Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi


TARIXIY TAFAKKUR VA TARIXIY XOTIRA-MAFKURAVIY



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/167
Sana22.04.2022
Hajmi2,56 Mb.
#575065
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   167
Bog'liq
Туплам конф. Маънавий тахдид (2)

TARIXIY TAFAKKUR VA TARIXIY XOTIRA-MAFKURAVIY
IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA 
Hasanova Habiba Yorqin qizi 
NavDPI tayanch doktoranti 
 
Jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichida qutblashuv, globallashgan mafkuraviy 
jarayonlarda milliy merosni o’rganish bilan bir qatorda, o’tmishda yuz bergan voqea-
hodisalarni bilish, tarixni anglash va ularga xolisona baho berish, taqqoslash va saboq olish
natijasida, bugunda sodir bo’layotgan voqeliklarga to’g’ri yondashish, mushohada etish 
muhim o’rin tutadi. Mahkuraviy tahdidlar avj olayotgan bir sharoitda, yoshlar ongida 
g’oyaviy immunitetni shakllantirishda tarixiy xotirani tiklash va qaror toptirish obyektiv
zaruratdir. Darhaqiqat, “Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg’usi bilan barhayotdir. 
Xotira- kechagi o’tmishni, ajdodlar o’gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi –muqaddas 
kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi”
206
.
Axborotlashgan mafkuraviy jarayonlarda yoshlar tarixiy tafakkurni shakllantirishda
205
“Haqiqat manzaralari”. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2007. – 83b. 
206
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 apreldagi PQ-2865-son «Xotira va qadrlash kuniga 
tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida» Qarori // [Elektron resurs]: 
http://www.lex.uz/acts/3150991.


227 
xalqimiz orasidan yetishib chiqqan ulug’ allomalarimizning jahon tamadduniga qo’shgan 
hissalari bilan tanishtirish, buyuk tarixiy voqealarni yodga olish, voqealarni bayon
qilishdagi xolislik, haqqoniylik, soxta qarashlarga zarba berish, ajdodlarimiz yaratgan
madaniy merosni har tomonlama o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarixiy tafakkur va tarixiy xotira insonni fikrlash, o’ylash, tahlil etish va xulosalar
chiqarish qobiliyatini yuksaltiradi. Dunyoqarashi sog’lom va yuksak insonni soxta
g’oyalar bilan ishontirib ham, aldab ham bo’lmaydi. Tarixdan ham ma’lumki, o’z oilasi, 
Vatani va xalqning baxtini o’ylab, butun insoniyatga ezgulik tilab yashashga asoslangan
g’oya eng kuchli bo’lib kelgan va bu narsa shunday davom etadi. Kishilik jamiyati
taraqqiyotining bugungi bosqichida tarixiy voqealarga falsafiy tafakkur bilan yondashib, 
buning kelib chiqish omillari, sabablari va ildizlariga nazar tashlashimiz kerak. Tarixiy
jarayonlarning mohiyatini to’g’ri anglash kishilarda aniq tasavvur, voqea-hodisalarga
sog’lom yondashish munosabatini shakllantirishga yordam beradi. Kishilar tafakkurini, 
ongini o’zgartirmay turib jamiyatni o’zgartirib bo’lmaydi. Chunki, o’zgarishlar, avvalo, 
inson ongida, tafakkurida yuz berishi kerak. Jamiyatning ertasi hisoblanmish yoshlarda 
tarixiy tafakkurni shakllantirishning ahamiyati quyidagilarda aks etadi: 
-tarixiy tafakkur yoshlarda jamiyatda kechayotgan jarayonlar obyektiv qonuniyatlar
asosida kechayotganligini, uni buzish og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini anglash 
imkoniyati beradi. Jamiyat bugungi taraqqiyot jarayoniga erishguncha juda uzoq va 
murakkab yo’lni bosib o’tgan, bu yo’l uning nima yaxshi-yu nima yomon, oq-qorani
ajratib olishiga yordam beradi; 
-tarixiy tafakkur yoshlar ongida sog’lom dunyoqarashni shaklantirishda, zararli
mafkuralarga qarshi g’oyaviy immunitetni shakllantirishga xizmat qiladi; 
-tarixiy tafakkur mamlakatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy islohotlarning
samarali tashkil etishga, aholining keng safarbarligi va ishtirokining ta’minlanishiga
xizmat qiladi; 
-tarixiy tafakkur bugungi O’zbekiston taraqqiyoti dunyoning ilg’or tajribasidan 
foydalanish orqali o’zgarishlarni amalga oshirish mumkinligini anglashga, shu maqsadda 
jamiyatni tubdan qayta qurish, yangilashni milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari amalga
oshirish zaruriyatini tushunishga yetaklaydi. 
Bugun yoshlar ongida tarixiy xotira va tarixiy tafakkurni shakllantirishning o’rni
quyidagilarda namoyon bo’ladi.
Birinchidan, tarixiy tafakkur yoshlarda tarixiy xotirani tiklanishiga, milliy g’urur va
milliy o’zlikni anglash tuyg’ularini kuchaytirishga yordam beradi; 
Ikkinchidan, tarixiy xotira va tarixiy tafakkur yoshlarning ma’naviy qadriyatlarimizni
e’zozlash, ularga hurmat munosabati bilan qarashni amalga oshirishga yordamlashadi; 
Uchinchidan, tarixiy xotira va tarixiy tafakkur mamlakatda amalga oshirilayotgan
islohotlarni amalga oshirishda, yoshlarni keng ko’lamli safarbarligi va ishtirokining
ta’minlanishiga xizmat qiladi; 
To’rtinchidan; tarixiy tafakkur tarixga falsafiy munosabat, falsafiy yondashuv
shakllanishiga, bu esa tarixiy hodisalarni teran tahlil qilish, rivojlanish qonuniyatlarini 
teran anglash va shundan kelib chiqib, voqea hodisalarning mantiqiy hosilasini ko’ra
bilish va taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega xulosalarni chiqarish imkonini beradi; 
Xulosa qilib aytganda, tarixiy xotira va tarixiy tafakkurni yoshlar ongiga singdirish orqali 
xalqimiz tarixiga, ma’naviy merosimizga, o’zligini anglashiga zamin yaratishga erishish 
mumkin. Bu esa, tarixiy xotira va tarixiy tafakkurning shakllanishiga, boy
dunyoqarashga, sog’lom mafkuraviy immunitetga ega bo’lgan barkamol shaxsni 
tarbiyalashga xizmat qiladi. 


228 

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish