Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti «davlat va huquq nazariyasi»


Kishilik jamiyatining paydo bo’lishida urug’-qabila shakllari



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/98
Sana18.03.2022
Hajmi1,38 Mb.
#499683
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   98
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti «davlat va hu

 Kishilik jamiyatining paydo bo’lishida urug’-qabila shakllari. 
Kishilik jamiyati taraqqiyotidagi eng uzoq vaqt, hozirgi zamon fani ma’lumotlariga qaraganda, 
ikki million yildan ortiq vaqt hukm surgan ibtidoiy jamoa tuzumi odamzodning paydo bo’lishidan 
to davlatning tashkil topishigacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib, bu vaqtda hali davlat va huquq 
bo’lmagan edi. Bu davr ibtidoiy jamiyat deb nomlangan. Lekin davlat va huquqning paydo bo’lish 
jarayoni aynan shu davrdan asta-sekin shakllana boshlangan.
Jamiyatning asosiy bo’g’ini va uni boshqarishning birlamchi shakli urug’ bo’lib, unda ishlab 
chiqarish urug’ a’zolarining birgalikdagi mehnatiga asoslangan va ishlab chiqarish vositalari, 
mehnat qurollari, iste’mol mahsulotlari hamda barcha mulklar umumiy bo’lgan. 
Urug’ bu ekzogamiya nikoh tartibi va qarindoshlikning bir tomonlama (ota yoki ona 
tomonidan) hisoblanishi bilan, jamoaviy mehnat, hududning umumiyligi, e’tiqodning 
birligi,ijtimoiy hayotdagi demokratik talab tartiblari bilan ta’riflanadi.. 
Neolit inqilobi iste’molchilar jamoasini ishlab chiqaruvchilar jamoasiga aylantirdi. Ularni o’troq 
turmush tarziga o’tishga va ma’lum hududda joylashishga tayyorladi. Urug’ jamoasida mehnat 
taqsimoti, oziq - ovqat taqsimoti va nikoh-oila munosabatlari aniq va qat’iy belgilab qo’yilgan edi. 
Taqsimot odamlarning yoshiga, jinsiga va boshqa belgilariga ko’ra amalga oshirilar edi. Urug’ 
jamoasiga urug’ oqsoqollari boshchilik qilardi. Ular jamoaning yaxshi yashashi uchun sharoitlar 
yaratish, manfaatlarini himoya qilish, o’lja qilib olingan mahsulotlarni taqsimlash bilan 
shug’ullangan. O’ziga yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli ado etgan rahbarlarning jamoa ichida 
obro’-e’tibori ortib borgan. 
Urug’chilik tuzumida hokimiyat urug’ jamoasiga tegishli edi. Birgalikda hayot kechirishning 
hamma masalalari: ishlab chiqarish faoliyati, urush olib borish, diniy marosimlar o’tkazish, kishilar 
o’rtasidagi nizolarni hal qilish va boshqa jamoa ishlari urug’ a’zolarining umumiy yig’ilishida qarab 
chiqilar va hal etilardi. Urug’ a’zolarning majlisi (umumiy yig’ilishi) uning oliy hokimiyat organi 
edi. 
Oqsoqollar va harbiy boshliqlar hech qanday imtiyozlardan foydalanmasdilar, alohida boshqarish 
yoki majbur etish apparatlariga ega emas edilar va ularning qo’llaridagi hokimiyat birdan-bir 
shaxsiy ma’naviy obro’lariga hamda barcha urug’ a’zolarining ularga bo’lgan hurmatiga tayanardi. 
Jamoa yig’inida urug’ oqsoqoli yoki harbiy boshliq, ya’ni barcha ijtimoiy ishlarni boshqaruvchi 
saylanardi. Urug’ oqsoqollari va harbiy boshliqlar istalgan vaqtda umumiy yig’ilish tomonidan 
almashtirilishi mumkin bo’lgan. Ular o’z funksiyalarini urug’ning nazorati ostida amalga 


14 
oshirganlar. Urug’ yig’ilishining qarori uning hamma a’zolari uchun majburiy bo’lgan. Oqsoqolning 
o’zi ham boshqa jamoa a’zolari kabi jamoa an’analarini, urf-odatlarini, yurish-turish qoidalarini 
so’zsiz bajarishi lozim edi. Aks holda, u o’z o’rnini boshqasiga bo’shatishga majbur bo’lar edi, 
ya’ni uning o’rniga boshqasi saylanar edi. 
Urug’ jamoasida ibodat qilish va u bilan bog’liq urf-odatlar, diniy marosimlar, an’analar va ahloq qoidalari 
yuzaga kelgan. Kishilar xulq - atvor va yurish-turish qoidalariga rioya qilganlar. Bordi-yu bu qoidalar buzilsa, 
uni butun urug’da, uning yig’ilishida muhokama qilar edi. Qoidalarni buzgan kishini izza qilish, unga tanbeh 
berish, ogohlantirish, urug’dan quvib yuborish kabi jamoat ta’sir choralari qo’llanilgan.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish