I
|
MA`RUZA MAVZULARI
|
|
1
|
Biologiya fanining maqsad va vazifalari, ilmiy tadqiqot metodlari, tarmoqlari,muammolari va ahamiyati.
|
|
2
|
Biologiyani rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar.
|
|
3
|
Tirik organizmlar va ularning o'ziga xos xususiyatlari
|
|
4
|
Modda almashinuv tirik sistemalarning asosiy xususiyati sifatida. Assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlariningo 'zaro bog'liqligi.
|
|
5
|
Viruslar, ularning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati.
|
|
6
|
Hujayra evolyutsiyasi to’g’risidagi qarashlar.
|
|
7
|
Hujayra xillari va farqlari.
|
|
8
|
Hujayra biologiyasi asoslari.
|
|
9
|
Hujayrada uchraydigan anorganik va organik moddalar. Hujayra jarayonlarining fizik-kimyoviy qonunlarga buysunishi.
|
|
10
|
Hujayraning ko’payishi: mitoz va meyoz unda ro'y beradigan ja rayonlar va uning biologik ahamiyati.
|
|
11
|
Jinsiy hujayralarning hosil bo'lishi - gametogenez.
|
|
12
|
Jinssiz va jinsiy ko'payish. Urug'lantirish.
|
|
13
|
Ontogenez haqida tushuncha. Hayvonlarning embrional rivojlanishi.
|
|
14
|
Gastrulyatsiya va uning rivojlanish bosqichlari,embriogenez jarayonining xususiyatlari.
|
|
15
|
Ontogenez va filogenezning o’zaro munosabati. A.N.Severtsoving filoembriogenez haqidagi qonuni.K.Ber qonuni. Deviatsiya va arxallaksis
|
|
II
|
SEMENAR MASHG`ULOTLARI MAVZULARI
|
|
1
|
Biologiya fani rivojlanishining kontseptual asoslari va uning tasnifi.
|
|
2
|
Biologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari, muammolari, ahamiyati.
|
|
3
|
Hayotning tuzilish darajalari, tirik organizmlar tuzilishining kosnsepual asoslari.
|
|
4
|
Modda va energiya almashinuvining konseptual asoslari.
|
|
5
|
Hujayra evolyutsiyasining kontseptual asoslari.
|
|
6
|
Prokariot va eukariot hujayralarning konstseptual asoslari.
|
|
7
|
Hujayra biologiyasi asoslari
|
|
8
|
Hujayralar kiymyoviy tarkibining kontseptual asoslari.
|
|
9
|
Hujayradagi kimyoviy va anorganik moddalar.
|
|
10
|
Hijayrada kechadigan jarayonlarning fizik va kimyoviy qonunlarga bo`ysinishi.
|
|
11
|
Hujayraning ko`payishi.
|
|
12
|
Jinsiy hujayralarning hosil bo`lishi.
|
|
13
|
Gametognez, jinsiz va jinsiy ko`payish. Qo`sh urug`lanish.
|
|
14
|
Ontogenezning konseptual asoslari.
|
|
15
|
Hayvonlarning embrional rivojlanishi. Insonning embrional rivojlanish xususiyatlari.
|
|
|
IV
|
BIOLOGIYANING KONTSEPTUAL ASOSLARI FANIDAN MUSTAQIL TA`LIM MAVZULARI
|
|
V
|
GLLORIY
|
|
VI
|
ILOVALAR
|
|
1
|
fan dasturi
|
|
2
|
ishchi o`quv dasturi
|
|
3
|
Testlar va variant savollari
|
|
VI
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYXATI
|
|
VII
|
BIOLOGIYANING KONTSEPTUAL ASOSLARI FANIDAN BAHOLASH MEZONLARI
|
|
XIX
|
O`QUV USLUBIY MAJMUANING ELEKTRON VARIANTI
|
|
|
|
|
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
,,Biologiya o`qitish metodikasi“ kafedrasi
“BIOLOGIYANING KONTSEPTUAL ASOSLARI”
FANIDAN
(ma`ruzalar matni)
NAVOIY –2020
Mavzu:1. Biologiya fanining maqsad va vazifalari, ilmiy tadqiqot metodlari, tarmoqlari,muammolari va ahamiyati.
REJA:
1.Biologiya fanining tarmoqlari,maqsad va vazifalari, ilmiy tadqiqot metodlari,muammolari va ahamiyati.
2. Fannig boshqa fanlar bian o`zaro bog`liqligi.
Biologiyaning kontseptual asoslari biologiyaning barcha sohalaridan o'zlashtirilgan bilimlar yig'indisi bo'lib, o'zlashtirilgan bilimlarni zamonaviy qarashlar asosida umumiylashtiradi.Bu talabalarning keyingi faoliyati, bitiruv malakaviy ish yoki magistirlik dissertatsiya mavzusini tanlash va tayyorlash,o'rganilgan tadqiqot metodlari asosida ilmiy tekshirishlar olib boorish yoki biologiya darslarini tashkil etishda asos hisoblanadi.
Biologiyaning kontseptual asoslari fanining asosiy maqsadi – biologiyafanining dolzarb muammolari va istiqbolli yo'nalishlari bilan tanishish, bo'lgusipedagoglarni o' z ilmiy potentsialini oshirishi haqida ma'lumotlar berish, magistrning umum ilmiy kompitentligini shakillantirish, ilmiy va ta'limiy masalalarni yechish kabilardir. Fanning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- biologik fanlarning istiqbolli rivojlanishi va metodologik yutuqlari bilan tanishtirish;
Biologiyaga oid chet va rus tillaridagi ilmiy maqolalarni ko'nikma va malakalarini hosil qilish;
- o'z ilmiy izlanishlari natijalarini adabiyotlar tahlili ko' nikmasini shaklantirish:
- zamonaviy o'qtitish texnologiyalaridan foydalangan holda bilim va ko'nikmalar tizimini shaklantirish;
- mustaqil faoliyatni rivojlantirish orqali magistrni lmiy faoliyatga jalb etish;
- fanlararo bog'lanishni shaklantirish yo'llari bilan tanishtirishdan iborat.
Magistr biologiyaning kontseptuaal asoslari fanining maqsadi va vazifalaridankelib chiqqan holda biologik nazariyalarni (masalan, hujayra nazariyasi;xromosomalar nazariyasi, irsiyat nazariyasi, evolyutsiyaning sintetik nazariyasi.Antropogenez nazariyasi), biologik ta'limotlarni (masalan,Darvin, Vernadskiy,Mendel, Morgan va b.), biologik ob'eklar (hujayradan odam organizmigacha)tuzilishini, biologik jarayonlar va uning kechishini o 'zlashtiradi.Bundan tashqaribiologik ob'eklarning tuzilish darajalari o'rtasidagi bog'lanishni evolyutsiontaraqqiyot asosida tushuntirish, murakkab biologik masalalarni yechish, biologik jarayonlarni tasniflash va taqqosalsh ko'nikmalarini egallaydi.
Biologik ob'ektlarning tuzilishi, nazariyalar,ta'limotlar, jarayonlar haqida shakllangan bilimlar asosida tabiatda kechayotgan voqea-hodisalar to 'g'ri ta'riflaybilish, xulosalash biologik ta'limni qiziqarli tashkil etish kabi malakalar shakllanadi.Biologiyaning sohalari,o 'rganadigan ob'ektlari,muammo va vazifalari xilma-xil,mammo biologiyaning kontseptual asoslari fani ulami bir butun fan holida umumlashtiradi.Biologiyaning kontseptuaal asoslari biologik ta'limni tashkil etishda fanlarizcxilligini to'g'ri tanlashda ham katta ahamiyatga ega. Biologiyani o'qitishda tushunchalar bir-birini to’ldirib borishi kerak.
Biologiyaning kontseptuaal asoslari o'quv fani 5A110401-Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi( biologiya) magistratura mutaxassisligi o 'quv rejasidan o 'rin olgan biologik fanlar bilan chambarchas bog'liq. O'quv rejada Biologiyaning kontseptuaal soslari o'quv fani hujayra va gen injeneriyasi va organik olamningrivojlanishi va antropologiya fani bilan bir vaqtda o 'qitilishi mo'ljallangan bo'lib,mazkur fanlarning uzviy davomi va magistrlarning raqobatbardosh pedagogik kadrlar bo’libtayyorlanishiga zamin tayorlaydi.
Irsiyat va o’zgaruvchanlik ikki qarama qarshi xossa bo’lishiga qaramay bir vaqtda namoyon bo’ladi. Irsiyatsiz o’zgaruvchanlik, o’zgaruvchanliksiz irsiyat kuzatilmaydi. Irsiyat va o’zgaruvchanlik hodisalarisiz Yer yuzida hayot evolyutsiyasini tasavvur etish qiyin. Irsiyat o’simlik va hayvonlarning har bir turining o’ziga xos belgi va xossalarni bir qancha avlodlarda turg`un saqlanib qolishini ta’minlaydi. Irsiyat orqali organizmlar o’zgaruvchan tashqi muhit sharoitlariga moslashib, yashab qoladi.O’zgaruvchanlik tufayli paydo bo’lgan belgi-xossalar irsiyat orqali keyingi avlodlarda saqlanib qolgandagina ya’ni irsiylangandagina evolyutsiyada o’rin tutishi mumkin.
O’zgaruvchanlikning turlicha ko’rinishlari mavjud. Organizmning belgi va xususiyatlarining o’zgarishi bir yoki bir necha genlarning ta’siri oqibatida ro’y berishi mumkin. Bunday o’zgaruvchanlik mutatsiyalar deyiladi. Shu bilan bir vaqtda individual rivojlanish jarayonida organizmlarning morfologik, fiziologik, biokimyoviy va boshqa xususiyatlarining qonuniyatli o’zgarishi ham sodir bo’ladi. Bu ontogenetik o’zgaruvchanlik deb ataladi.
Modifikatsion o’zgaruvchanlik – tashqi muhit omillari ta’sirida genotipni o’zgarishsiz kechadigan organizmlar fenotipining o’zgarishidir.
Irsiylanish – jinsiy ko’payishda gametalar yoki jinssiz ko’payishda somatik hujayralar orqali irsiy axborotning o’tkazilish jarayonidir.
Irsiy omillarning yig`indisi - genotipni organizm urug`lanishda ota-onasidan oladi. Organizmning genotipi uning moslanish imkoniyatlarini va tashqi omillarga javob reaksiya normasini belgilab beradi. Organizm barcha belgilarining yig`indisi genotipda kodlashtirilgan irsiy axborot va uning amalga oshish darajasiga bog`liq bo’ladi.Genotipning yoki rivojlanish jarayonining amalga oshishining buzilishi turli anomaliyalarga (nomaqbul holatlarga) olib kelishi mumkin.
Irsiyatning moddiy asosi bo’lib bo’linish jarayonida qiz hujayralarga taqsimlanish xususiyatiga ega bo’lgan hujayra yadrosining maxsus tuzilmasi – xromosomalar hisoblanadi.
Хromosomalar asosiy tuzilmalar bo’lib, avloddan-avlodga o’tish jarayonlarini ta’minlash uchun barcha zarur imkoniyatlarga ega. Hujayra bo’linish davrida xromosomalar o’zining aynan nusxasini hosil qiladi.Хromosoma chiziqli birikkan genlarning tuzilishi bo’lib, irsiy axborotni saqlash va o’tkazish funksiyasini bajaradi.
Organizmning umumiy holati, uning anatomik, morfologik tuzilishi, fiziologik, biokimyoviy xususiyatlari, genotipning tashqi muhit sharoitlari bilan o’zaro aloqasining natijasi hisoblanadi.
Genetikaning rivojlanish bosqichlari.
Genetikaning fan sifatida shakllanishida sitologiya, embriologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Irsiyat va o’zgaruvchanlik haqidagi fanning rivojlanishiga Ch.Darvinning turlarning kelib chiqishi haqidagi ta’limoti katta hissa qo’shdi. Genetikaning fan sifatida vujudga kelishiga somatik va jinsiy hujayralarning xususiyatlarini o’rganishdagi yutuqlar yordam berdi.
Genetika fanining rivojlanishini asosan uch bosqichga bo’lish mumkin.Uning birinchi bosqichi G.Mendel kashfiyotlari bilan aloqador. Mendel o’simliklarni duragaylashda ota-ona belgilari parchalanmay, turg`un holatda avloddan-avlodga o’tishini va u ma’lum qonuniyat asosida ro’y berishini ixtiro qildi. ХХ asrning boshida turli o’simliklar va hayvonlarni chatishtirish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar Mendel qonunlari jinsiy yo’l bilan ko’payadigan barcha organizmlarda o’z aksini topishini ko’rsatdi.
Genetikaning keyingi taraqqiyotida gollandiyalik olim Gugo de Friz taklif etgan mutatsiya nazariyasi (1901-1903 y), daniyalik genetik olim V.Iogannsen tomonidan loviya o’simligida belgilarning irsiylanishi bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar muxim ahamiyatga ega bo’ldi. 1909 yilda Iogannsen tomonidan genetika faniga gen, genotip, fenotip kabi tushunchalar kiritildi.
Genetikaning ikkinchi bosqichi irsiyatning moddiy asoslarini o’rganish bilan bog`liqdir.Bu vaqtda irsiyat hodisalarini o’rganishda sitologik metod qo’llanila boshlandi, shuning natijasida sitogenetik yo’nalish tarkib topdi. Genetika fani rivojlanishining birinchi o’n yilligida Т.Boveri, U.Setton va E.Vilson tomonidan irsiyatning xromosoma nazariyasi asoslab berildi. Hujayra bo’linishi (mitoz) va jinsiy hujayralarning hosil bo’lishi (meyoz) jarayonidagi xromosomalar bilan irsiy belgi-xossalar o’rtasida ma’lum bog`liqlik borligi aniqlandi.
1910 yilda amerikalik genetik olim Т.Morgan tomonidan drozofila meva pashshasida olib borilgan tadqiqotlar irsiyatning xromosoma nazariyasini asoslashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi.Bu nazariyaga ko’ra, genlar xromosomada chiziqli tartibda joylashgan.Hujayradagi genlarning birikish guruxi gomologik xromosomalarning gaploid soniga teng ekanligi, bir guruhga birikkan genlar ikkinchi guruhdan mustaqil ravishda nasldan-naslga berilishi aniqlandi.
1925 yilda G.A.Nadson va G.S.Filippovlar achitqi zamburug`larida radiy nurlari ta’sirida mutatsiyalar olishga muvaffaq bo’ldilar. 1927 yilda esa amerikalik genetik olim Meller drozofila meva pashshasiga rentgen nurlarini ta’sir etdirib, ularning irsiyatini o’zgartirish ya’ni mutatsiyani sun’iy yo’l bilan vujudga keltirish mumkinligini isbot etdilar.
ХХ asrning 20-30 yillarida S.Rayt, R.Fisherlar populyatsiyalardagi jarayonlarni matematik metodlar yordamida o’rganish mumkinligini asoslab berdilar.
Genetika fani rivojlanishining uchinchi bosqichi genetik tadqiqotlarga kimyo, fizika, matematika va kibernetika fanlari metodlarini tadbiq etish bilan tavsiflanadi. Хususan, elektron mikroskopiya, rentgenostrukturaviy analiz, sentrofuga, radioaktiv izotoplar metodlaridan foydalanish orqali mikroorganizmlardan zamburug`lar, bakteriyalar va viruslarning tuzilishi, ayrim organoidlarning funksiyasi, oqsillar, fermentlar, vitaminlarning strukturaviy tuzilishi, funksiyasi o’rganila boshlandi.
ХХ asrning 40-yillariga kelib amerikalik bioximik olimlar G.Bidl va M.E.Тatumlar xaltali zamburug`larning neyrosporalari ustidagi tadqiqotlarida genlarning moddalar almashinuviga, tirik organizmlarning morfologik belgilarining va fiziologik xususiyatlarining shakllanishiga ko’rsatgan ta’siri o’rganildi.
1944 yilda genetik olim O.Everi shogirdlari bilan birgalikda nuklein kislotalar irsiyatning moddiy asosi ekanligini isbotladi. DNKning genetikaviy ahamiyati aniqlangandan so’ng, 1953 yilda Dj.Uotson, F.Kriklar M.Uilkins, R.Franklinlarning nuklein kislotalarning rentgen strukturalari to’g`risidagi ma’lumotlari taxlilini xulosalab DNK molekulasining tuzilishi to’g`risidagi modelni e’lon qildilar.
1961-62 yillarda M.Nirenberg, G.Mattey va F. Kriklar 20 ta aminokislota uchun nukleotidlar tripletining tarkibini aniqladilar va oqibatda genetik kod tilsimi ma’lum bo’ldi. 1969 yilda hind olimi G.Korana achitqi zamburug`i hujayrasining geni sintezini SEMENARda amalga oshirdi.
Boshqa tabiiy fanlar singari genetika ham o’z tadqiqot metodlariga ega.Bularga quyidagi metodlar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |