55
tartibga solinishi zarur bo’lgan munosabatlarni aniqlash, qonun loyixasini tayyorlash, uni
muxokama etish va qabul qilishni o’z ichiga oladi.
Qonun ijodkorligining quyidagi turlari ajratib ko’rsatiladi:
Vakolatli davlat organlarining xuquq ijodkorligi faoliyati;
Xalkning bevosita referendum orqali xuquq ijodkorligi.
Masalan:
1) O’zbekistonda qonunning parlament tomonidan qabul qilinishi
2) Umumxalk ovoz berish yo’li bilan qonun qabul qilish.
Qonunosti xuquq ijodkorligi. Bunday xollarga, ba'zida davlat
oliy vaqillik organlariga
kirmaydigan davlat organlari tomonidan xuquq normalari qabul qilinadi va xarakatga keltiriladi.
Bunday qonun osti aktlari qonunni qabul qilishni ta'minlash uchun muxim xisoblanadi.
Qonun osti xuquq ijodkorligi sub'ektlariga – Prezident, Xuquqmat boshqa oliy davlat organlari
kirib, ular qonunga binoan yuridik normalar va normativ aktlarni qabul qilish xuquqiga ega. Qonun
osti xuquq ijodkorligining o’ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari mavjud:
Ijobiy tomonlariga – uning tezkorligi, rasmiyatchilikning kamligi, tegishli organlarning
kompitsentligi, xujjat qabul qilinishi bilan bog’liq shart-sharoitlarni yaxshi bilishlari kerak;
Salbiy tomonlari – xuquqiy karorning qabul qilinishi jarayonining yashirinligi,
normativ
aktlarning kupligi qo’llashni kiyinlashtiradi. Ular jamiyat a'zolari tomonidan nazorat qilishni
murakkablashtiradi.
Jamiyatda xuquq normalarining yaratilishi, davlatning ijodkorlik yoki xuquqiy tashabbuskorlik
faoliyati orqali amalga oshiriladi. Davlatning xuquq ijodkorlik faoliyati-bu xuquq normalarini
yaratish, o’zgartirish va bekor qilishga qaratilgan faoliyatidir. Bu faoliyat natijasida yaratgan xuquq
normalari turli normativ xuquqiy xujjatlarda qonun, qaror, farmon,
farmoyish va boshqalarda
ifodalanadi. Normativ xuquqiy xujjatlarni qabul qilish-ya'ni xuquqiy normalarni yaratish quyidagi 2
bosqichdan iborat.
Birinchi bosqich normativ xuquqiy xujjatlarni loyixasini tayyorlash: a)shu xujjatni loyixasini
tayyorlash uchun qaror qabul qilish; b) loyixani tayyorlash; v) loyixani muxokama qilish; g)
loyixaning kamchiliklarini to’zatish; d) loyixani qayta ishlash.
Ikkinchi bosqich- normativ xuquqiy xujjatlarni nashr etish: a)loyixani tashabbuskor davlat
organlariga muxokama qilish uchun kiritish; b)loyixani tashabbuskor
organga muxokama qilish;
v)normativ xuquqiy xujjatlarni qabul qilish; g)uning xalqka e'lon qilish (nashr etish).
Davlatning xuquq ijodkorlik faoliyatida normativ xuquqiy xujjatlarning loyixasini
tayyorlash,xalq o’rtasida muxokama qilish va qabul qilib nashr etish muxim masaladir.
O’zbekistonda bu ish bilan Respublika qonun chiqaruvchi oliy organi Oliy Majlis, davlat boshlhi
Prezident, Vazirlar Maxkamasi va boshqa davlat organlari shugullanadi. Jumladan O’zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining HII chakirik HI sessiyasida 1992yil 8 dekabrdagi Mustaqil
O’zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Shu kuni Oliy Kengash maxsus
qaror bilan
Konstitutsiyani kuchga kiritib, Oliy Kengash Rayosati Respublika qonunlarini
Konstitutsiyaga moslashtirish ishlarini belgilab berdi.
Huquq ijodkorligi jarayoni printsiplapriga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: