Dunyo iqlimiy va rekreasion resurslari.Agroiqlim resurslari atmosfera havo
sining aktiv (+10
0
S) haroratlari yig’indisiga qarab baholanadi. Agroiqlimiy
resurslarning taqsimlanishiga kenglik zonalligi va vertikal mintaqalanish xal
qiluvchi ta’sir qiladi.Agroiqlim resurslari-Yer sharida issiqlik, yorug’lik va
namlikning taqsimlanishiga bog’liq.Agroiqlim resurslaridan issiqlik alohida o’rin
tutadi. Issiqlik va yorug’lik ekvatordan har ikkala qutb tomon kamaya boradi.
Natijada yer sharida 7 ta agroiqlim mintaqasi shakllangan. Ulardan tropik
mintaqadan tashqari qolgan 3 ta mintaqa 2 martadan takrorlanadi.
1. Tropik mintaqa. Afrika eng issiq materik bo’lib, chekka shimoliy, chekka
janubiy va baland tog’li qismlaridan qolgan barcha qismlarida 1sm.kv. joyga 8000
0
dan ortiq issiqlik tushadi, sovuq oyning o’rtacha haroratlar yig’indisi +15
0
dan
yuqori. Bu joylar tropik mintaqaga mansub bo’lib, dunyoda tropik kengliklar
oraliqlari (Amazoniya past tekisligi, Markaziy Afrika, Arabiston, Hindiston,
Hindixitoy yarim orollari, Malayya arxipelagi va Avstraliyaning shimoli) kiradi.
38
Bu mintaqada issiqsevar qisqa kunli o’simliklar o’sadi. Ekvator atrofida kunning
uzunligi har doim 12 soat, shimoliy va janubiy tropiklarda esa 13 soatu 13 minut.
Vegetasiya davri uzluksiz davom etadi.
2. Subtropik mintaqa tropik mintaqadan shimolda va janubda tarqalgan bo’lib,
bu mintaqaga Afrikaning chekka shimoli va janubi, Janubiy Amerikaning
janubi,Meksikaning shimoli-AQShning janubi, Evropaning O’rta Dengiz boylari,
O’rta Sharq, O’rta Osiyo, Taklamakon cho’li, Sharqiy Xitoy, Avstraliyaning janubi
kiradi.Subtropik mintaqaga odatda Shimoliy va janubiy tropik chizig’idan
shimoldagi va janubdagi hududlar kiradi. Bu mintaqada haroratlar yig’indisi 4000-
8000
0
ga to’g’ri keladi. Yillik sovuq oyning o’rtacha tempratura yig’indisi +5
0
+15
0
. Issiqsevar o’simliklar etishtiriladi. Vegetasiya davri uzoq 210-310 kun.
Kunning uzunligi 13,30-15,30 soat.
3. Mo’’tadil mintaqa katta maydonlarni egallaganligi sababli 2 mintaqachaga:
mo’’tadil mintaqacha va sovuq- mo’’tadil mintaqachaga bo’linadi. Mo’’tadil
mintaqa asosan shimoliy yarim sharda joylashgan.
1). Mo’’tadil mintaqachaga AQSH ning shimoli – Kanadaning janubi, butun
O’rta Yevropa, Belorus, Ukraina, Volga boyi, Kavkaz, Qozog’iston, Xitoyning
markazi va shimoliy qismi, Koreya yarim oroli, Yaponiyaning shimoli kiradi. Bu
mintaqada yilning sovuq oyining o’rtacha temperaturasi-10
0
S .Yillik haroratlar
yig’indisi 1 sm
2
joyga 2200-4000
0
ni tashkil etadi. Kunning uzunligi 16-17 soat. Bu
mintaqachada kunning uzunligi o’rtacha va uzun bo’lgan o’simliklar (bug’doy,
makka, qand lavlagi, kungaboqar, janubida esa paxta, eryong’oq, uzum)
etishtiriladi.
2).Mo’’tadil mintaqacha shimolida 65
0
shimoliy kenglikkacha sovuq mo’’tadil
mintaqacha egallagan. Bu mintaqachaga Kanadaning katta qismi, Shimoliy
Evropa, Rossiyaning katta qismi kiradi. Yilning sovuq oyining o’rtacha
temperaturasi yig’indisi -25
0
gacha. Yillik temperatura yig’indisi 1000-2200
0
.
Kunning uzunligi 19-23 soatgacha. Bu mintaqachada uzun kunli o’simliklar zig’ir,
39
kartoshka, malina,chereshnika, brusnika o’sadi. Bu mintaqachaning barcha
qismlarida namlik koeffisienti 1 dan ortiq.
4. Sovuq mintaqaga 60
0
shimoliy kenglikdan shimoli ayrim joylarda
50
0
shimoliy kenglikdan shimoli (Labrador yarim orolida) asosan shimoliy qutb
doirasidagi hududlar kiradi. Bu mintaqaning janubida havo temperaturasining
yig’indisi400-1000
0
shimolida esa 400
0
ni tashkil etadi. Eng sovuq oyning o’rtacha
temperaturasi -25
0
dan -40
0
gacha. Vegetasiya davri 1-1,5 oy. “Oq tunlar” bo’ladi.
Namlik koeffisienti 1 dan yuqori bo’lgan hududlarga Amazoniya, Kongo, Gang-
Braxmaputra havzasi, Janubi-Sharqiy Osiyo, Madagaskar, shuningdek sovuq
mo’’tadil mintaqacha kiradi. Cho’l, chalacho’l va baland tog’li territoriyalarda
namlik koeffisienti 1 dan kam. Namlik koeffisienti yog’in va parlanish orasidagi
nisbatdan kelib chiqadi. Masalan:
Yog’in 500 mm-bug’lanish 500 mm namlik koeffisienti =1 (yetarli).
Yog’in 500 mm- bug’lanish 400 mm namlik koeffisienti = 1,2(ortiqcha).
Yog’in 500mm-bug’lanish 600 mm namlik koeffisienti = 0,8 (kam).
Quyosh – kosmik resurslar – kelajak resursidir. Quyosh- yirik termoyadro reaktori,
Yerdagi butun hayotning manbai, butun energetika resurslarining manbaidir.
Quyoshning atrofida temperatura +6000
0
, markazida esa +20mln
0
S. Quyosh
energiyasi bitmas tuganmas boylikdir.Quyoshda H
2
ning geliyga aylanishi
natijasida radiasiya ajralib chiqadi. Quyosh nuri erga 8,5 minutda etib keladi.
Quyosh diametri Er diametridan109 marta katta. Quyosh energiyasining
1
/
10
qismi
ishga solinsa 30 000 ta Dnepro GES beradigan energiyani beradi.Faqat Toshkent
shahriga 1 yilda tushadigan quyosh energiyasi 37 mln tonna ko’mir energiyasiga
teng. Rekreasion resurslar – bu dam olish va turizm resurslaridir. “Rekrasiya”
so’zi lotincha “tiklanish” bo’lib, dam olishning, kishining ma’naviy va jismoniy
kuchlarini tiklaydi. Rekreasion resurslar istirohat, turizm va shifolanish
maqsadlarida bo’ladi. Ular 2 xil bo’ladi:
40
1.Tabiiy rekreasion resurslarga: dengiz sohillari (Qrim, Sochi), daryo boylari
(Niagara, Ganga), o’rmonlar, tog’li rayonlar (Alp tog’lari, Shohimardon) kabilar
kiradi.
2- Madaniy-tarixiy rekreasion resurslar bo’lib, bularga tarixiy, arxeologik,
me’morchilik, san’at yodgorliklari kiradi. Masalan: VDNH, Kreml, Ermitaj, Rim,
Akripol, Misr ehromlari, Toj Mahal, Xiva, Paleontologiya muzeyi (Moskva),
Buyuk Xitoy devori, Vavilon, Sherdor, Go’ri Amir, Oqsaroy va h.k.Xalqaro
turizmdan tushadigan daromadning 14 foizi AQSH ga, 6 foizi Ispaniyaga, 6 foizi
Fransiyaga, 6 foizi Italiyaga, 4 foizi Buyuk Britaniyaga, 3 foizi Avstriyaga, 61
foizi boshqa davlatlar hissasiga to’g’ri keladi (2005 y).
Do'stlaringiz bilan baham: |