4-mavzu: Modda almashinuv tirik sistemalarning asosiy xususiyati sifatida. Assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlarining o 'zaro bog'liqligi
Reja:
Mоddаlаr аlmаshinuvi haqida umumiy tushuncha.
Oqsillar almashinuvi.
Uglevodlar va yog‘lar almashinuvi.
Suv va tuzlar almashinuvi. Vitaminlar.
Mоddаlаr аlmаshinuvi - tiriklik uchun zаrur bo’lgan оziq mоddаlаrning оrgаnizmgа kirishi vа ulаr sаrflаngаndаn kеyin hоsil bo’lgan mаhsulоtlаrning yanа tаshqi muhitgа chiqаrilishidаn ibоrаt. Mоddаlаr аlmаshinuvining оrgаnizm hаyotidаgi rоlini dаslаb I.M. Sеchеnоv оrgаnizmdаgi bаrchа tiriklik prоsеslаrni bоg’lаb turаdigаn elеmеntlаr-оvqаt, suv vа hаvоdаgi kislоrоddаn ibоrаt ekаnligini ko’rsаtgаn. Оvqаt tаrkibidаgi kimyoviy, mехаnik tеrmik o’zgаrishi nаtijаsidа ulаrdаgi pоtеnsiаl enеrgiya issiqliq mехаnik vа elеktr enеrgiyasigа аylаnаdi. Hоsil bo’lgan enеrgiya hisоbigа to’qimalаr vа оrgаnlаr ish bаjаrаdi, hujаyrаlаr ko’pаyadi ulаrning eskirgаn tаrkibiy qismlаri yangilаndi, yosh оrgаpizmlаr o’sаdi vа rivоjlаnаdi. Аnа shu enеrgiya hisоbiga оdаm-tаnа hаrоrаtining dоimiyligi tа’minlаnаdi. Dеmаk mоddаlаr vа enеrgiya аlmаshinuvi bir-birigа chаmbаrchаs bоgliq.
Moddalar almashinuvi tirik organizmning zarur va muhim xossasidir; moddalar almashinuvi bo‘lmasa, hayot ham bo‘lmaydi. Moddalar almashinuvi bir-biri bilan chambarchas bog‘langan yagona ikki jarayondan: assimilyatsiya va dissimilyatsiyadan iborat. Tashqi muhitdan organizmga uzluksiz oziq moddalar va kislorod kirib turadi. Ovqat hazm qilish kanalida bu moddalar oddiy oziq moddalarga parchalanib qonga so‘riladi va qon bilan birga organizmga tarqaladi. Hujayra va to‘qimalarda bu moddalardan organizmga xos murakkab moddalar hosil bo‘ladi. Ular organizmda yangi hujayra va to‘qimalar hosil bo‘lishida ishtirok etadi va energiya manbai hisoblanadi. Bu jarayon assimilyatsiya deb ataladi. Hujayra va to‘qimalardagi murakkab organik moddalar doim parchalanib turadi. Bunda odamning yashashi, harakat qilishi, jismoniy va aqliy mehnat bilan shug‘ullanishi uchun zarur energiya ajraladi. Bu jarayon dissimilyatsiya deyiladi. Dissimilyatsiya jarayonida1 g yog‘dan 9,3 kkal, 1 g oqsildan 4,1 kkal va1 g uglevoddan 4,1 kkal issiqlik ajraladi. Bu, yonish issiqligi deb ataladi.
Parchalanish mahsulotlari chiqaruv organlari orqali organizmdan chiqarib turiladi. Organizmda energiya hosil bo‘lishi oksidlanish va adenozintrifosfat (ATF) sintezi kabi bir-biri bilan chambarchas bog‘langan ikki jarayondan iborat. ATF organizm uchun kerakli energiyani yetkazib beradi. Moddalar almashinuvi organizmga uzluksiz, muayyan miqdorda oziq moddalar kirib turishiga bog‘liq. Moddalar almashinuvi tashqi muhit bilan organizm o‘rtasidagi birlikni vujudga keltirib turadi.
Moddalar almashinuvida oqsillar, uglevodlar, yog‘lar, suv va mineral tuzlarishtirok etadi. Bundan tashqari, organizm normal rivojlanishi uchun vitaminlar ham katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |