O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
KIMYO O’QITISH METODIKASI KAFEDRASI
5110300- KIMYO O’QITISH METODIKASI TA’LIM YO’NALISHI
ORGANIK KIMYO FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: QISHLOQ XO’JALIGIDA ORGANIK KIMYONING YUTUQLARI
Tayyorladi: Akramova D. A.
Qabul qildi: k.f.n. PhD K.Sh. Hamroyev
Navoiy -2019
MAVZU: DIAZONIY TUZLARINING OLINISHI VA XOSSALARI
Reja:
Kirish
Mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari
Asosiy qism
Diazoniy tuzlari, diazotirlash reaksiyalari
Diazotirlash usullari
Azot chiqishi va diazoniy guruhning almashinishi bilan boradigan reaksiyalar
Azot chiqmasdan boradigan reaksiyalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi, kurs ishining maqsad va vazifalari
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to’g’risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi» va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi Qarorlari asosida respublikamizning akademik litsey va kollejlarida hozirgi zamon talablariga javob beradigan o‘quvchilar va kasb-hunar ta’limi mutaxassislari tayyorlashga imkon yaratildi. Bu qarorlarda o‘quvchilaming milliy, ma’naviy-ma’rifiy o‘zligini anglashi, zamonaviy-iqtisodiy tafakkurini o ‘z faoliyatiga tatbiq eta olishi, elektron-hisoblash mashinalaridan foydalanish usullarini bilishi, fanlarni to liq o ‘zIashtirishi, kasbining fidoyisi bo‘lishligi ta’kidlab o‘tilgan.
Organik kimyoning nazariy asoslarini puxta o ‘rganish, avvalo, bo‘lg‘usi kasb-hunar mutaxassislariga tabiatdagi biokimyoviy jarayonlarni va ulardan olinadigan kimyoviy moddalaming olinish texnologik uslublarini o’zlashtirishga yaqindan yordam beradi.
Hozirgi vaqtda xalq xo’jaligining biron tarmog’i yo‘qki, unga kimyo fani kirib bormagan bo‘lsin. Masalan, xalq xo‘jaligida ishlatilayotgan polietilen quvurlar, plyonkalar, ekinlarning hosildorligini oshirishda qo’llaniladigan organik o’g‘itlar, o‘simliklarni kasalliklardan hamda har xil zararkunandalardan saqlaydigan preparatlar va boshqa kimyoviy moddalaming deyarli hammasi kimyoviy modda — organik birikmalardir. Qishloq va o 'rmon xo‘jaligida yetishtiriladigan mahsulotlar organik birikmalarning asosiy manbayi hisoblanadi.
Organik moddalar kishilarga qadimdan ma'lum, ular organik bo‘yoqlarni (alizarin, purpur, indigo), uzum sharbatini bijg‘itib sirka hosil qilishni, o‘simliklardan shakar hamda moy olishni, yog’larni ishqorlar bilan qaynatib sovun hosil qilishni bilganlar va bu moddalardan foydalanganlar. Ammo uzoq vaqtgacha organik moddalar aralashma holida ishlatilib kelingan. IX asrga kelib arab alkimyogarlari sirkadan sirka kislotani, musallas ichimligidan etil spirtni sof holda ajratib olishga muyassar bo’ldilar. XVI asrda etil spirtiga sulfat kislota bilan ishlov berish natijasid a etil efir olindi. XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlariga kelib organik moddalarni sof holda olish va ularni o‘rganish ancha rivojlandi va «organik kimyo» degan nom o ‘simlik va hayvon a’zolari tarkibiga kiruvchi moddalar kimyosiga taalluqli bo’lsa kerak, deb qarala boshlandi.
Organik kimyo fanining taraqqiyoti, texnikaning va umuman ishlab chiqarishning rivojlanishida hal qiluvchi omil bo‘lib hisoblanadi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari: kurs ishini bajarish davomida quyidagilarni maqsad qilib qo’yilgan:
Kurs ishining rejasini ishlab chiqish.
Qishloq xo’jaligida organic kimyoning yutuqlariga oid adabiyot ma’lumotlari yig’ish.
To’plangan ma’lumotlarni reja asosida tahlil qilish.
Ushbu kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati qismlaridan iborat.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari. Qishloq xo'jaligida yetishtirila- digan jami mahsulotlar organik birikmalarning asosiy manbayi hisoblanadi. O'zbekiston paxtani, xom ipakni, lub ekinlarini, qorako'lni va guruchni yetishtirishda dunyoda yetakchi o'rinlarda turadi. Paxta tolasining 90—92 % ini kletchatka (selluloza) moddasi, donlaming 65—75 % ini kraxmal moddasi, qand lavlagining asosini saxaroza moddalari tashkil etadi. Yetishtirilayotgan poliz ekinlari, bog‘dorchilik mevalari organik kislotalar, uglevodlar, vitaminlar va boshqa organik birikmalarni saqlaydi. Masalan, olm ada olma kislota, limonda limon kislota bilan limonen terpen uglevodorodi, uzumda — glukoza, uzum kislota va boshqa moddalar bor. 0 ‘rmon xo‘jaiigi mahsuloti bolgan daraxtlami yog‘och qismini maydalab quruq haydash natijasida metil spirt (yog‘och spirt), aseton, sirka kislota, fenollar, furfnrol va boshqa organik birikmalar olinadi. 0 ‘rmon atroflarida bitmas-tuganmas boylikka ega bolgan shifobaxsh o‘simliklaro‘sadi. Ulaming bargi, guli, mevasi, urug‘i, po‘stlog‘i va ildizlaridan dori-darm on sifatida foydalanishdan tashqari, u biologik faol organik birikmalar — efir moylari, yog‘lar, oqsillar, uglevodlar, terpenlar, glikozidlar, alkaloidlar, vitaminlar ajratib olinadi. Organik modda manbalariga hayvonot olam i, suv osti o‘simliklari va hayvonlari kiradi. Ulardan oqsillar, vitaminlar, azot va galoidli organik moddalar olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |