10-Mavzu: Hujayraning ko’payishi: mitoz va meyoz unda ro'y beradigan ja rayonlar va uning biologik ahamiyati.
Reja:
1.Mitоtik sikl, hayotiy sikl. Hujayraning bo`linishi.
2. Amitоz. Mitоz. Sitоkinеz. Kariоkinеz. Endоmitоz. Pоlitеniya.
Yadroning bo'linishini o’simlik hujayralarida 1- bo'lib 1874 yili I.D.Chistyakov plaun va qirqbo'g’imlarda aniqlagan. 1882 yili Fleming bir yadroning bo'linib 2 ta yadro hosil bo'lishini kuzatib mitoz deb nomladi. Mitoz jarayonida hujayraning yadrosi bo'linib, ko'payish vujudga keladi. Genetik material bo'linish natijasida hosil bo'lgan hujayralarda baravar tarqaladi. Xromosomalar soni yangi hujayralarda bir xil bo'ladi.
Mitoz sikli mitoz va interfazadan iboratdir.
Interfaza o’z navbatida uchta ketma ket keladigan davrlarga bo’linadi.
1) Sintezdan oldingi davr G1 harfi bilan belgilanadi. G1 davrida hujayra o’sadi va DNKni sintezlashga tayyorlanadi. Bu vaqtda DNKning ikki hissa ortishi uchun zarur bo’lgan azotli asos, fermentlar, RNK va oqsil molekulalari sintezlanadi.
2)Sintez davri S harfi bilan belgilanadi. Bu davrda DNK reduplikasiyalanib, uning miqdori ikki hissa ortadi. Shu bilan birga RNK va oqsil molekylalari sintezlanadi, sentriolalar soni ham ikki hissa ortadi. Mitoxondriya va xloroplastlardagi DNK miqdori ham 2-hissa ortadi.
3) Sintezdan keyin (mitozdan avval)gi davr G2 harfi bilan belgilanadi. Bu davrda ham RNK va oqsil sintezi davom etadi. Ayniqsa, bo’linish dukini hosil qiluvchi mikronaychalar tarkibiga kiradigan tubulin oqsili sintezlanadi.
Interfaza tugallanganidan keyin hujayraning bo’linishi yoki mitoz jarayoni boshlanadi. Mitozda juda ham murakkab o’zgarishlar kuzatiladi. Mitoz hujayra hayot siklinining juda ham kam vaqtini tashkil etadi. Mitoz to’xtovsiz kechadigan jarayon, ammo uni tushintirish oson bo’lishi uchun shartli ravishda 4 ta fazaga bo’lamiz:
profaza, metafaza, anafaza, telofazalarga.
Profaza – mitotik apparat paydo bo'ladi, xromosomalar spirallashadi, qisqaradi, yo'gonlashadi, fibrillar (DNK) zichlashadi, yadrocha yemiriladi, RNK ning ham bir qismi yemiriladi, sentriola ajralib ikki tomonga aylana boshlaydi, ular oralig’ida mikronaychalardan bo'linish hosil bo'la boshlaydi, yadro po'sti parchalanib, xromosomalar sitoplazmaga chiqib qoladi.
Metafaza – xromosomalar ekvatorga to'planadi, mikronaychalar va sentrioladan tashkil topgan mitotik apparat mutloq shakllanadi. Qiz (yosh) xromosomalar ajrala boshlaydi.
Anafaza – mitozning qisqa fazasi bo'lib, yosh xromosomalar butunlay ikki qutbga ajralgan bo'ladi.
Telofaza – mitotik apparat yemirilib, yangi yadro shakllana boshlaydi, xromosomalar avvalgi holatiga keladi, matriks aniq ko'rinadi, xromosoma matriksdan yadrocha paydo bo'ladi, yadro qobig’i hosil bo’ladi. Telofazaning oxirida sitoplazmaning 2 ga ajralishi – sitokinez kuzatiladi. Sitokenez hayvon va o’simlik hujayralarida har – xil kechadi. Hayvon hujayralarida plazmatik menbranasi o’rtasida botiqlik paydo bo’lib asta sekin torayishi natijasida hujayra teng 2 qismga bo’linadi. O’simlik hujayralarida esa hujayraning o’rtasida sitoplazmatik menbrana paydo bo’lib, periferiya tomonga o’sa boshlaydi va hujayrani 2 qismga ajratadi. So’ngra selluloza qobig’i hosil bo’ladi.
Shunday qilib metoz usulida bo’linish davomida asosan 2 xil jarayon kuzatiladi: 1) Yadroning bo’linishi – kariokinez, 2) Sitoplazmaning bo’linishi – sitokinez. Ba’zan mitozning 2 – qismi sitokinez amalga oshmay qoladi. Buning natijasida ko’p yadroli hujayralar hosil bo’ladi.
MEYOZ
Jinsіy usulda ko’payadigan organizmlarda o`ziga xos bo’linish usuli meyoz kuzatiladi. Meyoz (kamayish degan ma'noni anglatadi) natijasida xromasomalarning diploid to’plamiga ega bo’lgan hujayralardan: gaploid tuzimli jinsiy hujayralar hosil bo’ladi. Meyoz jinsiy hujayralarning rivojlanishi (gametogenez) jarayonida kechadi. Meyoz ketma-ket keladigan ikki bo’linish, ya'ni birinchi va ikkinchi meyoz bo`linishlaridan iborat. Ularni farq qilish maqsadida birinchi bo’linish fazalari oldiga 1. ikkinchi bo’linish fazalari oldiga II raqami yoziladi.
Meyoz ham mitoz kabi interfazadan boshlanadi. Bunda DNK ikki xissa ortishi natijasida xromasomalar ham ikki xissa ko’payadi. Birinchi meyoz bo’linishi ikkinchisiga qaraganda ancha murakkab va uzoqroq davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |