Foydali qazilmalar ayrim turlarini umumjahon zahirasi
Foydali qazilmalar O`lchov birligi
Umumiy geologik
zahirasi
Shu
jumladan,
tekshirilgan
zahirasi
1. Ko`mir
2. Neft
3. Tabiiy gaz
4. Temir rudasi
mlrd t
mlrd t
trln m.kub
mlrd t
14800
400
320
400
1200
150
185
1500
Nihoyat uchinchidan, insoniyatning “ishtahasi” to`xtovsiz oshib boradi.
Sizga ma`lumki, yer po`stida foydali qazilmalarning joylashishi geologik
qonuniyatlarga bo`ysunadi. Yoqilg`i foydali qazilmalari kelib chiqishiga ko`ra
cho`kindi bo`lib qadimgi platformalarning ustini qoplagan jinslar orasida hamda
ichki va chekkadagi bukilma botiqlarga joylshgan bo`ladi.
27
Yer kurrasida 3,6 mingdan ortiq ko`mir xavzalari va konlar bo`lib, ular
birgalikda quruqlik maydonining 15 foizini tashkil etadi. Bir xil geologik yoshga
ega bo`lgan ko`mir xavzalari ko`pincha minglab km ga cho`zilib ketgan ko`mirli
mintaqalarni hosil qiladi. Asosiy ko`mir zahiralari Osiyo, Shimoliy Amerika va
Yevropada bo`lib, o`nta yirik havzaga to`langan.Yer yuzida ko`mir zahirasi neft
zahiralariga qaraganda ancha ko`p. Bu zahiralar 15-16 trln. tonnaga mo`ljallangan.
Ko`mir zahiralari va uni qazib chiqarish jihatdan rivojlangan mamlakatlar ajralib
turadi. Qazib chiqarilayotgan ko`mirning deyarli 90 foizi yana shu mamlakatlarga
to`g`ri keladi. Lekin ko`mir qazib chiqarishda bu mamlakatlar keyingi yillarda
rivojlanishga erishgani yo`q (AQSH, Angliya, Germaniya, Fransiya ). Urushdan
keyingi yillarda ko`mir qazib chiqarish geografiyasi o`zgardi.Toshko`mirning eng
ko`p miqdori MDH va XXR, Polpsha, qo`ng`ir ko`mir esa Germaniyada va MDH
da qazib chiqarilmoqda.
Olti yuzdan ortiq neft gazli xavzalar o`rganilgan. Ulardan 450 sida neft gaz
qazib olinadi. Konlarning umumiy soni 35 mingtaga yetadi. Ularning asosiy
zaxiralari Shimoliy yarim sharda bo`lib, mezozoy yotqiziqlari orasida joylashgan.
Neft gaz zahiralarning asosiy qismi uncha ko`p bo`lmagan eng yirik havzalarda
to`plangan. Neftning butun jahondagi zaxirasi 300-400 mlrd t. deb belgilangan.
Tekshirilgan zahirasi 60-70 mlrd t. Ayniqsa, Rossiyada Yaqin va O`rta Sharqda
joylashgan. Dunyo neft qazib chiqarish sanoatining joylashuviga xos xususiyatlari
shundan iboratki, butun qazib olinayotgan neftning deyarli asosiy qismi shu
mamlakatlar
hisoblanadi.
Rivojlangan
mamlakatlardan
faqat
ASH
va
Kanadadagidan ko`p miqdorda neft qazib chiqariladi. G`arbiy Yefropa va
Yaponiya neftni import qilishga ayniqsa qaram. Bu mamlakatlar o`zlarida qazib
chiqarilayotgan neft bilan o`z ehtiyojlarini o`zida oz qisminigina qondira oladi.
Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlari qazib chiqarilayotgan neftni G`rbiy
Yevropaga eksport qiladi. Rivojlangan mamlakatlar neft sanoatida Amerikaning
“standart oil” va Angliya Gollandiyaning “Royyal datch-Shell” kabi yirik
28
monopoliyalari hukmronlik qilmoqda. Amerika monopoliyalari dunyoda qazib
chiqarilayotgan neftni deyarli 65 foizini nazorat qiladi.
Gaz sanoati ikkinichi jahon urushiga qadar faqat AQSHda rivojlagan edi.
Keyingi vaqtlarda u MDH, Ruminiya, Kanada, Fransiya, Italiya , Niderlandiyada
jadal o`smoqda. Katta-katta gaz boyliklariga ega bo`lgan rivojlanib kelayotgan
mamlakatlarda gazdan deyarli foydalanilmaydi. Faqat keyingi yillardagina neft
monopliyalari shimoliy Afrika hamda Yaqin va O`rta Sharqning gaz resurslariga
qiziqib qoldilar. Maxsus kemalar hozirgi kunda suyiltirilgan gazni Jazoirdan
G`arbiy Yevropaga yetkazib bermoqdalar.
Rudali foydali qazilmalar qadimgi platformalarning zaminida va ularning
yer yuziga chiqqan qismlarida, shuningdek, burmalangan o`lkalarda joylashgan.
Rudali foydali qazilmalar ko`pincha juda katta rudali mintaqalarni hosil iladi va
ular hosil bo`lishiga ko`ra yer po`stining chuqur yoriqlariga bog`liq. Bunday
mintaqalar hududi tog`-kon sanoati uchun xom-shyo bazasi bo`ladi va ayrim
o`lkalar va hatto butun mamlakatlarni xo`jalik ixtisosini belgilaydi. Hozirgi paytda
foydali qazilmalarni qidirish ikki yo`nalishda ham chuqurga, ham eniga tomon olib
borilmoqda. Chuqurga tomon yo`nalish yer po`stini yuza qavatlaridagi ko`pchilik
konlar qazib olib bo`lingan xorijiy Yevropa, Rossiyaning Yevropa qismi, Ukraina,
AQSH uchun xosdir. Bunday konlarda qazilmalarning qazib olishning tog`
geologik sharoiti yomonlashyapti, konlar chuqurlashib boryapti.
Eniga tomon yo`nalish Rossiyaning Osiyo qismida, Kanada, Avstraliya,
Braziliyanda keng tarqalgan. Bu joylarda konlarni qazib olish nisbatan yaqinda
boshlangan. Qazib olishning tog` geologik sharoiti bu joylarda odatda ancha
qulay, konlar unchalik chuqur emas.
G`arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikaning ko`pgina mamlakatlarida temir
rudalarining katta zahiralari bor.
29
Rangdor metallurgiya sanoati va qazib olish mustamlakachilik davridaq
rivoj topgan edi. Chunonchi, Malayziyada qalay eritish, Zair respublikasida va
Zambiyada mis eritish rivojlangan.
Rudali foydali qazilmalar platformalar zaminida va qalqonlarida ko`p
uchraydi. Alp-Ximolay-Tinch okean halqasida bu resurslar ko`pchilikni tashkil
qiladi. Temir rudasi Rossiya, AQSH, Xitoy, Hindiston, alyuminiy Fransiya,Italiya
Hindiston, Surinam, G`arbiy Afrika mamlakatlarida, mis rudasi Zambiya, Zoir,
Chili, AQSH, Karib havzasi mamlakatlarida, Kanada va Avstraliyada
to`plangandir. Kimyoviy xom-ashyolardan oltingugurt, fosfat, kaliy tuzi, qurilish
xos ashyolaridan marmar, o`tga chidamli tosh, mergal, grafit, muhim ahamiyatga
ega.Mineral resurslarni tugab qolishini oldini olish uchun bugungi kunda bir
qancha dasturlar ishlab chiqilgan. Ulardan:
1. Qazib olishda kompleks o`zlashtirish.
2. Mineral resurslarni ikkilamchi marta ishlatish kabilarni ahamiyati katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |