85
1.
Jamiyatda qonuniylik ikki hil ma’noda-aholining davlat tamonidan bajarilishi talab
qilinadigan qonun-qoidalar tushuniladi. Bularga davlat tamonidan chiqarilgan konstitnsion va boshqa
amaldagi qonunlar, barcha normatuv huquqiy hujjatlar kiradi. Tor manoda aytganda, qonuniylik
davlat organlarining ish faoliyatida qonunlarga va boshqa normatuv huquqiy hujjatlarga amal q’ilishi
kerak. Chunki O’zbekiston Respublikasida barcha davlat organlari,
mansabdor shahslar, jamoat
birlashmalari, fuqarolar Konstututsiya va qonunlarga asosan ish ko’radilar. Mamlakatda fuqarolik
jamiyatini hamda xuquqiy davlatni shakllantirish o’z navbatida jamiyatning sifatli yangi pogona
(axvol) ga erishishini. Jumladan, xuquq tizimi qonuniylik va xuquqiy tartibotning ham boshqa yangi
bosqichiga erishmokligini talab etadi.
2.
qonuniylik va xuquqiy tartibot xuquqdan va uni tatbiql etishdan ajralmagan bo’lib, xuquqni
tartibga solish solish mexanizimida ularning alokasini o’rganish nazariy izlanishlarning dikkat
markazida edi.
Bugungi kunda qonuniylik tushunchasi masalasida olimlar o’rtasida ancha baxs va tortishuvlar
mavjud (P. A. Fefelov, N.V. Kro`lenko, N. G. Aliksandrov, P. ye. Nedbay, L. M. Ribinovich).
Bu to’g’risidagi jami fikrlarni umumlashtirib qonuniylikni quyidagcha talqin etish mumkin:
Qonuniylik – bu qonunlar va qonun osti aktlari barcha sub'ektlar tomonidan amal qilinishidir (A.
V. Molkko, 109 s.).Yoki qonuniylik – xuquq normalarini barchalar (sub'ekti)
tomonidan birgalikda
aniq va so’zsiz tadik etilishiga qaratilgan jamiyat hamda davlatning talabidir (S. A. Kamarov, 271 s).
Qonuniylikni asosiy yurituvchisi bo’lib kishilarning (V. V. Lazerev, 220 s.) faoliyati (xulqi)
xisoblanadi.
Bu yerda kishilarning faoliyati qonuniylikning xususiyatlari normativ yoki xuquqni qo’llash
xujjatlarini to’g’ri qabul qilishda va qo’llashda namoyon bo’lishini belgilab beradi.
Chunki, bu xujjatlar (va munosabatlar)ning qonuniyligi yoki noqonuniyligi katta
ahamiyatga ega. Jumladan, ba'zi normativ aktlarning aniq qonuniyligi (Konstitutsiyaga xilof qonun va
normativ aktla r) SSSRda 30-50 yillarda asosiz ravishdagi repressiyaga sababchi bo’lgan.
Qonuniylikning moxiyati (mazmuni) kup jixatdan uning tarkibidagi sub'ektlarga bog’liqdir. Ya'ni,
ba'zi olimlarning fikricha, sub'ektlar tarkibioga ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining barchasi
kirishsa(davlat, uning organlari, jamoiat tashkilotlari,
shaxslar, fuqarolar va boshqalar.)ba'zi olimlar
bu sub'ektlar doirasidagi fuqarolarni chiqarib tashlaydilar yoki ba'zi hollarda jamoat tashkilotlarini bu
tarkibiga kirishtirmaydi.
Shunday qilib, qonuniylikning sub'ektlar doirasini kiskartirish, uning umumiylik va
umummajburilik goyaasini bo’zadi, qonun oldidagi barchaning tengligi printsipi bo’ziladi, amalda
qonuniylik rejimini pasayishi (susayishigsha) olib keladi (masalan Stalinning shaxsiga siginish
davrida zurovonlik va qonunsizlikka olib kelgan bo’lsa, turgunlik
yillarida korruptsiyaning
rivojlanishiga sabab bo’ldi). qonuniylik uchun 2 tomonning bo’linishi (A. V. Molkko, 109 s.).zarur:
- adolatli, ilmiy asoslangan, qonunlarning bo’lishi (moxiyat jixatidan);
- ularni bajarilishi, aksincha eng yetuk qonunlar borligi ham kamlik qiladi (rasmiy tomoni)
Huquqiy ijtimoiy munosabatlarning regulyatori sifatida o’z funktsiyalarini ijtimoiy amliyotda
xuquq normalariga amal qilish,
bajarish, foydalanish va ularni qo’llash jarayonlari orqali bajaradi,
shuning uchun ham qonuniylik toki xuquqlarning xuquqiy rejimi bo’lib xisoblanadi.
Qonuniylik printsiplariga quyidagilar kiradi :
1. Qonuniylikning birligi (normativ aktlarni tushunish va qo’llash mamlakatning butun
teritoriyasida (xdudi) bir xila bo’lishi zarur);
2. konstitutsiya va qonunning ustunligi (Konstitutsiya va qonunlarga boshqa barcha individual
xuquqiy aktlarning buysunishi; qanday va kanaka organ tomonidan chiqarilishidan kat'iy nazar, agar
u akt qonunga xilof bo’lsa, qonuniylikning bo’zilishi xisoblanadi);
3.
fuqarolarning xuquq va erkinliklarini kafolati: bir tomondan, qonuniyliksiz fuqarolarning
xuquq va erkinliklari tatbiql etilishi mumkin emas, qonuniylik ularning kafolai bo’lib xizmat qiladi,
ikkinchi tomondan, xuquq va erkinliklarning o’zi va ularning mavjudligi
yoki amalga oshishi
qonuniylikning axvolini va jamiyatda demokratiyaning kursatkichi bo’lib xisoblanadi;
86
4.
qonuniylikning madaniyat bilan bog’liqligi (jamiyat va mansabdor shaxslarning madaniyat
darajasiga qonuniylikning axvoli bog’liqdir va aksincha qonunchilikga amal qilish jamiyat
madaniyat darajasi kursatkichining asosiy shartlaridan biri bo’lib xisoblanadi).
5.
qonuniylikning maqsadga muvofiqligi bilan bog’liqligi (maqsadga muvofiqligi bilan
qonuniylikning karama - qarshiligiga yo’l kuymaslik: maqsadga muvofiqligini vaj qilib qonun
cheklab utmaslik, u qonun ramkasida bo’lishi zarur).
Qonuniylik va huquqiy tartibotni ta'minlash asosiy ko’roli sifatida
yuridik ilmda kafolat va
qonunchilikni ta'minlash usullari tushuniladi.
Kafolat - bu qonun va qonun osti aktlarini amal qilishini ta'minlovchi, fuqarolar xuquqlarini
hamda davlat va jamiyating manfaatlarini tusiklarsiz amalga oshiruvchi ko’rol (usul, yo’l) yoki
shartlardir (sharoitlar).
Yoki kafolat deganda jamiyatning yashashi (mavjud bo’lishi) uchun zarur ob'ektiv shart -
sharoitlarni, yoki barcha sub'ektlar uchun bajarilishi shart bo’lgan xuquq normalarining davlat va
jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan maxsus usullar (ko’rollar) dir.
Karolatning quyidagi turlari ajratiladi :
Do'stlaringiz bilan baham: