3-mavzu: Tirik organizmlar va ularning o'ziga xos xususiyatlari.
Reja:
Tirik organizmlarning hujayraviy tuzilishi.
Tirik organizmlarning o'ziga xos xususiyatlari.
Sayyoramizdagi tirik mavjudotlar juda xilma-xildir. Bunga ishonch hosil qilish uchun Vatanimizning cho‘l, adir, tog‘ va yaylovlari yoki o‘tloqzor, to‘qayzoriari, dala va bog‘larini sayr qilish kifoya. Qolaversa, Afrika, Janubiy Amerikadagi tropik o‘rmonlami ko‘z oldimizga keltiraylik. Shubhasiz, ushbu hududlarda son-sanoqsiz o‘simliklar, hasharotlar, qushlar va sut emizuvchi hayvonlar tarqalgan. Turli-tuman mikroorganizmlar bir tomchi suvda yoki tuproqning ayrim bo‘lakchalarida hayot kechiradi.
Ular juda xilma-xil o‘lchamga, rangga, hulq-atvorga va boshqa ko‘pgina xususiyatlarga ega. Ularning barchasi birgalikda tirik organizmlar deb ataladi. Organizm - mustaqil hayot kechiradigan mavjudotdir.
Nima uchun biz zamburug‘, lola, quyon, baliq va bo‘rilarni tirik organizmlar deb qaraymiz, aksincha, qum zarrachasi, kometa, muzlagan suv kabilarni esa jonsiz tabiatning tarkibiy qismlari deb hisoblaymiz?
Jonsiz tabiatdagi jism tashqi muhit ta’sirida o‘zining sifat ko‘rsatkichlarini asta yo‘qotib boradi. U o‘zgarishlarga uchrab, yangi sifat belgilami hosil qiladi. Masalan, qoya yemiriladi, metall oksidlanishi natijasida zanglaydi. Jonsiz jismlarda tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sir ulaming yemirilishiga olib kelsa, aksincha, tirik organizmlardagi oqsil tiklanadi, ya’ni u tiriklikning asosiy omili hisoblanadi.
Tirik organizmlar xilma-xil bo‘lishiga qaramay, ularning barchasi hujayraviy tuzilishga ega hamda o‘xshash kimyoviy elementlar va moddalardan iborat. Yirik sut emizuvchi hayvon kit ham, mayda chivin ham hujayralardan tuzilgan. Hujayra tiriklikning barcha xossalarini o‘zida mujassamlashtirgan eng kichik birlikdir.
Organizm bilan tashqi muhit o‘rtasida doimo moddalar va energiya almashinuvi sodir bo‘lib turadi. Ba’zi bir moddalar organizm tomonidan o‘zlashtirilsa, boshqa moddalar, aksincha, tashqi muhitga chiqarib yuboriladi. Bunda murakkab jarayonlar kuzatilib, natijada oddiy moddalardan murakkab moddalar hosil bo‘ladi, ular o‘z navbatida organizmning tana tuzilishi uchun sarflanadi.
Yoki murakkab moddalar oddiy moddalarga parchalanishi mumkin, bunda organizmning hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan energiya ajralib chiqadi. Moddalar almashinuvi organizmdagi hujayralarning tiklanishi, o‘sishi va ishlashini ta’minlaydi.
Barcha tirik mavjudotlar oziqlanadi. Oziqlanish tashqi muhitdan ozuqa moddalarni o‘zlashtirishdir. Ozuqa barcha tirik organizmlar uchun zarur, chunki u organizmdagi hujayralarning tiklanishi, o‘sishi va boshqa ko‘pgina jarayonlar omili bo‘lib, moddalar va energiya manbayi hisoblanadi.
Tirik organizmlar o‘z hayot faoliyatini saqlab turishlari uchun doimiy ravishda energiya kerak bo‘ladi. Energiya nafas olish jarayonida ozuqa moddalardan ajralib chiqadi. Moddalar almashinuvi natijasida organizmlarda keraksiz moddalar ham to‘planishi mumkin. Bunday moddalar odatda zaharli moddalar hisoblanib, ularni organizmdan chiqarib yuborish ajratish jarayoni deb ataladi. Tirik organizmlar o`sadi va rivojlanadi. 0‘sish organizmlar tomonidan ozuqa moddalarni o‘zlashtirish hisobiga amalga oshadi.
Organizmlar tashqi muhitdagi va o‘zida kuzatiladigan barcha o‘zgarishlarga ham sezgir bo‘ladi. Buning uchun yasxil o‘simliklarning quyosh nuri ta’siriga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatib o‘tish kifoya. Demak, tirik organizmlar qoizgialuvchanlik xususiyati bilan tavsiflanadi. Shuningdek, tirik organizmlar oizini oizi idora etish xususiyatiga ham ega bo‘lib, u organizmni o‘zgaruvchan tashqi muhit sharoitlariga javoban kimyoviy tarkibi va fiziologik jarayonlarning borishini ma’lum bir me’yorda ushlab turish, ya’ni gomeostaz bilan bog‘liq. Bunda tashqi muhitdan qandaydir ozuqa moddalarni qabul qilishi, yetishmasa organizm o‘zining ichki imkoniyatlaridan foydalanishi, aksincha, ortiqcha moddalarni zaxira sifatida saqlashga o‘tkazishi mumkin. Bunday jarayonlar esa turli yo‘llar bilan, ya’ni nerv, endokrin va boshqa ba’zi bir idora etuvchi tizimlarning faoliyati natijasida amalga oshiriladi.
Ko‘pincha biz turmushda hayot doimiy harakatda degan iborani ishlatamiz. Haqiqatdan ham shunday. Barcha tirik organizmlar, ayniqsa, barcha hayvonlar doimiy harakatda bo‘ladi. Hayvonlar o‘ziga ozuqa topish va xavf-xatardan saqlanishi uchun faol harakatda bo‘lishi zarur. Harakatlanish - tirik organizmlar uchun xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biridir.
Q‘sim1ik1ar ham harakatlanish xususiyatiga ega, chunki barglar ham quyosh nurlarini «tutishi» kerak. Ammo ularning harakati juda sekin ro‘y bergani uchun deyarli bilinmaydi.
Tirik organizmlarning muhim xususiyatlaridan yana biri koipayishdir. Ushbu xususiyat tiriklikning eng zaruriy omili hisoblanadi va shuning uchun ham sayyoramizda hayot davom etib kelmoqda. Ko‘payish orqali tirik organizmlar o‘zi uchun xos bo‘lgan yana bir muhim xususiyat - irsiyat va o‘zgaruvchanlikni amalga oshiradi.
Organizmlarning oizini oizi tiklashi jinsiy va jinssiz ko‘payish jarayonlarida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, tirik organizmlar ko‘payganida odatda avlodlar ota-onalarga o‘xshash bo‘ladi. Bug‘doy donidan bug‘doy o‘sib chiqadi. Itlardan kuchukchalar tug‘iladi. Bir hujayrali amyoba hujayrasi bo‘linishidan ona hujayraga to‘liq o‘xshash bo‘lgan ikkita yosh amyoba hosil bo‘ladi.
Shunday qilib ko‘payish organizmlarning o‘ziga o‘xshashlarni qayta tiklash xossasidir. Qayta tiklash tufayli nafaqat organizmlar, balki hujayralar ham ularning organellalari (mitoxondriyalar, plastidalar va boshqalar) bo‘linganidan keyin avvalgilarga o‘xshash bo‘ladi.
Shuningdek, o‘zini o‘zi tiklash barcha organizmlarning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanib, u irsiy xususiyatlar bilan chambarchas bog‘liq (Irsiyat haqida darslikningV bo‘lim, XI bobida so‘z yuritiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |