56
Xozirgi vaqtda O’zbekiston davlatining xuquq ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda katta
e'tibor berilmokda: 1)O’zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi asosida qonunlarni,
xuquq soxalarini va kodekslarni yangilash; 2)mustaqillik bilan boqlh bo’lgan
qonunlar va boshqa
normativ xuquqiy xujjatlarni qabul qilish va ularni nashr qilish; 3)amaldagi normativ xuquqiy
xujjatlarning bajarilishini ta'minlash; 4)ularning bo’zilishining oldini olish va bo’zilganda
belgilangan jazo choralarini qo’llaish.
Huquqshunos olim Z.Islomov xuquq ijodkorligining turlari quyidagicha ta’riflaydi:
1. Davlat organlarining xuquq yaratish ijodkorligi. Konstitutsiyaga asosan barcha davlat
organlari o’z vakolati doirasida xuquq ijodkorligiga ega bo’lib, ular turli normativ xuquqiy xujjatlar
qabul qiladi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 83-moddasiga asosan Oliy Majlis
qonunlar, qarorlar va boshqa xujjatlar qabul qiladi. Oliy majlisning raisi farmoyishlar chiqaradi.
Vazirlar Maxkamasi qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Maxalliy davlat xokimiyat vaqillik
organlari
joylarda-viloyatlar, tumanlar va shaharlarda(tumanga buysunadigan shaharlardan,
shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashkari) xokimlar boshchilik qiladigan xalq
deputatlari Kengashlari qaror va farmoyishlar, xokimlar esa qarorlar chiqaradi.
2. Jamoat birlashmalarining xuquq yaratish ijodkorligi. Bular ham o’z vakolat doirasida xuquq
ijodkorligiga ega bo’lib, tegishli normativ xuquqiy xujjatlar qabul qiladiyu Masalan, O’zbekiston
Respublikasi
kasaba uyushma federatsiyasi, Respublika yoshlar ittifoqi bilan birgalikda kushma
korxonalar qabul qiladi.
3.Bevosita xalqning xuquq yaratish ijodkorligi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini
9-moddasiga asosan jamiyat va davlat xayotining eng muxim masalalari xalq muxokamasiga taqdim
etiladi, umumiy ovozga qo’yiladi. Buning o’tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi. Referendum
xalqningxuquq yaratish ijodkorligi bo’lib uning natijasida tegishli xuquqiynormalar qabul qilinidi.
O’zbekiistonda keyingi referendumOliy Majlis tashabbusi bilan Prezident I.A.Karimov muddatini
1997 yildan 2000 yilgacha o’zaytirish to’g’risida o’tkazildi. O’zbekiston
xalqi yakdillik bilan bu
tashabbusni qo’llaib ovoz berdi.
Demak, davlatning xuquq ijodkorlik faoliyati muxim bo’lib, unda amaldagi qonunlarni
vaboshqa normativxuquqiy xujjatlarni yangilash, nashr etish, eskiorgan xuquq normalarini bekor
qilish, xuquqdagi kamchiliklarni tuldirib jamiyatda kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy
munosabatlarningtartibga solish uun xizmat ki ladi.
2.Qonun qabul qilish bosqichlari.
Qonunchilik jarayoni xakida batafsil tasavvur xosil qilish uchun
uning mazmunini tashkil
etuvchi bosqichlarni chuko’r taxlil etish kerak.Aksariyat huquqshunos olimlarning va amaliyot
xodimlarining fikriga ko’ra, qonunchilik jarayoni quyidagi bosqichlarlan iborat:
Qonunchilik tashabbusi;
Qonun loyixasini muxokama qilish;
Qonunni qabul qilish;
Qonunni e'lon qilish.
Qonun yaratishdan oldin jamiyatda shunday qonun vujudga kelishiga extiyoj bormi, degan
savolga javob berish lozim. Qonun ishlab chiqishga kirishishdan
avval mavjud ijtimoiy voqelik,
xayot, muammoli vaziyat atroflicha o’rganib chiqiladi.
Shunday qilib, u yoki bu qonunning yaratilishiga bo’lgan extiyojni o’rganish – qonunchilik
jarayonining boshlang’ich nuqtasidir. Qonunchilik faoliyatiga ta'sir etuvchi ijtimoiy omillarni
quyidagi turlarga ajratish mumkin: iqtisodiy, siyosiy-xuquqiy, sotsial-madaniy,
jugrofiy,
demografik, ekologik, milliy, ilmiy-tashkiliy va x.klar
Qonunchilik faoliyatiga ta'sir qiluvchi omillar muayyan mexanizm asosida xarakatlanadi.
Qonunni yaratish jarayoni, ya'ni qonun chiqaruvchi organ doirasida bevosita faoliyat qonunchilik
tashabbusi ruyo bo’lishidan boshlanadi. Qonunchilik tashabbusi xuquqiy muammolari magzini
anglab yetish uchun uning quyidagi muxim jixatlarini puxta mushoxada etish talab qilinadi:
Qonunchilik tashabbusi xuquqi tushunchasi va moxiyati;
57
Qonunchilik tashabbusi amalga oshirilishi natijasida vujudga keladigan xuquqiy munosabatning
mazmuni;
Qonunchilik tashabbusi xuquqning sub'ektlari doirasi hamda ularnin o’ziga xos xususiyatlari va b.
Davlatni xuquq ijodkorlik faoliyatini asosini qonunlarni qabul qilish tashkil qiladi Chunki
qonunlar barcha normativ xujjatlar ichida birinchi o’rinda turadi.Shuning uchun qonunlar maxsus
tartibda qabul qilinadi.
Qonunni qabul qilish jarayoni quyidagi 4 ta bosqichdan iborat:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: