1.3.Yer, suv resurslari va ulardan foydalanish muammolari.
Insoniyatning yer resurslari bilan ta`minlanganlik darajasi jahon yer
resurslari bilan belgilanadi. Jahon yer resurslari 13,4 mlrd gektarni tashkil etadi.
Ishlov beriladigan yerlar eng qimmatbaho yer hisoblanadi, bunday yerlar
insoniyatga zarur bo`lgan oziq-ovqat mahsulotlarining 88 foizini beradi.O`tloq va
yaylov yerlarning ham ahamiyati katta. Ular insoniyat istemol qiladigan oziq-
ovqatning 10 foizini beradi.Biroq sayyoramiz yer fondining tarkibi o`zgarib turadi.
Yer fondi tarkibiga bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan ikki jarayon to`xtovsiz ta`sir
ko`rsatadi.
Bir tomondan insoniyat minglab yillar davomida yashash va qishloq
xo`jaligida foydalanishga qulay bo`lgan yerlarni kengaytirish uchun zo`r berib
kurashib keladi. Bunda qo`riq yerlarni katta ko`lamda o`zlashtirilganligi jihatidan
Rossiya, Qozog`iston, AQSH, Kanada, Xitoy, Braziliya alohida ajralib turadi.
30
Lekin yeri kichik, aholisi zich o`rnashgan mamlakatlar dengizlarning qirg`oq
bo`yi qismlarini jadal o`zlashtiryapti.
Ikkinchi tomondan yerlar to`xtovsiz oriqlab boryapti. Yerlarning
botqoqlanishi va sho`r bosishi natijasida 1,5 mln gektar yer ishdan chiqyapti.
Shaharlar o`sib borgan sari turar joy, sanoat va transport qurilishlari ham qishloq
xo`jaligi yerlariga tobora jadal kirib bormoqda. Jahonning qurg`oqchil o`lkalarida
sodir bo`layotgan cho`llashish jarayoni qishloq xo`jaligi yerlarini kamaytirib
boryapti.
Cho`llashish hozirning o`zidayoq 900 mln gektarni “yutib” yubordi. Va yana
o`nlab, mamlakatlarda xavf solyapti. Sahroi Kabir, Atakama, Namib va boshqa
cho`llar kengayib boryapti. Olimlarning hisoblariga qaraganda, kelgusi 30 yil
davomida G`arbiy Yevropaning yarmiga teng keladigan yerlari ishdan chiqayapdi.
Bu jarayonlar natijasida yerga tushayotgan tazyiq to`xtovsiz ortib boryapti, yer
resurslari bilan taominlanganlik darajasi esa kamib ketayapti.
Noosfera - aql zakovati sferasi odamlarning xo`jalik faoliyati geografik
muhitga tabiatning o`zida ro`y beruvchi geologik jarayonlardan kam ta`sir
ko`rsatyapti, deb yozgan edi Vernadskiy (1863-1905). O`shandan beri jamiyat
bilan tabiat o`rtasidagi “moda almashinuvi” ko`plab marta o`sib, global
miqyoslarga yetdi, biroq tabiatni “zabt etar” ekanlar, odamlar o`z hayot
faoliyatlarining asosiga juda katta zarar yetkazdilar. Atrof-muhit holati
yomonlashdi. Bu holatni tasvirlab fransuz okeanshunosi Jak Iv Kusto “ilgari tabiat
insonni qo`rqitar edi, endi inson tabiatni qo`rqitmoqda” deb yozgan edi. Yer
yuzining qancha mamlakat va rayonlarida ekologik vaziyat juda taranglashib ketib
ekologik tanazzul darajasiga yetdi. Hozirgi vaqtda bu muammoni yechish uchun
tobora ko`p davlatlar o`z kuch va imkoniyatlarini birlashtirmoqdalar.
Suv resurslari, chuchuk suv maummosi. Yaqindagina suv ham havo kabi
tabiatning tekin inomlaridan biri hisoblanar edi. Faqat obikor dehqonchilik
joylardagina suv hamma vaqt yuqori baholanib kelingan. Keyingi vaqtlarda
31
quruqlikdagi suv resurslariga munosabat o`zgardi. Bunga sabab shuki, chuchuk
suv resurslari gidrosfera umumiy hajmining 2,5 foizini tashkil etadi. Buning ustiga,
chuchuk suvning asosiy qismi Antarktida, Grenlandiya muzliklariga, Arktika
muzlari, tog` muzliklariga jamlab qo`yilgan, hozircha ulardan amalda foydalanib
bo`lmaydi.
Muammo shundaki, insoniyatning chuchuk suvga bo`lgan ehtiyojini
ta`minlaydigan manba daryolar bo`lib uning miqdori bor-o`g`i 47 ming km.kubga
teng. Chuchuk suvni ishlatish tobora ortib bormoqda, 2000 yilga borib yiliga 5
ming km.kubdan oshib ketdi. 1980 yilda 3,5 ming km.kub edi. Shu bilan birga suv
eng ko`p qishloq xo`jaligida sarf bo`ladi. Qishloq xo`jaligida ayniqsa obikor
dehqonchilikda ishlatilgan suv resurslari asosiy o`rniga qaytmaydi. Daryolar suv
resurslari o`zgarmagan holda suvdan foydalanishning bunday o`sib borish
tanqisligi yuzaga kelishi xavfini vujudga keltiradi.
Yer yuzida chuchuk suv notekis taqsimlangan. Ekvatorial mintaqa va
mo`tadilning shimoliy qismida chuchuk suv yetarli va hatto ortiqcha ham. Bu
joylarda suvga eng serob mamlakatlar joylashgan. Ularda aholi jon boshiga yiliga
25000 km.kubdan ortiq suv to`g`ri keladi. Quruqlikning 1/3 qismini tashkil etgan
qurg`oqchil mintaqalarida suv tanqisligi juda keskin seziladi. Bu yerda suvga
kambag`al mamlakatlar joylashgan. Ulardan kishi boshiga 5 ming m.kubdan kam
suv to`g`ri keladi. Insoniyatning suv muammosini yechishning bir necha yo`llari
mavjud. Bu yo`llardan asosiysi aftidan ishlab chiqarish jarayonlarining suvga
nisbatan talabini kamaytirish va suv isrofgarchiligini qisartirishdir. Daryolar
oqimini boshqaradigan suv omborlarini qurish katta ahamiyati kasb etadi. Jahonda
hammasi bo`lib, umumiy suv hajmi 6,5 ming km.kub bo`lgan 30 mingdan ortiq
suv ombori bunyod etilgan. Bunga suv yer kurrasi daryolarida bir vaqtda mavjud
bo`lgan 3,5 barobar ko`pdir. Bu suv omborlarining umumiy maydoni 400 ming
km.kv dan ortiq yoki Azov dengizi maydonidan 10 barobar katta. Katta suv
omborlarining ko`pligi bilan AQSH va Rossiya alohida ajralib turadi.
32
AQSH, Kanada, Avstraliya, Hindiston, Xitoy, Misr va MDHga kirgan
mamlakatlarda suvni hududlarda katta taqsimlash ishlari amalga oshirilgan. Biroq
keyingi paytlarda bir daryo xavzasidan boshqa daryo xavzasiga oqizish yuzasidan
tuzilgan yirik loyihalar iqtisodiy va tabiiy muhofazasi mulohazalari sababli bekor
qilindi. Fors qo`ltig`i, O`rta dengiz bo`ylaridagi mamlakatlarda, Turkmanistonda,
Kaspiy dengizida, AQSHning janubida, Yaponiyada, Karip dengizi orollarida
dengiz suvini chuchitish amlga oshirilyapti, dunyo bo`yicha Quvaytda eng ko`p
suv chuchitiladi. Chuchuk suv endilikda jahon bozorida sotiladigan tovarga aylanib
qoldi. Chuchuk suv dengiz kemalarida tashiladi. Uzoqqa cho`zilgan quvurlar orqali
yuboriladi.
Ma`lumki, daryo suvidan elektr energiya olishda foydalaniladi. Jahonning
foydalanish mumkin bo`lgan gidroenergetika zaxirasi 10 trln kvt.st elektr-
energiyasi olish mumkin deb hisoblanadi. Bu gidroenergetika zahirasining 1/2
qismiga yaqini, 6 ta mamlakatga to`g`ri keladi. Bular: Xitoy, Rossiya, AQSH, Zair,
Kanada, Barziliya.
Do'stlaringiz bilan baham: |