Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti biologiyaning kontseptual asoslari



Download 5,47 Mb.
bet60/101
Sana07.04.2022
Hajmi5,47 Mb.
#535429
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   101
Bog'liq
malikova fani

Hujayra organoidlari – hujayraning doimiy tarkibiy qismi bo‘lib, ma’lum tuzilishga ega va maxsus vazifalarni bajaradi. Organoidlar ikki xil bo‘ladi:
1. Umumiy organoidlar.
2. Xususiy organoidlar.
Umumiy organoidlar (deyarli) barcha hujayralarda mavjud­dir. Hujayraning faoliyati ga ko‘ra u yoki bu organoid miqdorv ashakl jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin. Umumiy organoidlar guruhiga mitoxondriylar, hujayra ichki to‘ri, ribosomalar, Goldji kompleksi, lizosomalar, hujayra markazi – sentroso­ma, peroksisoma va mikronaychalar kiradi. O‘simlik hujayralarida vakuolalar, xlorplastlar ham bo‘ladi.
Xususiy organoidlar ayrim hujayralargagina xosdir. Ular miofibrillalar, tonofibrillalar, neyrofibrillalar, xivchin, kiprikchalar hamda xoshiya hosil qiluvchi mikrovorsinkalardan iborat.
Hujayra organoidlarini tuzilishiga qarab membranali va membranasi bo‘lmagan hujayra organoidlariga bo‘lish mumkin.
Membranali hujayra organoidlariga mitoxondriya, endo­plazmatik tur, plastinkasimon kompleks (Golji kompleksi), lizosoma va peroksisomalar kirib, ularning tuzilishida elementar biologik membrana ishtirok etadi.
Membranalar asosan lipid, oqsil, suvdan tashkil topgan. Hujayra ichki tuzilmalarining membranalari oqsil va lipid tarkibining o‘zgarishi bilangina farqlanmasdan ularning tarkibiga kiruvchi molekulalarning joylashishi va ultrastruktur tuzilishi bilan ham farqlanadi. Membrananing bunday o‘ziga xos tuzilishi ularning funksional ixtisoslanishiga bog‘liq. Turli xil vazifani bajaruvchi membranalar fermentlar va ularning aktivlik darajasiga qarab farqlanadi. Fermentlarning aktivligi esa hujayraning boshqa komponentlari, ayniqsa suv va lipidlar bilam munosabatiga bog‘liq. Bu holatda mem­branalar fermentlarning aniq joylashishi uchun struktur kar­kas rolini o‘ynaydi. Shunday qilib, hujayra sitoplazmasining membranalari funksional va struktur tarafdan aniq ixtisoslashtirilgan va bu xolat membrananing ximiyaviy tuzilishi va molekulalarning joylashishiga bog‘liq.
Membranasi bo‘lmagan hujayra organoidlarga turli xil tuzilishga ega bo‘lgan va spesifik vazifani bajaruvchi organoidlar: ribosoma va polisoma, mikronaycha, sentrosoma va kiprikcha, xivchin va fibrillyar tuzilmalar ki­radi.
Ribosomalar alohida tuzilmalar hisoblanib, ular ko‘pincha endoplazmatik to‘r bilan kompleks hosil qiladi.
Mikronaycha va sentrosomalar oqsil tabiatli subbirliklardan tashkil topgan. Oqsil globulalari marjonlar singari o‘zaro bog‘lanib ipsimon tuzilmalar hosil qiladi. Hujayrada sent­rosoma singari mikronaychalardan tashkil topgan kiprikchalar, xivchinlar ham bo‘lib, ular yuqorida qayd qilingan organoidlardan farqli ravishda ustki tarafdan membranali struktura bilan qoplangan. Hujayraning fibrillyar tuzilmalari hujayrada turli funksiyalarni bajaradi. Fibrillyar tuzilmalar hujayra sitoplazmasiga ma’lum tartibda joylashishi yoki hujayraning mikrovorsinka, tonofibrilla, neyrofibrillalar, miofibrillalarni hosil qilishi mumkin.



Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish