Amitoz bo’linishni xaralarning bo’g’imoraliq hujayralarida, ba’zi urug’li o’simliklarning shakllanayotgan endosperma hujayralarida, piyozning tubi hujayralarida, sumkali zamburug’larda sumkalarining shaklanishida kuzatilgan. Achitqi hujayralarining kurtaklab ko’payishi ham huddi shunga o’xshash boradi. Bunda achitqi hujayra pufakcha shaklida o’sib chiqib, «kurtakcha» bilan ona hujayra orasida qolgan teshikcha orqali unga ona hujayra protoplazmasi o’tadi, «kurtakcha» esa o’sa boradi. Ona hujayra yadrosi amitoz tipida o’rtasidan qisilib ikkiga bo’linadi. Hosil bo’lgan yadrolardan biri kurtak hujayraga o’tadi. Kurtak hujayra ona hujayradan ajralib, mustaqil yashaydi. Agar yashash sharoiti yaxshi bo’lsa, hujayralar tezda ko’payadi. Ichki bo'linish, bunda xromosomalar sonining hujayrada ko'payishi mitoz aniq bormasligi bilan boradi. Bunda xromosomalarning sonining ko'payishi yadroning kattalashishi, xromatinlarning tarkibining o’sishi bilan boradi.
Endomitozda yadroning axborot materiali ko'payadi, oqsil, nuklein kislota miqdori ortadi, sitoplazmaning o'sishi kuchayadi. Natijada xromosomalar diploiddan tetraploid va aktoploidga o’tadi. Endomitozda yadro bo'linmaydi, barcha prosesslar bitta yadroning ichida ketadi. Bu usulda xromosomalar spirallashmaydi va xromatidlar qisqarmaydi. Xromosomalarning soni oshmaydi, bunga politeniya deyiladi.
11-Mavzu: Jinsiy hujayralarning hosil bo'lishi - gametogenez.
Reja:
Gamеtоgеnеz, spеrmatоgеnеz, оvоgеnеz.
Organizmlar tuzilishi, taraqqiyoti va hayot faoliyati.
Gametogenez - jinsiy hujayralarning paydo bo`lishdan to otalanish qobiliyatiga ega bo`lgancha o`tadigan taraqqiyotdir. Birlamchi jinsiy hujayralar sariq xalta endodermasida vujudga keladi, keyinchalik esa gonadalar - urug`don va tuxumdonga tushadi. Ular ishqorli fosfatazaga boy bo`lib, boshqa hujayralardan yirik.
Gametogenez spermatogenez va ovogenezni o`z ichiga oladi
Spermatogenez erkak hayvon jinsiy bezlari - urug`donlarda yuz beradi. Jinsiy yetilishgacha bo`lgan hujayralar gonositlar deyilib, jinsiy yetilish paytida ular tez ko`payib, spermatogen hujayralarga aylanadi, yordamchi hujayralar esa yiriklashib, follikulyar hujayralarga aylanadi, sitoplazmasi bilan spermatogen hujayralarni o`rab oladi. Spermatogenez to`rt davr: ko`payish, o`sish, yetilish va shakllanish davrlariga bo`linadi. Spermatogenez urug`donning egri urug` naychalarida amalga oshadi. Eng “yosh” hujayralar naychaning periferik qismida, voyaga yetganlari - naychaning markaziy qismida joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |