Karbonsuvlar (uglevodlar). Hujayrada bu birikmalar asosan energiya manbai sifatida ishlatiladi. Oddiy va murakkab karbonsuvlar farklanadi. Oddiy karbonsuvlar monosaxaridlar – riboza, dezoksiriboza. Glyukoza asosiy energiya manbai bo‘lib, uning oksidlanishi natijasida hosil bo‘lgan energiya hujayradagi sintetik protsesslarda ishlatiladi. Murakkab karbonsuvlar – polisaxaridlar bir necha monosaxaridlardan hosil bo‘ladi. Keng tarqalgan murakkab karbonsuv glikogen deb ataladi. Glikogen sitoilazmada zapas energetik modda hisoblanadi.
Murakkab karbonsuvlar gruppasiga kiruvchi glikozaminoglikanlar biriktiruvchi to‘qimaning hujayra oraliq moddasini, organizmdagi bezlar sekretining asosiy qismini tashkil qiladi. Glikozamiioglikanlarga geparin, gialuron kislota va xondriotin sulfat kislota kiradi.
Suv va anorganik tuzlar. Hujayraning hayot kechirishi uchun suv va unda erigan tuzlar va boshqalarniig bo‘lishi shart. Suv va tuzlar sitoplazmaning fizik-ximiyaviy xususiyatlarini, ya’ni osmotik bosimni va ionli muhitning muqarrarligi va boshqalarni belgilaydi. Suv molekulasi dipol tuzilishga ega bo‘lib, boshqa molekulalar bilan tezda birikmalar hosil qiladi. Bu birikmalar hosil qilgan muhitda esa, sitoplazma va yadroda bo‘ladigan hamma murakkab ximiyaviy reaksiyalar kechadi.
Hujayrada suvning miqdori kishi ulg‘ayishi bilan kamayadi. Bu esa modda almashinuvining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Yadro va sitoplazmada bo‘lgan moddalarning ko‘p qismi suvda eriydi. Suv oksidlanish va gidroliz kabi muhim jarayonlarda ishtirok etadi.
SEMENAR 9.
Mavzu: Hijayrada kechadigan jarayonlarning fizik va kimyoviy qonunlarga bo`ysinishi.
Darsning maqsadi: Hijayrada kechadigan jarayonlarning fizik va kimyoviy qonunlarga bo`ysinishi qonuniyatlarini o`rganish.
Kerakli jihozlar: SEMENAR ishlanmasi, jadvali, slaydlar, plakatlar.
Asosiy ma’lumotlar:
Hujayraning fizik-ximiyaviy xossalari. Hujayra kolloid sistema bo‘lib, suv va unda muallaq suzib yuruvchi 1 dan 150 nm kattalikdagi moddalardan (dispers faza) tashkil topgan.
Kolloid moddalar doimiy harakat qilib turadi. Ular bir xildagi elektrik zaryad tutganligi uchun cho‘kmaga tushmaydi. Ammo fiksatorlar ta’sirida ular o‘zaro yopishib cho‘kma hosil qiladi. Bu jarayon koagulyatsiya deyilib, ko‘pincha orqaga qaytmaydi.
Gidrofil kolloidlarda kolloid modda atrofida suv qavat bo‘lib, uni erituvchi moddaning solvat qobig‘i deb nomlanadi (tayoqchasimon jismlar uch qismlari atrofida solvat qobiq yo‘q). Elektrik zaryad yo‘qolganda mayda kolloid (zol) qismlar uzaro birlashib to‘rsimon tuzilmani hosil qiladi. Zol holatidan gel holatiga o‘tishni jelatina moddasining qotishi misolida ko‘rishimiz mumkin. Tirik hujayrada kolloid sistema doimo zoldan gelga va geldan zolga o‘tib turadi. Sun’iy yo‘l bilan bu holatni hujayraga turli xilda ta’sir qilish davomida (mexanik, ximik) kuzatish mumkin. Agar amyoba orqali elektr toki o‘tkazilganda uning sitoplazmasi yopishqoqlashsa, Broun, harakati keskin sekinlashadi. Elektr toki o‘tkazish to‘xtatilganda esa sitoplazma yana o‘z holiga qaytadi. Shunday qilib, hujayra murakkab ximiyaviy tuzilishga, fizik-ximiyaviy xususiyatlarga ega. Hujayra tarkibidagi moddalar doimiy harakatda bo‘lib, bu harakat uning modda almashinuvi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |