilan bir qatorda ta’limtarbiya jarayoninig samaradorligini  kafolatlovchi  yangi  pedagogik texnologiyalarni  qo’llash  borasida  katta  tajriba  to’plangan.  Shu  tajriba  asosini tashkil  qiluvchi  metodlar  interfaol  metodlar  nomi  bilan  yuritilib,  bu  metodlarni dars  jarayoniga  qo’llay  bilish  bugungi  zamon  fizika  o’qituvchisi  zimmasiga yuklatilgan yuksak vazifadir.

Pedagogik  texnologiyaning  muvaffaqiyatli  loyihalanishi  va  yakuniy natija(samara)ning  kafolatlanishi  o’qituvchining  didaktik  masalalar    mohiyatini  anglab yetish darajasi va darsda ularni to’g’ri baholay olishiga bog’liqdir. 

Har  bir  o’tiladigan  darsda  ta’limning  aniq  maqsadining    belgilanishi  o’qitish texnologiyasini loyihalashda muhim shartlardan biri sanaladi. Bunda fan mavzulari bo’yicha o’qitishning tashxislanuvchi maqsadi aniqlanadi. Fizika  fan  sifatida  o’tilgan  vaqtdan  boshlab  fanning  ma’lumotlar  bazasi ko’payib    katta  hajmni  tashkil  etmoqda  va  u  yuqori  tezlikda  yil  sayin  boyib boryapti. 

Shu sababdan fizikani o’tish jarayonida faqat zaruriy axborotlarnigina tanlab olish va o’quvchining o’zlashtirish qobiliyatlariga mos holda ma’lumotlar  hajmini 

miqdoriy o’lchamga keltirish zarur. 
 Davra  suhbati  texnologiyasi─  aylana  stol  atrofida  berilgan  muammo  yoki savollar  yuzasidan  ta’lim  oluvchilar  tomonidan  o’z  fikr-mulohazalarini  bildirish orqali olib boriladigan o’qitish metodidir.

Davra  suhbati  metodi  qo’llanilganda  stol-stullarni  doira  shaklida  joylashtirish kerak.  Bu  har  bir  ta’lim  oluvchining  birbiri  bilan  “ko’z  aloqasi”ni  o’rnatib turishga  yordam beradi. Davra suhbatining og’zaki  va  yozma shakllari  mavjuddir.

Og’zaki  davra  suhbatida  ta’lim  beruvchi  mavzuni  boshlab  beradi  va   ta’lim oluvchilardan ushbu savol bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so’raydi va aylanma  bo’ylab  har bir ta’lim  oluvchi o’z  fikr-mulohazalarini bayon etadilar. 

So’zlayotgan ta’lim oluvchini barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim  bo’lsa,  barcha  fikr-mulohazalar  tinglanib  bo’lingandan  so’ng

 muhokama qilinadi.  Bu  esa  ta’lim  oluvchilarning  mustaqil  fikrlashga  va  nutq  madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi. 

Yozma  davra  suhbatida  ham  stol-stullar aylana  shaklida  joylashtirilib,  har bir ta’lim oluvchiga konvert qog’ozi beriladi. Har bir ta’lim oluvchi konvert ustiga ma’lum  bir  mavzu  bo’yicha  o’z  savolini  beradi  va  javob  varaqasining  biriga  o’z javobini  yozib  konvert  ichiga  solib  qo’yadi  va  yonidagi  ta’lim  oluvchiga  uzatadi. 

Barcha konvertlar aylana bo’ylab harakatlanadi. 

Akademik  litseyda  fizika  fanidan  I  bosqich  o’quvchilariga  o’tiladigan 

“Dinamikanining  vazifasi.  Nyuton  qonunlari.  Inersial  va  noinersial   sanoq sistemalari” mavzusini o’tishda bu metodni qo’llashni ko’rib chiqaylik. O’qituvchi yangi mavzuni doskaga yozib e’lon qiladi. Nyutonning 1-qonunini, 

inersiya bo’yicha harakat, Nyutonning 2-qonunini  tushuntiradi  va bu mavzularga tabiatdan  misollar  keltiradi.  Nyutonning  3-qonuni  ta’rifi,  mohiyati  ochib  beriladi va ko’rgazmali qurollar vositasida bayon etiladi. 

Mavzuni  o’tish  jarayonida  o’quvchilar  faolligini  oshirish  maqsadida 

“muammoli vaziyat” yuzaga keltiriladi.

Masalan,  jismlarning  inertligi,  inersiya  bo’yichа  harakatni  tushuntirishda 

quyidagi savollar o’rtaga tashlanadi: 

1.Nima uchun avtobus joyidan birdan qo’zg’algan vaqtda orqaga qarab og’ib ketamizu, yurib ketayotgan avtobus birdan toxtaganda esa aksincha oldinga qarab harakatga kelamiz. 

2.Nima  uchun  polga  qoqilib  yiqilib  tushgan  kishi  orqaga  emas,  oldinga qarab yiqiladi? 

3.Nima  uchun  avtomobil,  samolyot  yoki  raketalar  birdaniga  katta  tezlikka erisha olmaydi? 

Nyutonning 3-qonunini tushuntirishda quyidagi savollar o’rtaga tashlanadi: 

1)  Nyutonning  3-qonuniga  ko’ra  moddiy  nuqtalar  ta’sir  kuchlarinig 

kattaliklari  doimo  bir-biriga  teng,  yo’nalishlari  qarama-qarshi  va  ularni 

tutashtiruvchi to’g’ri chiziq bo’ylab yo’naladi.  

Ot qo’shilgan arava misolini olib qaraylik. Ot aravini tortsa, arava ham otni 

tortishi kerak-ku, unda nima uchun baribir ot aravini tortib ketadi?  

2)  G’o’lani  yorib  o’tin  qilinayotganda  bolta  g’o’laga  siqilib  qoldi.  G’o’lanyorish  uchun  qattiq  tayanchga  g’o’lani  urgan  ma’qulmi  yoki  boltaning  orqasini urgan ma’qulmi? Urish vaqtini bir xil deb hisoblang. 

Bu  savollar  muammoli  vaziyatni  yuzaga  keltiradi,  butun  auditoriyani fikrlashga, o’ylashga  majbur qiladi. 

Shu  va  shu  kabi  boshqa  savollarga  o’quvchilar  javobi  tinglanadi. 

O’quvchilarning  javoblari  tinglangach  ular  javoblaridagi  noaniqliklar,  notog’ri fikrlar o’qituvchi tomonidan to’ldiriladi, aniqlashtiriladi. 

 Yangi  mavzu  bayoni  tugatilgach,  mavzuni  mustahkamlashda  “davra suhbati”  texnologiyasi qo’llaniladi.Texnologiya  quyidagi  bosqichlarda  olib  boriladi: 

1.O’qituvchi o’quvchilarni mashg’ulotni o’tkazish tartibi bilan tanishtiradi. 

2.Har  bir  o’quvchiga  yangi  mavzuga  oid  o’z  savolini    yozish  uchun 

varaqalar tarqatiladi. 

3.O’quvchilarga savol yozish uchun vaqt belgilanadi. 

4.Har  bir  o’quvchi  yozgan  savolini  o’zining chap  tomonidagi  o’quvchiga uzatadi va unga yon tomondagi o’quvchi bu savolga javob yozadi.

Masalan, 1-o’quvchi: Nyutonning 1-qonunini ta’riflang. 

2-o’quvchi: Inersiya so’zining ma’nosi nima?  

3-o’quvchi:Massa va tezlanish orasida qanday bog’lanish bor?   

va h.k. shunday savollar yon tomondagi o’quvchiga uzatiladi.

Natijada o’quvchilarning faolligi oshadi  va bir-birlarining savollariga javob izlashga  shoshiladilar,  javob  topadilar  va  javobni  og’zaki  aytadilar.  Javobning to’g’riligini savol tuzgan o’quvchi o’qituvchi ishtirokida baholaydi

Ushbu  metod  orqali  ta’lim  oluvchilar  berilgan  mavzu  bo’yicha  o’zlarinig bilimlarini  qisqa  va  aniq  ifoda  etadilar. Bundan  tashqari  metod  orqali  ta’lim oluvchilarni  muayyan  mavzu  bo’yicha  baholash  imkoniyati  yaratiladi.Bunda o’quvchilar    o’zlari  bergan  savollariga  guruhdoshlari  tomonidan  aytilgan  javobga baho beradilar va aniq savolga aniq javob berishga o’rganadilar,  gazlarda  elektr  toki  ionlar  va  elektronlarning  tartibli harakatidan  iboratligini,  yarim  o’tkazgichlarda  elektr  toki  teshiklar  (musbat)  va elektronlarning  tartibli  harakatidan,  bo’shliqda  elektr  toki  qizdirish  yoki  tashqi ta’sir  tufayli  yuzaga  kelgan  elektronlarning  tartibli  harakatidan  iborat  ekanligini eslatib o’tadi. Asosiy formulalar va qonunlar doskaga yozilib, kerakli tushunchalar beriladi. Undan so’ng savollar bo’lsa ularga javob beriladi.Bir  juft  soatning  20  daqiqasi  ana  shunga  sarflanadi.  Qolgan  60  daqiqa davomida oldindan tanlab kelingan masalalar yechishga kirishiladi. Har  bir  guruhga  3  tadan  masala  beriladi.  

2-bosqich.O’quvchilarning  mavzu  bo’yicha  mavjud  bilimlarini boyitishga 

bo’lgan ehtiyojlari o’rganiladi. 

3-bosqich.O’quvchilar  yangi  mavzu  bo’yicha  ma’lumotlar  bilan  batafsil 

tanishtiriladi. 

 Akademik  litseyda  texnika  yo’nalishidagi  guruhlarning  III  bosqichida o’tiladi  “Quyosh  energiyasidan  foydalanish.Yarim  o’tkazgichli  batareyalar.” nomli mavzusini o’tishda bu metodni qo’llashni ko’rib chiqaylik. 

Yangi mavzuni bayon qilishdan avval guruhdagi o’quvchilardan guruhchalar tashkil etiladi va yuqoridagi sxema guruhchalarga tarqatiladi. 

Bu  bosqichda  o’quvchilarning  “Quyosh  energiyasidan  foydalanish.Yarim o’tkazgichli  batareyalar.”mavzusi  bo’yicha  tushunchalarga  egalik  darajalari aniqlanadi. O’quvchilar  jadvalning 1ustunini  to’ldiradilar.  Ya’ni  o’qituvchi  hali yangi  mavzuni  tushuntirmagan  bo’lsada,  o’quvchilar  yangi  mavzuga doir qanday bilimga  ega  ega  ekanliklarini  sxemada  ifoda  etadilar.  O’quvchilar  1-ustunni quyidagicha to’ldirdi deylik. I.Bilaman. 

• Quyosh Yer yuzidagi asosiy issiqlik va yorug’lik manbai. 

• Hozirda dunyo bo’yicha energiya zahiralari kamayib bormoqda va bu yangi energiya manbalarini topishga ehtiyoj tug’diradi. 

• Quyosh energiyasidan foydalanish ommalashib bormoqda . 

2-bosqich.  Jadvalning  2-ustunida  o’quvchilar  yangi  mavzu  bo’yicha 

nimalarni  o’rganmoqchilar,  nimalarni  bilmaydilar-u, shuni  o’zlashtirmoqchi bo’lsalar ustunchaga qayd etadilar. 2-ustun

 quyidagicha to’ldirdi deylik. 

II.Bilishni xohlayman. 

• Qanday qilib quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish mumkin? 

• Quyosh batareyasining ishlash prinsipi qanday? 

• Bu batareyalar bulutli kunda ham ishlayveradi-mi? 

• Yarim o’tkazgichli  batareyalarning foydali ish koeffitsiyenti qanday? 

Shundan so’ng  uchinchi bosqich boshlanadi. 

3-bosqich. Bunda o’qituvchi  yangi  mavzuga oid umumiy ma’lumotlar bilan 

o’quvchilarni  xabardor  qiladi.Yangi  mavzu  bo’yicha  materiallar  tarqatiladi.Dars qiziqarli  va  tushunarli  o’tishi  uchun  o’qituvchi  quyosh  batareyasini  ishlatib, namoyish tajriba o’tkazishi mumkin. 

Mavzuga oid ma’lumot: 

Ma’lumki  energiya  manbalarining  yerdagi  zahirasi  chegaralangan. Agar yoqilg‘ining  bir  yil  davomida  sarf  qilish  darajasini  2000  yillarga  mo‘ljallangan miqdorda (25  milliard tonna)  olinsa  va  undan  hozirgi darajada  foydalanib borilsa, ularning zahirasi 140-150 yil davomida iste’mol qilishga yetishi mumkin.

Shuning  uchun  ham  yoqilg‘i energetika  balansi strukturasini  yaxshilash muhim  vazifa  hisoblanadi.  Yoqilg‘i  sifatida  neft  mahsulotlari  o‘rniga  gaz  va ko‘mirdan,  joylarda  atom  energiyasi,  jumladan, tez neytronlar  bilan  ishlaydigan reaktorlardan  foydalanishni  keng  yo‘lga  qo‘yish  mazkur  vazifani  amalga oshirishning zarur talablaridir.Shu  maqsadda  atom  va  gidroelektrostansiyalar,  issiqlik  hamda  quyosh elektrostansiyalarini  qurishga  katta  ahamiyat  berilmoqda.  Davrimizning  gigant inshootlaridan  bo‘lmish  janubiy  Ukrainadagi  atom  elektrostansiyasi,Tallimarjon kombinatsiyalashgan  issiqlik  elektrostansiyasi  va  boshqa  energetik  obyektlarning tez sur’atlar bilan qurilishi buning yaqqol isbotidir. 

 Ma’lumki,  juda  katta  va  tuganmas  energiya  resurslaridan  biri  quyosh energiyasidir. 



Quyosh  energiyasidan  xalq  xo‘jaligida samarali foydalanishga  BMT  ham katta e’tibor bermoqda. YUNESKO tashabbusi bilan o‘tkazilgan konferensiyalarda shu sohada olib borilayotgan ko‘pgina materiallar umumlashtiriladi va kelajakdagi muamolar muhokama qilinadi. Mamlakatimizda  keyingi  yillarda  quyosh  energiyasidan  foydalanib ishlaydigan qurilmalarning kompleks dasturiga asosan 20 dan ortiq shunaqa stansiyalar qurish kiritilgan.

Kasb-ta`limi metodikasi fanini o‘qitishning tashkiliy ko‘rinishlari xar tomonlama kamol topgan, texnikadan ma’lumoti bo‘lgan ishchilar tayyorlash masalasi avvalo o‘qitish jarayonida hal qilinadi. O‘qitish jarayoni pedagogikaning va u rahbarlik qilayotgan o‘quvchilarning bilim, o‘quv hamda malaka tizimini ongli ravishda puxta o‘zlashtirishga qaratilgan izchil harakatlari majmuidan iborat. Kasb-hunar kollejlaridagi ta’lim olayotgan o‘quvchilar shaxsini shakllantirishning, ularning aqliy va jismoniy kamol toptirishning, umumiy hamda kasbiy bilim berishning eng muxim vositalaridir. Kasbiy ta`lim fanlarining o‘qitish asosiy talablariga quyidagilar kiradi: 1. O‘quvchilarning ongliligi oshirish. 2. O‘quvchilarni shahsiy hususiyatlarini hisobga olish. 3. O‘quvchilar faolligini oshirish. 4. Bilim ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirishini puhtaligini nazorat qilish 1. Didaktik reduksiyadan foydalanish. 2. O‘qitishning tizimliligini va izchililigini oshirish. 3. Namunalardan foydalanish. 4. O‘qitishning tushunarli bo‘lishini tashkillashtirish. 5. O‘qitishning tarbiyalovchi harakteridan foydalanish. 6. Ilmiylik 7. Ko‘rgazmalilik 8. O‘qitishda nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligini tushuntira olish talab qilinadi. O‘qituvchi yuqori talablarni qo‘llagandagina o‘quvchilar bilimi yahshiroq chuqurroq bo‘ladi va mavzuni eslab qoladi, hamda unga bo‘lgan qiziqishi ortadi. Istiqlolga erishgan mamlakatimizda so‘z borayotgan o‘zgarishlar ta’lim tizimi mazmunini davr nuqtai nazaridan yangilashni taqazo etmoqda. Bunday yangilanish O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g`risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida amalga oshirilmoqda. Jumladan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ asosida shakllantirilayotgan uzluksiz ta’lim tizimida kasb ta’limiga alohida o‘rin berilishi natijasi sifatida kasbhunar kollejlari va litseylarini tizimi shakllandi. Kasbiy pedagogika jahon miqyosida tan olingan eng ilg`or metodlar va yo`nalishlar bilan boyib bormoqda. Bugungi kunda o‘zining keng tadbiqini kutib yotgan, fanning boshqa sohalari bilan bog`liq ravishda ishlab chiqilgan yangi kontseptsiyalar va nazariyalar rivojlantirilmoqda. Kasbiy ta’lim uzoq davrlar mobaynida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo`naltirib boradi, biroq ushbu tadbir bitiruvchilarning kasbiy mahoratini shakllanish darajasini pasayishi hisobiga amalga oshirildi. Bu holat kasbiy mahoratni va layoqatni oshirish, insonning butun umri davomida o‘zi bilimini takomillashtirib borish va o‘z-o‘zini tarbiyalash ehtiyojini oshirishga xizmat qilmas edi. Respublikamiz ta’lim tizimdagi islohatlar natijasida kasbiy ta’lim ishchi kasblariga maxsus tayyorlash masalasiga, ta’lim oluvchi shaxsida kasbiy mahorat va layoqat sifatlarini shakllantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Ta’lim islohatlari natijasida litsey, kollej va boshqa shu turdagi yangi turdagi o‘quv muassasalarining shakllantirilishi va rivojlanishi; Oliy o‘quv yurtlarida kasb ta’limini tashkil qilish alohida bo‘lim fakultetlarning tashkil etilishi; kasbiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog`lanib borshi, istiqbolda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, bilim sohalari tutashuvda yangi kontseptsiya va nazariyalarning yuzaga kelishi; kasb ta’lim muassasalarining aholiga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish turlarining ortib borishi, o‘z bazasida tayyor mahsulot ishlab chiqarish va ung xizmat ko‘rsatishni yo`lga qo‘yishi, mehnatni tashkil qilishning ilg`or shakllarini joriy etish va boshqalar. O‘quvchilarda umumta’lim va malakaviylikni o‘zaro bog`liqlik asosi. Hozirgi vaqtda pedagogik ilmda nazariy uch ko‘rinishdagi o‘zaro bog`liqlik ilgari surilmoqda: 1-ko‘rinishdagi o‘zaro bog`liqlik. Bir ob’ektni turli xil fanlarda o‘rganish. 2-ko‘rinishdagi o‘zaro bog`liqlik. Bir ilmiy metodni turli xil o‘quv fanlarida o‘rganish. 3-ko‘rinishdagi o‘zaro bog`liqlik. Bir qonunni turli fanlarda isbotini topish. Keng malakali ishchi-mutaxassisni modeli quyidagi ko‘rinishda tuzilishi mumkin: Prognoztik – oldindan bilish va ish rivojini xarakterlash. bu maqsadda maxsus ruxsat etilgan va tasdiqlangan hujjatlarni keng foydalaniladi. Malakaviy – texnik mazmuniga qo‘yiladigan talablar. Ishchilarni malakaviy tayyorlashda ishlab chiqilgan talab va mazmun. Oldindan tashkillangan ma’lumotlar modelda qayd qilinib ilmiy tanlangan holda ishchini malakasini oshirishga imkon beradi. Kasbiy pedagogikaning qonun-qoidalarini yaxshi o‘zlashtirish kasbiy o‘qishning ayrim metodologik muammolarini hal qilishni engillashtiradi. Istiklolga erishgan mamlakatimizda yuz berayotgan tub uzgarishlar ta’limi tizimi mazmunini davr nuktai nazaridan yangilashni takazo etmokda. Bunday yangilanish Uzbekiston Respublikasining «Ta’lim tugrisida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida amalga oshirilmokda . Jumladan, «Kadrlar tayyorlash milli dasturi» asosida shakillantirilayotgan uzluksiz ta’lim tizimida kasb ta’limiga aloxida urin berilishi natijasi sifatida kasbhunar kollejlari va litseylarining tizimi shakllandi. Kasbiy pedagogika jaxon mikyosida tan olingan eng ilgor metodlar va yunalishlar bilan boyib bormokda. Bugungi kunda uzining keng tadbikini kutib yotgan, fanning boshka sohalari bilan boglik ravishda ishlab chikilgan yangi kontseptsiyalar va nazariyalar rivojlantirilmokda. Kasbiy ta’lim uzok davirlar mobaynida xar tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yunaltirib borildi, birok ushbu tadbir Bitiruvchilarning kasbiy maxoratini shakillanish darajasini pasayishi xisobiga amalga oshirildi. Bu xolat kasbiy maxoratni va layokatni oshirish, insonning butun umri davomida uzi bilimini takomillashtirib borish va uz-uzini tarbiyalash extiyojini oshirishga xizmat kilmas edi. Respublikamiz ta’lim tizimdagi islohotlar natijasida kasbiy ta’lim ishchi kasblariga maxsus tayorlash masalasiga, talim oluvchi shaxsida kasbiy maxorat va layokat sifatlarini shakllantirishga aloxida e’tibor berilmoqda. Kasbiy ta’lim muassasalarining axoliga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish turlarining ortib borishi, uz bazasida tayyor maxsulot ishlab chiqarish va unga xizmat ko‘rsatishni yulga kuyishi; mehnatni tashkil qilishning ilgor shakillarining joriy etishi va boshkalar. Zamonaviy sharoitda malakala mutaxasis tayyorlashda ishlab chiqarishning ilmiy asoslarini o‘rganishga katta e’tibor berish kerak. Ayniqsa, ishlab chiqarishga oid bulgan umumiy umumtexnologiyani xam o‘rganishga chukur tushunishga kumaklashuviga olib kelishi zarur. O‘quv reja va dasturlarni tuzishda metodga asoslanib maksadgu muvofikdir. Bunda o‘quv jarayon umumiydan shaxsiyga karab yunalgan bulib, bunda ishlab chiqarishning texnologik asoslarini o‘rganishdan - maxsus bilim, kunikma va malakalarni jamlashga, ma’lum mehnat va o‘rganishga o‘tish demakkdir.

Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish.Kasbiy pedagogika fanida nazariy dars – rejali tashkillashtirilgan, aniq maqsadga qaratilgan va ta’lim beruvchi tomonidan boshqarib turiladigan ta’lim va tarbiya jarayonidir. Bu jarayonda ma’lum bir soxa bo‘yicha nazariy bilimlar tizimli ravishda bilim oluvchilarga etkaziladi. Bu jarayonda ta’lim beruvchi nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash yo‘llari bilan tanishtiradi. Nazariy dars asosan maxsus jixozlangan darsxonalarda o‘tkaziladi. Bu sinfxonalarda turli texnik vositalar ishlatilishi mumkin. Amaliy mashg‘ulot – aniq maqsadga qaratilgan va ta’lim beruvchi tomonidan boshqarib turiladigan. Aniq bir topshiriqni bajarish uchun keraqli nazariy darsda Tayanch so‘z va iboralar: Nazariy dars, amaliy mashg‘ulot, ditaktik xatti xarakatlar, darsni rejalashtirish, metod, maqsad, mazmun, sharoitlar, o‘qitish va o‘qish sikli, ta’lim beruvchi, amaliyot ustaxona olingan maxsus bilimlar asosida malaka va ko‘nikmalarni shaqllantirish maqsadida olib boriladigan rejali ditaktik xarakatga aytiladi. Amaliy mashg‘ulot kasb-xunar ta’limining tarkibiy qismi bo‘lib o‘quv ustaxonalarida, laboratoriyalarda, o‘quv paligonlarida ish o‘rnida joylashgan real vositalardan foydalanilgan xolda o‘tkaziladi. Kasb-xunar ta’limi tizimining shuki nazariya va amaliyot bir biridan aloxida, yani nazariy ta’lim o‘quv auditoriyada, amaliyot ustaxona va laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Nazariy darsda keraqli maxsus bilimlar amaliy darsga nisbatan ilgariloq berilishini ta’mindash kerak. Amaliy mashg‘ulotlarda ta’lim berivchi ish faqat ish topshiriqlariga tegishli qo‘shimcha bilimlarni berishi kerak. Agarda amaliy masho‘ulotlarda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarning avvalgi bilimlarida kamchilikni aniqlasa, u keraqli nazariy bilimlarni beradi. Darsni rejalashtirish – kutilayotgan o‘quv natijalariga erishish maqsadida o‘quv jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish: ta’lim metodlarini tanlash, tarqatma materiallar va o‘quv ditaktik vositalar tayyorlash. Barcha imkoniyatlarni xisobga olgan xolda, bir marta tuzilgan rejada o‘zgartirishlar bo‘lmasligiga xarakat qilishi kerak. Ta’lim beruvchi uchun rejalashtirish o‘quv jarayonini boshqarishda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik deganidir. Ta’lim oluvchi uchun rejalashtirish, u bo‘lajak o‘quv jarayoni to‘g‘risida va ta’limdan nimalarni kutishi mumkinligi xaqidagi aniq tasavvurga ega bo‘lishi deganidir. Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish quyidagi darajalarda amalga oshirilishi mumkin: Butun ta’lim davri darajasida; Bir o‘quv yili darajasida; Bir smestr darajasida; Bir oy darajasida; Bir xafta darajasida; Bir kun darajasida; Nazariy darsning bir soat darajasida; Ko‘pincha xar xil vaqt darajalari uchun mo‘jallangan rejalar bir vaqtning o‘zida qo‘llaniladi. Maksadlar va mazmunlarni rejalashtirish odatda maxsus bir soxa buyicha buladi va uni ta’lim beruvchining uzi tuzadi. Buning uchun tanlangan maxsus soxa bir necha mavzularga yoki material soxalariga bulinadi. Sung metodlar va rejalashtiriladi. Bu munosabatda e’tiboringizni «Ta’lim beruvchining didaktik xattixarakatlari» modeliga karatmokchimiz.Yukorida tasvirlangan ta’lim beruvchining didaktik xatti-xarakatlari modeli bir maxsus soxani rejalashtirish maksadida kullanishi mumkin.azariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni tug‘ri rejalashtirish uchun, ta’lim beruvchi o‘zining vaziyatidan boshlashi lozim, ya’ni «Mavzuni ilm-fanning eng so‘nggi zamonaviy talablariga muvofik o‘rgata olamanmi yoki buning uchun men yana aloxida tayyorlanishim kerakmi?» xamda «Biror ishlab chiqarilgan nazariy dars rejasi yoki amaliy mashg‘ulotlarning rejasi bormi?» degan savolga javob berishi kerak. Bundan keyin, ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarning dastlabki bilim va ko‘nikmalarini aniklab olishi lozim.Buning uchun kuyidagi asosiy savollar kuyilishi lozim: Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun ta’lim oluvchilarning dastlabki bilimlari kay darajada?

• Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun kanday shartsharoitlar mavjud?



• Kanday o‘kuv mazmunlar o‘rgatilishi nazarda tutilmokda? Rejalashtirish uchun yukoridagi savollarni o‘rganib chikish - nazariy dars va amaliy mashg‘ulotning boshka barcha tayyorlash xarakatlariga asosdir. Bu tushunchalar va savollar o‘rtasidagi bog‘liklikni quyida ko‘rsatilgan omillar aniq ko‘rsatadi. Maksadlar: Nima uchun ? Xar bir nazariy dars va xar bir amaliy mashg‘ulot oldindan belgilangan maksadlarga rioya kilishi lozim. Odatda O‘kuv dasturi asosida belgilashimiz mumkin bulgan aniq bir maqsadga erishilishi lozim. Maqsadlar yozma ravishda nazariy dars rejasiga kiritiladi va maksad erishilgan-erishilmaganligi test va topshiriqlar yordamida tekshiriladi va mustaxkamlanadi. Mazmunlar: Nima ? Belgilangan o‘quv maksadlarga muvofiq ravishda bilimlar soxaning mazmuni (shu jumladan ko‘nikmalar va o‘zini tutish tarzlari) belgilanadi. Bu mazmunlar bir tomondan keraqli dastlabki bilimlarni (nazariy dars mazmunini) va boshka tomondan topshiriklarni bajarish uchun kerakli maxsus bilimlarni (amaliy mashg‘ulot mazmunini) inobatga olishi kerak. Metod: Kay tarzda ? Agar maqsadlar va mazmunlar aniq bo‘lsa, aynan shunday metodlar tanlab olinishi kerakki, ular shu maqsad va mazmunlarni o‘lchanadigan natijalarga aylantira olishlari lozim. Bu munosabatda "an’anaviy" va "interfaol metodlar" deb atalgan metodlar ta’lim beruvchi tomonidan tanlab olinadi va qo‘llanadi.\ SHaroitlar: Nimalar yordamida ? SHaroitlar deganda, birinchi navbatda moddiy-texnik shart-sharoitlar tushuniladi. Bir tomondan, moddiy-texnik sharoitlar. ya’ni binolar, sinfxonalar, o‘kuv ustaxonalar, laboratoriyalar, ularning jixozlanganlik darajasi, instrumentlar, chikim materiallarning umumiy xolati va xokazo, chunki ular ma’lum sifat standartlariga javob berishi kerak. Boshka tomondan esa, o‘quv vositalari tushuniladi, chunki ular o‘quv jarayondagi bilimlarni o‘zlashtirilishiga yordam beradi. o‘quv maksadlariga mo‘ljallangan ko‘plab o‘quv vositalari mavjud. Lekin gap vositalarning ko‘pligida emas, balki muayyan o‘quv maksadiga erishish uchun ma’qul keladigan vositalarni tanlab olishdadir. Tashkillashtirish: Bu kanday amalga oshiriladi ? Yuqorida aytilgan xamma narsalar vakt omilini inobatga olgan xolda tashkil kilinishi kerak. CHunki xar bir nazariy dars va xar bir amaliy mashg‘ulot uchun anik vaqt me’yorlari bor va aynan shu vakt doirasida o‘quv maksadlarga erishish lozim. Buning uchun nafakat puxta reja, balki unumli tashknllashtirish xam kerak. Vakt davri, vakt davomi va ukuv joyi - tashknllashtirish jarayonida belgilanadi. Urgatish va urganishni tashkil kilishning xilma-xil imkoniyatlari mavjud. Natijalar: Maqsadga erishildimi ? Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulotning oxirida maqsadlarga erishilganerishilmaganligi tekshirilishi kerak. Buning uchun baxolash vositalari, metodlari va mezonlari belgilanishi lozim. Buning imkoniyatlari - mashkdar, ogzaki va yozma testlar xamda imtixonlar. Ular ta’lim oluvchilarning kobiliyatlari, bilim, kunikma va malakalarini baxolash nmkoniyatini yaratadi. O‘qitish va o‘qish sikli- nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish omillariga asoslangan bo‘lib, nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlar rejalashtirish, amalga oshirish xamda xulosa chikarish boskichlariga taallukli didaktik xattixarakatlarni tushuntiradi Bu siklda nazariy dars va amaliy mashg‘ulot bir-biridan ajratilmaydi. 1-boskich: Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotga nisbatan inobatga olinishi kerak bo‘lgan mavjud vaziyat va dastlabki shart-sharoitlarni o‘rganish. Shu o‘rinda 3 xil taxlil, ya’ni adresatlar (ta’lim oluvchilar) taxlili, shart-sharoitlar taxlili va maxsus soxa (mazmun) taxlili amalga oshirilishi lozim. Bu taxlillar odatda boshlanishida, natijalari esa keyinrok kerak buladi. O‘qitish va o‘qish sikli. 2-boskich: O‘quv dasturi asosida o‘quv maksadlarni belgilash yoki aniklash. Nazariy dars va amaliy mashg‘ulot uchun maxsus o‘quv maksadlar belgilab oli 3- bosqich: Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulot rejasini tuzish. Bu rejada barcha mazmunlar, mavzular, rejalashtirilgan metodlar, tanlab olingan o‘quv-didaktik materiallarga muvofik xolda o‘quv vositalar xamda umumiy vakt taqsimoti aks etadi. Bu rejada nafakat ta’lim beruvchining xatti-xarakatlari, balki ta’lim oluvchilarning rejalashtirilgan xatti-xarakatlari xam ko‘rsatilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 4-boskich: O‘quv-didaktik materiallarni tayyorlash, chunki ular amalga oshirish bosqichining asosiy dastlabki shartlaridan biridir. Agar tayyor materiallar bor bo‘lsa, ularning orasidan to‘g‘ri keladiganlari tanlab olinadi. Agar tayyor o‘quvdidaktik materiallar yoki o‘quv vositalar bo‘lmasa, ular ishlab chikarilishi kerak. Odatda bosma o‘quv vositalar, masalan tarkatma materiallar, slaydlar va topshirik varakalari kerak bo‘ladi, ularga qo‘shimcha ravishda esa matnli o‘quv adabiyotlari ishlatiladi. Xuddi shunga o‘xshab darsdan oldin plakat loyixalari va plakatlarning o‘zi ishlab chikiladi. 5-boskich: Rejalashtirish va tashkillashtirish asosida nazariy dars va amaliy mashg‘ulotni amalga oshirish (o‘tkazish). Bu degani, barcha o‘quv vositalari bilan jixozlangan sinfxona xamda, kerak bo‘lsa, ustaxonada joylashgan o‘quv burchagi va vaqt etarlicha bo‘lishi kerak. 6-boskich: Nazariy dars va amaliy mashg‘ulot davomida o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni baxolash. Bir tomondan, bu - ta’lim oluvchilar keraqli bilimlarni o‘zlashtirib olganliklarining nazorati. YA’ni «Ta’lim oluvchilar maksadga erishishdimi?» degan savolga javob berilishi kerak. Boshka tomondan esa, ta’lim beruvchi uchun uz-uzini xamda ishining sifati kanday bulganligi tekshirish. YA’ni «Men oldimga kuygan maksadlarimga erishdimmi?» degan savolga javob berilishi kerak. Ikkala xolda xam o‘lchanadigan natijalar bo‘lishi muximdir.

Pedagog sifatida o‘zliginn namoyon etishni talab qilish zarur holatlarda o‘qituvchi tomonidan o‘z hissiyotini aks ettirishnp inkor etmaydi: u darslarda faqatgina ziyrak va mehribon, quvnoq, hushyor, ko‘ngilchan bo‘libgina qolmasdan, balki jiddiy, xafa va noroziligi bilingan qiyofada bo‘lishi ham kerak. O‘qituvchining pedagogik optimizmi, uning o‘quvchilarga munosabatidagi ishonch, o‘quv faoliyatini tashkil etishning turli-tuman shakllaridagi darsda ularning hamjihatlikdagi izlanuvchanligini tashkil etish, o‘quvchilarning ishlariga hakqoniy baho berish, ularga doimiy zarur yordam ko‘rsatishga tayyor turishlik - bularning barchasi juda katta didaktik va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi, o‘quvchilarda jamoaviy mehnat malakalarini hamda ijobiy axloqiy fazilatlarni shakllantiradi. Darsni mukammallashtirish, takomillashtirishning zamonaviy bosqichi yangi sharoitlarda ta’limni tashkil etishning asosiy shakllarining o‘ziga xosliklarini o‘rganish bilan xarakterlanadi. Bunda darslarning samaradorligini ko‘rsatkichi o‘quvchilar tomonidan olingan bilimlarning o‘zinigina darajasi bilan chegaralanmaydi, balki ular tomonidan anglashning ko‘nikma va malakalarini egallashning darajasi bilan ularning bilishga bo‘lgan qiziqishlarini, shakllantirishlarini ham qo‘shib oladi. O‘quv-tarbiya muassasalari ishlash sharoitlariga va o‘quvchilarning yoshiga ko‘ra imkoniyatlarini hisobga olgan holda dars o‘ziga xos xarakterda tashkil etiladi. Masalan, quyi sinflarda, ya’ni o‘quvchilarning diqqatlarini qiyosan juda ham tez qo‘shish zarur bo‘lib, darslarda o‘quv ishlarining har xil turlari, jumladan, o‘yin va mashg‘ulot xarakteriga ega bo‘lganlaridan foydalaniladi. Ta’limning birinchi bosqichida o‘quvchilar tabiiy fanlar yoki maxsus tarqatma materiallarni gerbariy va kolleksiyalar hamda o‘rganadigan fanni darslar deb yuritiladigan va izohiy o‘qish darslari o‘tkaziladi. Yuqori sinflarda o‘qituvchi tomonidan yangi materialni bayon etish darslarining (hikoya, tushuntirish yoki ma’ruza ko‘rinishidagi) roli ortadi va o‘quvchilarning mustaqil ishlari (darsliklari va o‘quv qo‘llan-malari bilan) ahamiyati oshadi, muammoviy darslarda ijodiy xarakterdagi individual (alohida holdagi) va guruhiy ishlarni bajarish keng qo‘llaniladi. IX- X sinflarda o‘quv mashg‘ulotlarining jadvaliga ikkilantirilgan darslar deb nomlanadiganlari kiritila-di. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, bunday darslarni katta mazmunga ega bo‘lgan yangi ma’lumot asosidagi ma’ruzani o‘tkazishda, shuningdek, amaliy ishlarni, seminar va amaliy mashg‘ulotlarni, praktikumlar va o‘quv sayohatlarini bajarishda qo‘llab ko‘rish maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi darslarda va kechki maktablarda hayotiy masalalarni mustaqil hal etish (ishlab chiqarish hamda turmush masalalarini ham) malakasiga ega bo‘lgan o‘quvchilarning mustaqil ishlariga keng suyanadi. Ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish davomida ish vaqtining har bir daqiqasini qanday qadrlash va e’zozlash kerakligini yaxshi tushunuvchi balog‘at yoshidagi o‘quvchilar ba’zi hollarda darslarda vaqtlardan tejamay foydalanishning guvohi bo‘ladilar. Maktab-internatlarda va kuni uzaytirilgan gruppalarga ega bo‘lgan maktablarda darslarnn o‘tkazishning o‘ziga xosligi shundan iboratki, ular o‘quv jarayoni to‘laligicha (maktab-internatlarda) yoki sal kam butunligicha (kuni uzaytirilgan gruppalarga ega bo‘lgan maktablarda) tashkil etiladi va maktabda amalga oshiriladi. Kunning ikkinchi yarmi esa o‘qituvchi rahbarligida amalga oshiriladigan mustaqil ishlarga ajratiladi. Qozirgi vaqtda kuni uzaytirilgan gruppaga ega bo‘lgan maktablarda o‘tkazilgan darslarning sifatini baholashda o‘quvchilarning uy vazifalarini bajarishda o‘z ustida ishlash vaqtidagi tayyorgarligi darajasini hisobga olish maqsadga muvofiq deb tan olingan. Kuni uzaytirilgan gruppaga ega bo‘lgan mak-tabni bundan keying rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri - ilg‘or tajribani tahlil etish asosida ko‘p darajada masadga muvofiq bo‘lgan bir butun o‘quv-tarbiya jarayoni tartib- qoidalarini tashkil etish hisoblanadi. Bunda, o‘quv fanlari yuzasidan olib boriladigan fanlar o‘qituvchilarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan to‘garak va sinfdan tashqari faoliyatlarining har xil turlarini o‘tkazish bilan tabiiy ravishda bog‘lanib ketadi.

Darsni to‘lg‘azadigan va o‘quvchilarning politexnpk ta’limiga ko‘maklashadigan ta’limning tashkiliy turlaridan biri praktikum hisoblanadi. Praktikumlar yuqori sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladi va o‘zida o‘quvchilar dastur asosida ma’lum bir belgilangan ishlarni bajaradigan tajribaviy hamda amaliy mashg‘ulotlarni namoyon etadi. Praktikumlar tajribaxonalarda, ustaxonalarda, o‘quv kabinetlari va o‘quv-tajriba uchastkalarida, o‘quvchilarning ishlab chiqarish kombinatlari hamda o‘quvchilarning ishlab chiqarish brigadalarida o‘tkaziladi. Quyi sinflarda o‘tkaziladigan odatdagi va amaliy mashg‘ulotlar bilan qiyoslaganda ular o‘quvchilarning topshiriqni bajarishga ijodiy yondoshuvi va juda katta mustaqilligi bilan farq qiladi. O‘qituvchi praktikumga ajratilgan vaqt doirasida ish rejasini tuzadi, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarida mavjud bo‘lganlarga qo‘shimcha ravishda zarur bo‘lgan yo‘riqnomalar hamda ko‘rsatmalarni tayyorlaydi. O‘quvchilar bir vaqtning o‘zida bir xil topshiriqlarni bajarishlari mumknn. Sinfdagi har bir o‘quvchini ta’minlash uchun o‘quv qurollari etmagani yoki ishning murakkabligi, uni bir o‘quvchi tomonidan bajarilishini qiyinlashtiradigan holatlarda topshiriq butun guruh tomonidan tashkil etiladi. Shu bilan birga, praktikumning dasturida nazarda tutilgan hamma ishlarni bajarish har bir o‘quvchi uchun majburiy hisoblanadi. O‘qituvchi doimiy rahbarlikni amalga oshira borib va zarur yordamni ko‘rsata borib praktikumning topshiriqlarini bajarish davomida o‘quvchilar musta-qilligini yuqori darajasiga erishadi. Yuqori sinflarda seminarlar odatda, ko‘pincha ijtimoiy yo‘nalishdagi fanlar yuzasidan dasturlarning asosiy bo‘limlarini o‘rganganlaridan so‘ng o‘tkaziladi. Ta’limning ushbu tashkiliy turidan foydalanish o‘rganilgan materialni nazariy umumlashtirishni o‘tkazishga imkoniyat yaratadi, o‘quvchilarni mustaqil ma’lumotlar bilan chiqishlar qilishga, bahslashishga, o‘z fikrini himoya etishga o‘rgatadi va o‘quvchilarni ijtimoiy hayotda ishtirok etishga hamda ta’limni davom ettirishga tayyorlaydi. Seminar mashg‘ulotini o‘tkazishning rejasi o‘qituvchi tomonidan muddatidan avval tuzilib qo‘yilgan bo‘ladi va uni o‘quvchilar bilan muhokama etish jarayonida tuzatilib, to‘ldirilib boriladi. Qabul qilingan rejaga muvofiq ravishda seminarga har bir o‘quvchining va butun sinfning tayyorlanish dasturi o‘rnatiladi, topshiriqlar taqsimlanadi, o‘rganish zarur hisoblanadigan adabiyotlar (hamma uchun majburiy) tavsiya etiladi. Seminarda o‘quvchilarning ma’ruzalari ko‘pincha muammoviy ko‘rinishda qo‘yiladi. O‘qituvchi ularning tayyorlanishlariga rahbarlik qiladi hamda zarur maslahatlar beradi. Seminar mashg‘ulotlari odatda mazkur seminarning asosiy vazifalari ko‘rsatib o‘tiladigan, muhokama etish muammolari ilgari suriladigan qisqagina kirish so‘zidan boshlanadi. Seminar mashg‘ulotlari o‘quvchilarning yaxshi o‘ylab ko‘rilgan xattiharakati va juda ham mustahkam tayyorlanishi bilan ta’minlanadigan mustaqilliklari va yuqori darajadagi faolliklarini namoyon etishga mo‘ljallangandir. Ba’zida ma’lumotlar, ma’ruzalar, referatlarning mavzularini oldindan taqsimlamasdan, seminar mashg‘ulotni o‘tkazishning hamma rejasi yuzasidan har bir o‘quvchining tayyor bo‘lishlarini va o‘zining tashabbusiga ko‘ra yoki o‘qituvchining chaqirishi bilan so‘zga chiqishga tayyor turishlari tayinlanadi. Seminarga tayyorlanishning bunday metodikasi ayrim, alohida o‘quvchilar tomoni-dan chuqur o‘rganishni talab etmaydigan murakkab savollar bo‘lgan hollardagina o‘zini oqlaydi. Ba’zan asosiy ma’ruzachilardan tashqari, seminar o‘tkazilishini faollashtiradigan opponentlar ham tayyorlana-dilar. Mashg‘ulot jarayonida o‘tkir va kundalik muammolarni chetlab o‘tmasdan munozara yasash zarur. Mashg‘ulotning so‘lgida o‘qituvchi imkoniyati doirasida ularni ta’limning real vazifalari bilan bog‘lab, xulosa chiqaradi. O‘quvchilarning o‘z tanlashlari na hohishlariga ko‘ra ilmly-nazariy bilimlarini, amaliy tajribalarini kengaytirish hamda chuqurlalshtirish uchun o‘rganadigan o‘quv fanlari fakultativlar deb nomlaladi. Umumiy ta’lim-o‘rta maktablarning namunaviy o‘quv rejalarida VII sinfdan boshlab fakultativ mashg‘ulotlar kiritilgan. Bu mashg‘ulotlar o‘quvchilarning qobiliyatlarini, kasbga yo‘nalganligini va aqliy manfaatlarini rivojlantirishni, majburiy dasturlarini o‘rganish davomida egallagan bilimlarni kengaytnrishga mo‘ljallangan differenslyalashgan ta’limning samarador guruhiy shakllaridan birini o‘zida namoyon etadi. Maktab oldiga VII-X sinflarning har blr o‘quvchisiga fakultativlardan birini tanlash imkonlyatini berishni ta’minlash vazlfasl qo‘yiladi, bu keyinchalik uning uchun majburiy bo‘llb koladi. Fakultativ mashg‘ulotlar majburiy kurslar bilan fakultativlar orasldagi vorisiylikni, davomiylikni saqlashga mo‘ljallangan, o‘quvchilarning mustaqilligini hamda faolligini oshirishga, ularning aqliy manfaatlarini rivojlantirishga xlzmat qiladigan maxsus dastur asosida o‘tkaziladi. Fakultativlarning sonini belgilab chiqishda maktab faqat o‘quvchilarnnng shaxsiyn hohishlaridangina emas, balki maktabning imkoniyatlaridan ham kelib chiqadi. Mahalliy shart-sharoitlarga muvofiq ravishda o‘quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlashning vazifalari va real shart-sharoitlari hlsobga olinadi. Fakultativ mashg‘ulotlarda ma’ruzalar amaliy mashg‘ulotlar bilan birikib ketadi. Bunda o‘quvchilar adablyotlar bilan ishlash malakasini, mustaqil aqliy faoliyat ko‘nikmasini egallaydilar, murakkab bo‘lmagan tajribalar va tadqlqotlar o‘tkazlsh metodikasini o‘zlashtiradilar, tajriba qurilmalari va texnikani ishlatish malakasini xosil qiladilar. Fakultativ mashg‘ulotlarda muammoviy ta’lim ham keng qo‘llaniladi, o‘quvchilarning individual ijodiy qobiliyatlarining rivojlanishiga erishiladi. Fakultativ mashg‘ulotlar majburly fanlar yuzasidan bo‘lgan fanlar bilan mustaxkam bog‘liqlikda amalga oshirnlishi kerak. Bunday mashg‘ulotlar ta’limning ushbu har ikkala tashkiliy shakllari sama-radorligining oshuviga yordam beradi. O‘quv sayohatlari tabiiy sharoitlardagi jarayonlar va hodisalarni, har xil narsalarni o‘rganish, kuzatish imkoniyatini beradigan ta’limning tashkiliy turi, shakli hisoblanadi. O‘quv dasturlarida ko‘rsatib o‘tilgan, nazarda tutilgan sayohatlar majburiy hisoblanadi va u yoki bu fanni o‘rganish uchun ajratilgan o‘quv vaqti doirasida o‘tkaziladi. Ta’limning boshqa tashkiliy shakllari kabi sayohat didaktik prinsiplarni (ilmiylikni, ta’limning hayot bilan bog‘liqlygini, ko‘rgazmalilikni va boshqalarni) amalga oshiradi, o‘rganilayotgan hodisalarni o‘zaro aloqalarda, o‘zaro bog‘liqlikda Qarab chiqishga ko‘maklashadi, aqliy manfaatlarini, jamoaviy munosabatlarini, vatanparvarlik va shaxsning boshqa fazilatlarining shakllanishiga, o‘quvchilarning amaliy faoliyatiga hamda kasbga yo‘nalganligiga tayyorlanishlariga imkoniyat yaratadi. O‘tmishning taraqqiyparvar pedagoglari o‘quv sayohatlariga juda katta e’tibor berganlar. To‘g‘ri tashkil etilgan sayohatlarda bolalarga «hayot kitobi»ni o‘qitishning usullaridan biri ko‘riladi. Sayohat darslari dasturdagi, ma’lum bir belgilangan bo‘limlarni o‘rganish bilan bog‘liq ravishda o‘tkaziladi: tabiatga sayohatlar, ishlab chiqarish korxonalariga sayohatlar, tarixiy joylar va yodgorliklarga, geografiya sayohatlari, adabiyot sayohatlari va boshqalar. Bir qator hollarda bir vaqtning o‘zida bir necha o‘quv fanlari yuzasidan sayohat o‘tkazish amaliyoti qo‘llaniladi. Bunday sayohatlar majmuaviy sayohatlar deb nomlanadi. Ular fanlararo aloqalarni amalga oshirishga, uning yaxlitligi yuzasidan kuzatish ob’ektini har tomonlama o‘rganishga, vaqtni tejab foydalanishga keng imkoniyatlar yaratadi. Majmuaviy sayohatlar o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va politexnik ta’lim maqsadlarida ishlab chiqarishda hamda tabiat bag‘rida o‘tkaziladi. Bir necha o‘quv fanlari yuzasidan bir vaqtda o‘tkaziladigan ishlab chiqarish sayohatlari juda katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar zavodda, elektrostansiyada, jamoa xo‘jaliklarida korxona yoki xo‘jalikning tarixi, fantexnikada erishgan yutuqlari, ishlab chiqarishni- tashkil etishning ilmiy prinsiplari bilan tanishadilar. O‘quv jarayonidagi sayohatlar o‘tkaziladigan vaqga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: darsda foydalanish uchun zarur bo‘lgan materiallarni yig‘ish yoki kuzatshilar o‘tkazish maqsadida uyushtmriladigan kirish sayohatlari, dasturdagi bo‘limlarni darsda o‘rganish bilan bir vaktning o‘zida (yonma-yon ravishda) alyrim masalalarni konkretlashtirish va ularni ko‘rib chiqish, asoslash maqsadida o‘tkaziladigan davriy sayohatlar, dasturning alohida bo‘limi yoki ayrim mavzulari yuzasidan o‘quv ishlarini yakunlash maqsadida o‘t-kaziladigan natijaviy sayohatlar. Sayohatlarni o‘tkazish juda xam katta talyorgarllkni talab qiladi. O‘qituvchi sayohatining mazmulnli va vazifalarini belgylaydi, sayohat qilinadigan ob’ektni tanlaydi hamda u bilan juda xam mukammal tanishib chiqadi, oldinda turgan sayohatga raxbarlik kiling masalalarini hal etadi. O‘qituvchiiing o‘zi tomonidan sayoxatning o‘tkazilishi maqsadga muvoflkdir. Agar qaysidir bir sabablarga ko‘ra o‘qituvchining o‘zi o‘tkazishi mumkin bo‘lmay qolsa, o‘qltuvchi bo‘lg‘usi ekskursavodga (muhandis, guruh ustasi yoki sex boshlig‘iga, jamoa xo‘jaligi, birgada, fermaning boshlig‘iga) qaysi jarayonlar yoki hodisalarga, qanday darsalarga diqqatini Qaratish, sayohatning davomiyligi, izchlligi, muddati qanday bo‘lishi kerak, uni o‘tkazish davomida ular haqida o‘quvchilarga qanday tushuntirishlar berish lozimligini nazarda tutgan uslubiy tavslyalar berishi zarur. O‘qituvchi tomonidan o‘qunchilar bilan xamkorlikda ishlab chlqilgan sayohatni o‘tkazish rsjasida ishlarning bosklchlari belgilanadi, sayohat mobaynida to‘planishi zarur bo‘lgan materiallarning va kuzatishlarning ro‘yxati, zarur bo‘ladigan jihozlar va qurilmalar (kuzatish va ularni qayd etish vositalari, o‘lchash qurilmalari va asbob-uskunalar), sayoxatning bosqichlari bo‘yicha vaqtning taqsimoti, sayohatga o‘quvchilarni olib borishning tashkiliy turi (xar yoqlama, guruhiy yoki alohida holdagi ishlar) ham qayd etiladi. Sayohat oldidan o‘quvchilar toshiriqni va u xaqdagi ma’lumotni oladilar, ular bilan kirish suhbati o‘tkaziladi. Topshiriqlarda o‘quvchilardan har biri (yoki o‘quvchilar guruxi) qanday kuzatishlar o‘tkazilishi lozlmligini, qanday xollarga u mustaqil javoblar berishi kerakligini, qanday materlallar va qanday shaklda to‘planishi kerakligi, sayohat va uniig materiallari haqida qancha muddatga hisobot (ogzaki ma’lumot, yozma bayoni, kolleksiya va gerbariylar va hokazolar) tayyorlashi kerakligi ko‘rsatilib o‘tiladi. Sayohatning muddati ob’ektning xarakteriga, o‘tkazish maqsadiga, o‘quvchilarning yoshiga bog‘liq bo‘ladi va taxminan 40-45 daqiqadan 2-2,5 soatgacha (boribkelishga sarflanadigan vaqtlarni hisobga olmaganda) bo‘lgan vaqt chegarasida bo‘ladi. Sayohatni o‘tkazish davomida hamma o‘quvchilarning faol ishlashlari ta’minlanadi, kuzatuv o‘tkazish imkoniyatlari (ob’ektlarning yaxshi ko‘rinishi, intizom va tartibga rioya etilishi, o‘z xatti-harakatlarini to‘g‘ri saqlash hamda texnika xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya etilishi) ta’minlanadi. Sayohatning so‘nggi bosqichida o‘qituvchi o‘quvchilarning umumiy bilimlari sistemasiga qo‘shilib ketadigan yakuniy suhbat (yozma ishlar- kam hollarda) o‘tkazadi. Hisobotni tayyorlash uchun to‘plangan materiallarni qayta ishlash haqida ko‘rsatmalar beradi. Sayohat materiallari asosida ko‘rgazmalar tashkil etiladi, maxsus mashg‘ulotlar (masalan, sayohat haqidagi yozma ishlarni tahlil etish), kechalar va hokazolar o‘tkaziladi. Sayohatda to‘plangan materiallar o‘zi muvofiq keladigan darslarda tarqatma materiallar sifatida foydalaniladi, maktab muzeyiga eksponatlar sifatida qo‘yilishi mumkin. Sinfda va, maktabda sayohat o‘tkazishni tartibga solish uchun (xususan komplekslilarni) maktab direktorining o‘quvtarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘quv yilida, shuningdek, yarim yillik yoki choraklarda muddatlarini, sayohat ob’ektlarini va rahbarlarini ko‘rsatgan holda tuzadi. Bunday rejani unga o‘xshash bo‘lgan maktabda darsdan tashqari sayohatlar o‘tkazish rejasi bilan muvofiqlashtirgan holda tuzish lozim. O‘quvchilarning qoloqligini tugatish uchun qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ta’limning bu tashkiliy turidan texnika yoki san’at, ilmiy bilimning qaysidir bir tarmog‘ini o‘rganish yo‘lida ayrim o‘quvchilarning ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun ham foydalaniladi. (Ushbu vazifalarni fakultativlar yordamida hal etish mumkin bo‘lmagan hollarda.) Qo‘shimcha mashg‘ulotlar darsdan tashqari vaqtlarda o‘qituvchl tomonidan maktabda o‘tkaziladi. Ular guruh yoki yakka xolida o‘quvchilarning topshiriqlarini mustaqil bajarish yoki maslaxat darslari sifatida o‘tkazilishi mumkin. O‘qituvchining maslaxat darslari davriy, va umumlashtiruvchi (masalan, imtixonlarga va sinovlarga tayyorlanish davomida) bo‘ladi. Mlslahat darslari balog‘at yoshlilar maktablarida (kechki va sirtqi) katta axamiyat kasb etadi. Qoloq (o‘zlashtirmovchn) o‘quvchilar bilan ko‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazish zarur xollarda tashkil etiladi. O‘qituvchi darslarda ayrim o‘quvchilarning bilimlaridagi yetishmovchiliklarning sabablarini aniqlaydi (o‘quv mashg‘ulotlarini qoldirish, uy vazifalarini bajarishga shart-sharotning etarli emasligi va xokazo) hamda qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ularni tugatish choralarini ko‘radi. Qo‘shlmcha mashg‘ulotlar o‘quvchilarning individual o‘ziga xosligini to‘la xlsobga olish imkoniyatini beradi, fanni o‘rganishga qiziqishlarini va o‘z kuchlariga ishonishlarini otiradi. Qoloq o‘quvchllar bilan ko‘shimcha mashg‘ulotlarni o‘qituvchi yoki shu sinfning muvaffaqlyatli o‘zlashtirayotgan o‘quvchilari, yuqori sinf o‘quvchilari pedagogik o‘quv yurtlarining praktikant- talabalari o‘tkazishlari mumkin. O‘qituvchi ushbu mashg‘ulotlarni o‘tkazilishini doimiy nazorat ostiga oladi (metodik) rahbarlikni amalga oshiradi. O‘qituvchi dasturdagi ayrim bo‘limlar yoki fanlarni o‘rgailshga o‘quvchilarniig ehtiyojlarini ko‘p jihatdan qanoatlantirish uchun ular bilan individual mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Shuningdek, ularga yuqorl murakkablikdagi topshiriqlar va ko‘shimcha adablyotlarni o‘rganish yuzasidan tavslyalomalar bsradi. Bundan tashqari o‘zlashtirmovchi o‘quvchilar uchun sinfdan tashqari ishlarni tashkil etadi.

Kitob – umr yo'llarini yorituvchi so'nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo'luvchi sodiq do'st. Insonning ma'naviy kamolotini ta'minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo'q. Shu bois azal-azaldan ma'rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o'qishga, undan ilmu odob sirlarini o'rganishga chorlab kelishgan.

Darhaqiqat, kitob insonni erdan ko'kka ko'taruvchi, uning ma'naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuchdir. U insoniyatning tarixiy xotirasi, ma'naviy-ma'rifiy olami, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko'rsatib borishga qodir mash'ala hisoblanadi.

Axloq-odob borasida buyuk asarlar yaratgan Muhammad Jabalrudiy kitob haqida shunday deydi: "Ey, aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo'qdir. Kitob fasohat, balog'atda, latofatda tengi yo'q, munofiqlikdan xoli hamrohdir. Yolg'izlikda va g'amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq boru, na gina. U shunday hamdamki, so'zlarida yolg'on va xato bo'lmaydi. Suhbatidan esa kishiga malollik etmaydi. U o'z do'stining dilini og'ritmaydi. Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g'iybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli foydalar etadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar etadi. Kitobdek do'st ichida barcha ilmu hilm mujassamdirki, u kishilarni o'tmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi. Shuning uchun ham "kitob aql qal'asidir".

Bugun jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar o'rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirishga davlat tomonidan alohida e'tibor berilib, ko'plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning


2017 yil 12 yanvardagi "kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida"gi farmoyishi, 2017 yil 13 sentyabrdagi "kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi va
2018 yil 12 maydagi "Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o'rganish va targ'ib qilish maqsadida yoshlar o'rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to'g'risida"gi qarorlari asosida mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bir qator tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi jamiyatda kitobga bo'lgan munosabatning ijobiy tomonga o'zgarishiga zamin yaratdi.

Xususan, ichki ishlar organlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasidagi ishlar vazirlik rahbariyatining doimiy e'tiborida bo'lib kelayotganini ta'kidlab o'tish joiz. Zero, bugun mamlakatimizda ichki ishlar organlarining har bir xodimi tomonidan "Xalq manfaatlariga xizmat qilish"ni muqaddas burch deb biladigan ijtimoiy yo'naltirilgan professional tuzilmaga aylantirishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar o'tkazilayotgan bir davrda har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etgan tizim xodimlarining kasbiy malakasini, huquqiy bilimlarini oshirish, ularning ma'naviy dunyoqarashini yuksaltirish, xodimlar bilan ma'naviy-tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish kabi vazifalarni bajarishda kitob eng yaqin ko'makchi bo'lishi shubhasiz. Bugun shiddat ila rivojlanayotgan zamon bilan hamnafas bo'laman, degan har bir davlat xizmatchisi, jumladan, ichki ishlar organlari xodimlari ham doimo o'z ustida ishlashi, bilim va ko'nikmalarini tinimsiz oshirishi zarur. Buning uchun esa kun tartibida kitob mutolaasiga ham vaqt ajratishi, kundalik davriy nashrlarni, Internet tarmog'idagi yangiliklarni kuzatib borishi lozim. Zero, ichki ishlar organlari xodimlari doim xalqimizning ko'z o'ngida, aholi orasida xizmat olib boradi, tabiiyki, har kuni o'ziga turli masalalarda murojaat qilgan fuqarolarga qonuniy va asosli javob berishiga to'g'ri keladi.

O'zingiz o'ylang, kitob o'qimagan, dunyoqarashi tor, notiqlik mahorati bo'lmagan xodim yuqorida ta'kidlangan vazifalarni sifatli bajara oladimi? Biror-bir muammo yuzasidan yordam so'rab kelgan fuqaroga qonuniy yo'l-yo'riq ko'rsata oladimi? Albatta, yo'q. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugun har bir ichki ishlar organi xodimi jamiyatda huquqiy madaniyat targ'ibotchisiga aylanishi, buning birinchi sharti sifatida, avvalo, o'zi kitobga oshno bo'lishi lozim.

"Kitob tafakkur qanotidir", degan edi alloma adibimiz Oybek. Kitob o'qigan inson, qaysi sohada ishlamasin, to'g'ri fikrlash, oqu qorani ajratish, murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko'nikmasiga ega bo'ladi. Bundan tashqari, nutqi ravon bo'ladi, odamlarni o'z ortidan ergashtira oladi. Bular esa ichki ishlar organlari xodimlari uchun eng kerakli sifatlar hisoblanadi.

Shu bois ham bugun ichki ishlar organlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, xodimlarning o'z ustida ishlashi uchun zarur sharoit yaratish borasida ko'pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ichki ishlar organlarida amalga oshirilgan islohotlar jarayonida
2017 yilning dekabr oyida ichki ishlar vazirligi Markaziy apparati tarkibidagi muzey va kutubxona negizida vazirlik Kadrlar bosh boshqarmasiga bo'ysunuvchi ma'rifiy va axborot-resurs markazi tashkil etildi.

O'tgan davr mobaynida ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ma'naviy-ma'rifiy va huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida vazirlik kutubxonasi yangi binoga ko'chirilib, zamonaviy jihozlar hamda elektron kutubxona uchun kompyuter to'plamlari bilan ta'minlandi. Kutubxona 5 mingga yaqin yangi huquqiy, tarixiy-siyosiy, badiiy, ilmiy-ommabop va boshqa janrlardagi adabiyotlar, 7 mingga yaqin elektron resurslar bilan boyitildi. Elektron kutubxona Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi bazasiga hamda Internet tarmog'iga ulangan bo'lib, xodimlar shu erdan turib, ulardagi noyob kitoblar, dissertasiya va avtoreferatlar hamda dunyoning ko'plab davlatlarida chiqadigan davriy nashrlar bilan tanishish imkoniga ega.

Ma'rifiy va axborot-resurs markazi faqatgina foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatib qolmasdan, bu erda turli yangi asarlar taqdimotiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar ham o'tkazib kelinmoqda. Mustaqillik yillarida tinch va osoyishta hayotni ta'minlash yo'lida mardlarcha halok bo'lgan xodimlar xotirasiga bag'ishlangan "mard o'g'lonlar nomi barhayot", ichki ishlar organlarida ko'p yillar samarali xizmat qilgan marhum Haydar Yahyoevning "tilsim" nomli kitoblari taqdimotiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bunga misol bo'ladi.

Hududiy ichki ishlar organlarida, vazirlik ta'lim muassasalarida ham bu boradagi ishlar doimiy nazoratga olinib, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV, barcha viloyatlar IIBda tashkil etilgan kutubxonalar yangi adabiyotlar bilan boyitib borilmoqda. Masalan, joriy yilda Qashqadaryo viloyati IIB qoshida ichki ishlar organlari xodimlari va boshqa foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatuvchi "dor ul-kutub" nomli zamonaviy kitoblar uyi barpo etildi. Shu kunlarda Toshkent shahar IIBBda muzey va kutubxona uchun yangi zamonaviy bino qurilib, foydalanishga topshirilish arafasida turibdi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda tashkil etilgan ichki ishlar vazirligining akademik liseylarida tahsil olayotgan bo'lajak xodimlarni yoshligidan kitobga oshno qilib tarbiyalash maqsadida mazkur akademik liseylardagi axborot-resurs markazlari yangi kitoblar bilan doimiy boyitilmoqda. Bundan tashqari, vazirlik Akademiyasi axborot-resurs markazi fondidagi talab katta bo'lgan huquqiy, tarixiy-siyosiy, badiiy, ilmiy-ommabop va boshqa janrlardagi adabiyotlarning elektron variantlari ko'paytirilib, akademik liseylarga tarqatildi.

Bundan tashqari, ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yangi chop etilgan kitoblarni targ'ib qilish maqsadida vazirlik va uning tarkibiy hamda hududiy bo'linmalarida kitob yarmarkalarini o'tkazish yo'lga qo'yilgan. Ushbu yarmarkalarda respublikadagi etakchi nashriyotlar va kitob savdosi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar o'zlarining yangi chop etilgan turli janrdagi kitoblari bilan ishtirok etmoqda.

Xulosa qilib aytganda, yuksak intellektual salohiyatga, o'z mustaqil dunyoqarashiga ega, tashabbuskor, jismonan sog'lom va ma'nan etuk bo'lgan haqiqiy vatanparvar xodimlargina bugun tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarning hal qiluvchi kuchi, xalqimizning haqiqiy ma'nodagi himoyachisi hisoblanadi. Ichki ishlar organlari xodimlarida yuqoridagi ijobiy sifatlarning shakllanishida esa ularning kitobga oshno bo'lishi, nafaqat o'z kasbiy faoliyatiga oid, balki turli janrdagi kitoblarni o'qib, o'z bilimi va dunyoqarashini kengaytirib borishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Xulosa o’rnida shuni ayta olamanki, ta’lim berish jarayonida o’quvchi va talabalarga zamonaviy texnika va metodlardan foydalanish dalabiga aylanmoqda.Ilmiy fikrlashni rivojlantirishda maktab va oliy o’quv yurtlarida kitobxonligni targ’ib qilish kelajagimiz poydevoridir. Shu o’rinda menig shaxsiy fikrim, maktablarda fanlarni o’rganish metodini joriy etish kerak, bunda o’quvchi fanlarni o’zlashtirish yo’llarini o’rganishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :

• Z. F. Sharipova „Ta’lim texnologiyalari“ NAVROʻZ NASHRIYOTI TOSHKENT 2019;

• Maxamatrasul Djo'rayev „Fizika oʻqitish metodikasi“ „ABU MATBUOT-KONSALT“ TOSHKENT 2015;

• https://openscience.uz

• http://e-library.namdu.uz

• http://library.ziyonet.uz




 
Download 39,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish