74
farklarni belgilovchi tomonlariga ijtimoiy munosabat ishtirokchilarining o’ziga xos xarakterga egaligi
ta'sir etadi.
Ma'lumki, huquq soxalarida xokimiyatlilik asosidagi majburlash usuli bo’lsa, boshqalarida
tomonlarning tengligi asosidagi usul va uchuinchisida esa, cheklangan xarakatlarni takiklash usuli
yuqorida bo’ladi.
huquqiy tatibga solish metodi - bu xuquq soxalarining tartibga solish predmeti bo’lib xisoblangan
ijtimoiy munosabatlarning ma'lum turlariga ta'sir etish usullaridir.
huquqiy tartibga solish usuli bevosita xuquqiy tartibga
solishning predmeti bilan
belgilanadi(aniqlanadi).xuquqiy tartibga solish ususlining asosiy xarakteristikalariga quyidagilarni
kiritish mumkin:
huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining mavkei (polojenie), xarakteri va ular o’rtasidagi o’zaro
xuquq va majburiyatlarning taksimlanishi;
huquqiy munosabat ishtirokchilarining o’zaro sub'ektiv xuquq va majburiyatlarining yo’zaga
kelish asoslari tartibi (ya'ni zarur xuquqiy munosabatlarni yo’zaga kelishi uchun asos bo’luvchi
yuridik faktorlar);
sub'ektiv xuquqning bo’zilishi yoki sub'ektiv majburiyatlarni bajarmaslik oqibatida xuquqka xilof
xulqning yo’zaga kelishi bilan bog’liq yuridik oqibatlarning xarakteri (xuquq normalari talablari va
ularni qo’llashdagi xatoliklar (bo’zish) uchun davlatning majburlov choralarini qo’llash).
Shunday qilib, xuquq normalari xuquqiy tartibga solishning predmeti va usuli (metodi)ga mos
xolda xuquq soxalari buyicha chegaralanadi.Davlat va xuquq nazariyasi fanida xuquq tizimini
soxalarga bo’lish asoslari muammosi xozirda ham baxsda sabab bo’lib kelmokda.
Huquqiy tartibga solish asosan 2 usulga bo’linadi.; 1) hokimiyat buyrugi usuli yoki avtoritar
usul. 2) dispozitiv yoki avtonomiya usuli. Avtoritar usulda huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi
taraflardan biri davlat bo’lib, u sub’yektlarning huquq va burchlarini paydo bo’lishligini aniq
belgilaydi. U hokimiyat huquqiga ega bo’lib, «kattik tartib urnatadi. Bu usul ma’muriy, jinoiy va
konstitutsiyaviy huquq sohalarida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda keng qo’llainiliadi.
Avtonomiya usulda huquqiy munosabat ishtirokchilariga teng majburiyat belgilaydi. Taraflarning
huquq va burchlari ularning kelishuvi bilan paydo bo’ladi., o’zgaradi va bekor bo’ladi. Bu usul
fuqarolik va oila huquq sohalarida ko’prok ishlatiladi.
Demak O’zbekiston Respublikasida huquq sohalari ijtimoiy munosabatlarni
tartibga solish
predmeti va usuli bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan; fuqarolik va mehnat huquqiy
munosabatlari
o’zaro uhshash bo’lsada, ularning tartibga solish predmeti va usuli turlichadir. Fuqarolik huquqi
ijtimoiy munosabatlarning tartibga solish predmeti buyicha mulkiy bo’lmagan va mulkiy
munosabatlarni o’rgantadi. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish usuli buyicha ham bu ikki huquq
sohasi bir biridan farq qiladi. Fuqarolik huquqida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish usuli
buyicha da’vo arizasi sudga beriladi. Sud bu ishlarni ko’rib hal qiladi. Mehnat huquqi buyicha
hodimlarning mehnat nizolari korhonalar va tashkilotlarning mehnat nizolarini hal q’ilish
komissiyalariga, , keyin kasaba uyushmalarida quriladi. Hodimlar bularning karzlariga rozi
bo’lmasa keyin mehnat nizosi to’g’risida ariza bilan sudga murojaat qiladi. Sud mehnat nizolarini
ko’rib hal qiladi.
Huquq tizimi va qonunchilik tizimining o’zaro munosabatlari
huquq normalari bir tomondan - bu xuquq ijodkorligi organlarining sub'ektiv, ongli - erkiy
faoliyati mevasidir.
Ikkinchi tomondan esa, xuquq normalari xuquq tizimining tabiiy elementi sifatida fakatgina
ijtimoiy xayotning ob'ektiv ifodalangan xollarda bo’lishi mumkin.Shuning uchun ham xuquq
normalari ob'ektiv bo’lib, xuquq ijodkorligi organining erki - irodasidan mustaqil bo’lib. U
munosabatlarni tartibga solish mustuqil normalar guruxlariga birlashadilar.xuquq ijodkorligi organi
ma'lum normani yo’zaga keltira turib, uni u yoki bu xuquq soxasiga o’zining xoxish - istagiga ko’ra
kirita olmaydi.Agarda norma ma'lum ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan ekan, u
o’z navbatida shunday munosabatlarni tartibga soladigan xuquq soxasi tarkibiga kiradi.
75
Qonunchilik tizimi esa boshqa tamoyil (printsip)ga binoan tuziladi.Uning shakllanishida sub'ektiv
faktorlar ahamiyatli urni tutadi.Bu faktorlar o’z navbatida xuquqiy amaliyot talablari hamda kishilar
o’rtasidagi munosabatlarning o’zgarib turishi zaruriyatlarini xisobga olshi bilan shartlanadi.
Qonunchilik tizimi - bu huquq normalarini ifoda etish shakli bo’lib
hisoblanadigan huquq
manbalarining majmuidir.
Shuning uchun ham xuquq qonunchilikdan tashkarida amalda bo’lmaydi.Ular shaklan va
mazmunan munosabatda bo’lishadi. xuquq normalari va uning turli tuzilishi ko’rinishlari
o’zlarining rial ifodasini va tashki ko’rinishini aynan qonunchilikda topadi.Shu ma'noda xuquq
tizimi qonunchilik tizimi bilan umuman mos keladi.
Shu bilan birga ular elementlari va mazmuniga ko’ra bir-biridan ajralib turadi.Aytilganidek,
xuquq tizimining boshlangich elementlari bo’lib gipoteza, dispozitsiya va sanktsiya
xisoblanadi.Qonunchilik tizimining boshlangich elementi bo’lib esa, normativ xuquqiy aktning
moddasi xisoblanadi, bu modda xar doim ham xuquq normasining xar uchala elementini o’z ichiga
olavermaydi.
Ko’rinib
turibdiki, bitta normativ xuquqiy akt mazmunan turli xil ijtimoiy munosabatlarni
tartibga solishi mumkin (bir necha xuquq soxalariga tegishli normalarni), shuning uchun unda
tartibga solishning ma'lum kat'iy ko’rinishdagi predmeti yoki uchuli (metodi) bo’lishi mumkin
emas.Shu sababli xuquq soxasi qonunchilik soxasiga xar doim ham to’g’ri mos kelavermaydi.
Qonunchilik tizimi o’z ichiga qonunchilik soxasi turlarini hamrab oladi:
a.
soxa qonunchiligi (bitta xuquq soxasiga tegishli predmet xisoblangan, sifatan ma'lum bir
ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan normalarni o’zida mujassamlashtiradi).Bunga xuquqiy
soxa va qonunchilik
soxasi mos keladi - yer, oila, jinoyat qonunchiligi va x.
b.
ichki xuquq soxasi qonunchiligi- turli xil soxaga tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga
soluvchi, soxaosti va xuquq institutlari normalarini ifoda etadi - avtorlik qonunchiligi (fuqarolar
xuquqi qonunchiligi…).
c.
kompleks (majmua) qonunchiligi - nisbatan mustaqil bo’lgan ijtimoiy xayotning tarkibi
bo’lgan, ko’rinish mazmuniga ko’ra turlicha bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: