Dunyoning biologik resurslari.Yerning biologik resurslarini biologik
“tirik” organizmlar ya’ni o’simlik va hayvonlar tashkil etadi.Tiriklikning asosiy
belgilari organizmlarning nafas olishi, oziqlanishi, o’sishi, rivojlanishi, ko’payishi,
harakatlanishi kabilardir. Yerning o’simlik resurslari (Yer biomassasini 97% ini
tashkil etadi) madaniy va yovvoyi holda o’suvchi o’simliklardan iborat.Hozirda
Yer sharida 500000 ga yaqin o’simlik turi bor, shundan 6000 ga yaqini madaniy
o’simliklar (ya’ni navlar) hisoblanadi.Lekin Yer sharida ko’p tarqalgan qishloq
xo’jalik ekinlari 80-90 turni, eng ko’p tarqalganlari esa 15-20 turni tashkil
qiladi.Ular asosan oziq-ovqat va sanoat uchun xom-ashyo ekinlari hisoblanadi.
Yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar orasida o’rmon resurslarini hosil qiluvchi
o’rmon o’simliklari ko’pchilikni tashkil etadi.O’simlik resurslari ham hayvon
resurslari singari tugaydigan, lekin tiklanadigan resurslari hisoblanadi.Ulardan
turli xil maqsadlarda foydalaniladi.Masalan: o’rmondan qurilishdan tashqari,
smola, skipidar, boyoqlar, lak ekstraktlar, yelim, mebel, sellyuloza, qog’oz, spirt va
h.k lar olinadi.
Jahon o’rmon resurslari 2ta ko’rsatkich bilan ifodalanadi:
1.Egallagan maydoni (jahondagi barcha o’rmonzorlar 4,2 mlrd ga ni tashkil
etadi yoki 40 mln.km
2
ya’ni jahon yer fondini 30 foizini tashkil etadi).
2.Yog’och zaxirasi bilan (jami yog’och zaxirasi 350mlrd m
3
).
Doim o’sib turganligi sababli yog’och zaxirasi har yili 5,5 mlrd m
3
ko’payadi.Shunday ekan, kelajakda yog’och muammosi bo’lmaydigandek
tuyuladi.Aslida unday emas.Chunki yog’och qadimdan qurilish va ishlov berish
36
materiali sifatida foydalanib kelingan va hozirda ham ahamiyatini yo’qotgani
yo’q.Chunki yog’ochdan X1X-asrning o’rtalarida 4,5-5 ming xil mahsulot olingan
bo’lsa, hozirda 20 ming xil mahsulot ishlanadi.Hozirgi vaqtda ham yog’ochga
talab doimiy oshib bormoqda. Dehqonchilik paydo bo’lgan neolit davridan boshlab
minglab yillar davomida o’rmonlar ekin ekish uchun yo’qotib borildi.Ayniqsa
keyingi 200yil davomida quruqlikdagi o’rmonlar maydoni 2 barobarga kamaydi va
u havfli tus oldi.
Tuproq erroziyasi va atmosferada O
2
ni kamayishi o’rmonlarni yo’qolishi
bilan bog’liqdir.Masalan: dunyoda o’rmonlar maydoni har yili kam deganda 25mln
ga.ga yoki 0,5 foizga qisqarmoqda. Dunyoda tayyorlanadigan yog’och miqdori
2000 - yilda 4,5 - 5mlrd m
3
ni tashkil etdi.Bu esa yillik paydo bo’ladigan yog’och
zaxirasi to’liq foydalaniladi degan so’z. Dunyodagi o’rmonlar juda katta masofaga
cho’zilgan.Ular shimoliy va janubiy mintaqalardir.Shimoliy o’rmon mintaqasi
mo’’tadil va qisman subtropik iqlim mintaqasida joylashgan.Dunyodagi butun
o’rmon maydonining yarmi va yog’och zaxirasining deyarli yarmi shu mintaqaga
to’g’ri keladi. Asosiy o’rmon kesish ishlari, ayniqsa, yog’ochi yaxshi sifatli igna
bargli daraxtlarni kesish shu mintaqada olib boriladi. Daraxt kesish jadal olib
borilayotganligiga qaramay o’rmonlarni tiklash va daraxt ekish ishlari tufayli
AQSH, Kanada, Finlyandiya, Shvesiya kabi mamlakatlarda va umuman shimoliy
o’rmon mintaqasida o’rmonlar maydoni kamayayotgani yo’q.Biroq Rossiyada
daraxtni kesish uni ekishga qaraganda ko’proq bo’lyapti.
Janubiy o’rmon mintaqasi asosan tropik va ekvatorial iqlim mintaqalarida
joylashgan.Dunyodagi o’rmon maydonining deyarli yarmi shu mintaqada
joylashgan.Ilgari yog’ochdan faqat o’tin sifatida foydalanilgan bo’lsa, keyingi
vaqtlarda Yaponiya, AQSH va G’arbiy Evropa mamlakatlariga eksport qilish ko’p
marotaba oshdi.Janubiy mintaqa o’rmonlariga bir necha yuz yillar davomida
o’rmonni yoqib er ochish va ekstensiv yaylov chorvachiligi katta zarar
etkazdi.Masalan: sernam doimiy yashil tropik o’rmonlar hozir ham 1mlrd.dan ortiq
maydonni
egallagan,
ularning
yarmidan
ortig’i
Lotin
Amerikasida
37
joylashgan.Biroq hozirda Lotin Amerikasi va Osiyo shunday o’rmonlarning 40
foizini, Afrika 50 foizini yo’qotdi. Ayrim mutahassislarning fikriga ko’ra bu
o’rmonlar XX1-asrning o’rtalariga borib to’liq yo’q bo’ladi. Tropik o’rmonlarni
saqlash yuzasidan BMT rahbarligida katta ishlar amalga oshirilmoqda.Lekin
hozircha u kutilgan natija bergani yo’q.
Jahonda o’rmonlar ulushi materiklar va regionlar boyicha quyidagicha
taqsimlangan: (foiz hisobida 2008-yil)
1. Janubiy Amerikada - 52%
2. MDH da - 37 %
3. Yevropada - 31 %
4. Shimoliy Amerikada - 31 %
5. Afrikada - 26 %
6. Avstraliya va Okeaniyada - 18 %.
7. Osiyoda - 17 %
Do'stlaringiz bilan baham: |