Guruh:236
F.I.Sh: Ubaydullayeva Dildora
Savollarga Javoblar
1.Biotsenoz nima
Biotsenoz (bio... va yun. koinos — umumiy) — shartsharoiti bir xildagi muhitga moslashib olgan va bitta joyning uzida birga yashaydigan barcha organizmlar. Biotsenozda yashaydigan oʻsimlik hamda hayvonlar doim bir-biriga maʼlum munosabatda boʻladi. Ularning shu munosabati hayot kechirish sharoitiga ham taʼsir kursatib turadi. Biotsenoz u mumiy tabiiy kompleks — biogeotsenozning bir qismidir. Odamking xoʻjalik faoliyati Biotsenozni oʻzi uchun foydali tomonga qarab oʻzgartirishi mumkin. Turlar urtasidagi munosabatlarning ikki va undan koʻp tur uchun qulaylik tugʻdiradigan xili oʻzaro yordam deyiladi. Maye, hasharotlar yordamida changlanadigan oʻsimliklar changni bir usimlikdan ikkinchi usimlikka olib oʻtadigan va shu bilan oʻsimliklarning chetdan changlanishini taʼminlaydigan hasharotlarga muhtojdir. Boshqa hollarda turlar orasidagi munosabatlar uzaro qaramaqarshi tarzda buladi. Yirtqichlikda bir tur hayvonlar boshqa tur hayvonlarni yeydi. Ikkala tur tashqi muhitning bir xildagi shartsharoitidan foydalansayu, usha shartsharoit miqdori cheklanib qoladigan boʻlsa, bunday turlar oʻzar o raqobat tarzidagi munosabatga utadi. Maye, Usimliklar yorugʻlik va tuprokdagi mineral moddalar uchun raqobat qiladi. Mikroblardagiantibioz qaramaqarshi munosabatlarning uziga xos shaklidir. Birga hayot kechirishning boshqa shakllari ham bor. Biotsenoz terminini
taxminan 1877 yilda K. Mebius taklif etgan edi. Biotsenoz bir maydonda
mavjud bo’lgan hayvonlarning hamda o’simliklarning yig’indisidir,
yani o’simliklar jamoasini (yig’indisini) izohlovchi fitotsenoz va
hayvonlar qavmini (yig’indisini) bildiruvchi zootsenoz kabi
bo’limlarning majmuidan iborat. Biotsenoz tabiat majmuasi bo’lmish
biogeotsenozning bir qismi hisoblanib, uzoq yillar davomida asta sekin
rivojlanadi va o’zgarib boradi. Odamning tabiatga aralashuvi natijasida
biotsenozni jamiyat manfaatlari nuqtai nazariga qarab o’zgartirish
mumkin. Shuning uchun ham biotsenozlar xo’jalik uchun katta
ahamiyatga ega. Biotsenozga Ye. N. Pavlovskiy va G. A. Novikov 1950 yilda ta’rif berib, biotsenoz tabiiy holda yoki insonning ta’siri natijasida hosil
bo’ladi,-degan edi. Lekin biotsenozga kiradigan organizmlar bir biri
bilan bog’liq holda rivojlanadi. O’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning yer yuzasining ozmi-ko’pmi bir xil sharoitlarga ega bo’lgan joylarda yashaydigan, nisbatan barqaror turkumlari biotsenozo z l a r deyiladi. Biotsenozdagi ayrim organizmlar- avtotraflar noorganik
moddalardan organik moddalar sintez qiladi. Boshqa geterotroflar esa
organik moddalarni istemol qilgan holda uni avtotroflar tomonidan qayta
foydalanish uchun yaroqli bo’lgan moddalargacha parchalaydi. Tadrijiy
taraqqiyot davomida organizmlarning har xil turlari dastlabki ozuqa
materialidan modda va energiyani ketma-ket olish uchun o’zaro
bog’liqlik hosil qilishgan. Buning natijasida oziqlanish zanjirlari
rdeb nom olgan jarayon yuzaga kelgai.
2.Mikrobiosentoz nima?
Biotsenozdagi o’simliklarning bir biriga nisbatan tashqi
ko’rinishini o’rganganda, ularning faqat yer ustki qismi organlarining
tuzlishinigina e’tiborga olmasdan, balki ularning yer ostki qismi, ya’ni
ildiz sistemalarining ham bir-biriga nisbatan tuproqning turli
qatlamlarida tarqalishini ko’zda tutadi. Muayyan bir hududda turlar
tarkibi, soni, qavatliligi-yarusligi-pog’onaligi, tashqi ko’rinishi bilan bir
biridan ma’lum darajada ajraladigan bir necha jamoalarni ko’rish
mumkin. Bunday hollarda jamoa mikrojamoa yoki mikrobiosentoz-
lar deb ham yuritiladi. Masalan zich o’rmonlarda bir xil
mikroorganizmlar mavjud bo’lsa, siyrak o’rmonlarda ikkinchi xil
mikrobiotsenozlarni ko’rish mumkin. Bunday biotsenozlar daraxtlardan
tortib (agar ular shu jamoada mavjud bo’lsa) barcha buta, o’t
o’simliklari, yo’sinlar, lishayniklar, suv o’tlari, zamburug’lar va
bakteriyalarni o’z ichiga oladi.
3. Produtsyentlar nima?
Produtsyentla-avtotrof organizmlar bo’lib, asosan,
noorganik moddalardan organik moddalarni sintez qiluvchi yashil
o’simliklardir. Biotsenozning tuzilishida yashil o’simliklar muhim rol
o’ynaydi. Bu holat, ayniqsa, o’rmonlarda yaqqol ko’rinadi. Yashil
organizmlar birlamchi organik moddalar ishlab chiqaradi. Ishlab
chiqargan energiyani avval yashil o’simliklarning o’zlari sarflaydi va
keyin g ye t ye r a t r o f organizmlarga yetkazib beradi. Yashil
o’simliklar fotosintez va nafas olish jarayonida atmosferadagi kislorod
va karbonat angidrid gazining balansini ta’minlaydi. Transpiratsiya
jarayonida tabiatdagi suv balansi tartibga solib turiladi, tuproq
tarkibidagi kimyoviy elemintlar miqdori muvofiqlashtiriladi.
4. Komsumyentlar nima?
Komsumyentlar- tirik organik moddalarni iste’mol qiluvchi
geteratrof organizmlar (o’txo’r va etxo’r hayvonlar) dan redutsentlar esa
hayvonlar va o’simliklar qoldiqlarini chiritadigan va ularni oddiy
birikmalarga aylantiradigan gyrtyeratof organizmlardan iborat.
Geterotrof organizmlar gazlar almashinuvida ishtirok etadi, tuproq hosil
bo’lish jarayonida katta rol o’ynaydi. Tuproqdagi zamburug’lar va
bakteriyalar dyestrutorlar, umurtqasiz hayvonlar esa saprofaglar
deyiladi. Ular o’simliklarning qoldiqlarini parchalaydi va chirindi
hosil bo’lish jarayonida faol qatnashadi.
5. Tabiiy landshaftlar
Landshaft» nemischa so‘z bo‘lib, «joy» degan ma’noni bildiradi. hozirgi paytda landshaft tushunchasi geografiyada keng va tor ma’noda ishlatiladi. Keng ma’noda landshaft deganda tabiiy hududiy kompleks tushuniladi. Masalan, tayga zonasi, botqoq, tundra, so‘l va h.k. Tor ma’noda landshaft — yer yuzasidagi tabiiy chegaralari bilan ajralib turuvchi joydir. Landshaft hududiy yaxlitligi, vujudga kelishiga ko‘ra bir butunligi, geografik tuzilishi, relyefi, iqlimi, tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosining bir xilligi bilan ajralib turadigan tabiiy hududiy kompleksdir. Masalan, Qizilqumdagi qumli, gilli, taqirli, sho‘rxokli landshaftlar, tog‘lardagi yaylov, o‘rmon, vodiy landshaftlari shular jumlasidandir. Odatda landshaftlar tabiiy va atropogen landshaftlarga ajratiladi. Tabiiy landshaft — faqat tabiiy omillar ta’sirida shakllangan yoki shakllanayotgan landshaftdir. Unga inson faolliyati ta’sir etmagan bo‘ladi. Masalan, Chotqol biosfera qo‘riqxonasidagi archazorlar shular jumlasiga kiradi. Antropogen landshafti — tabiiy va antropogen omillar ta’sirida shakllangan va shakllanayotgan landshaftdir. Bunga inson faoliyati ta’sirida vujudga kelgan landshaftlar kiradi Tabiatning barcha komponentlari va landshaftlar u yoki bu darajada inson ta’sirida bo‘ladi. Fan-texnika inqilobi sharoitida insonning tabiatga ta’siri tobora kuchaymoqda. Mazkur landshaft-
lar insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida shakllanadi, ammo tabiiy xususiyatlarini saqlab qoladi va tabiat qonunlariga bo‘ysunadi. Antropogen landshaftlar quyidagi turlarga bo‘linadi: qishloq xo‘jalik yoki agrolandshaftlar (ekinzorlar, bog‘lar, yaylovlar); suv yoki gidrogen landshaftlar (kanallar, hovuzlar, suv omborlari); shahar yoki seliteb landshaftlar (shaharlar, qishloqlar); sanoat landshaftlar (zavodlar, shaxtalar, chiqindilar uyumi, aerodromlar, yo‘llar va h.k.). Landshaftlar joy, maydon va fatsiyadan tuzilgan bo‘lib, uning eng kichik birligi fatsiyadan iboratdir. Fatsiya — bir xil tog‘ jinslariga, relyefga, tuproqqa, namlikka, mikroiqlimga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ega bo‘lgan eng kichik tabiiy hududiy kompleksdir. Masalan, qayir fatsiyasi, o‘zan fatsiyasi, toshli qayir, gilli qayir fatsiyalari.
6. Populyatsiya nima?
Populyatsiya –deganda bir turga kiruvchi , o’zi ko’payuvchi ma’lum maydonda tarqalgan va bir biri bilan o’zaro bog’langan guruh tushuniladi. “Populyatsiya” so’zi lotincha “populous” so’zidan olingan bo’lib “xalq “ degan ma’noni anglatadi.
7. Populyatsiya xarakteristikasi.
Son jihatdan xarakteristikasiga ko'ra statistik va dinamik populyatsiyaga bo'libdi. Populyatsiyaning statistik ko’rsatkichlar xarakteristikasi hozirgi vaqtdagi ularning soni, joylashishi, zichligi va struktura tuzulishi xarakteristikasidan iborat. Dinamik ko’rsatkichlar populyatsiyada ma’lum davr oraligida bo’ladigan tug’ulish, o’lish va popu;yatsiyalarning o’sishi jarayonlarini o’z ichiga oladi
Struktura ko’rsatkichlari- jinsiy-turli hajmiy- turli hajmdagi jinslarning miqdori, alohida guruhlar nisbati, yosh jihatdan miqdori. Genetik ko’rsatkichlar-turli genotiup va allelga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |