Oogenez (ovogenez) uch davr: ko`payish, o`sish, va yetilishdavrlariga bo`linadi. Bu jarayonning spermatogenezdan muhim farqi shuki, u juda uzoq davom etadi. Ovogenezning ko`payish davri embrionning tuxumdonida yuz beradi, organizm tug`ilish vaqtiga kelib tugallanadi. Ayrim tadqiqotcxilar bu jarayon kemiruvcxilarda hayvonning butun umri davomida yuz berishini qayd qiladilar. Organizm tug`ilgach, tez orada uning tuxumdonida ovogenezning o`sish davri boshlanadi.
Tuxum hujayraning yetilishi urg`ochi hayvon jinsiy balog`atga yetgach, ovulyatsiyadan (uchlamchi follikul yorilib, ovotsit tuxumdondan chiqqandan) so`ng yuz beradi.
Organizmlar tuzilishi, taraqqiyoti va hayot faoliyatining asosi hisoblangan tuzilmani ifodalovchi “hujayra” so`zi bilan yonma-yon “tirik” so`zining ishlatilishi tamomila o`rinlidir. Hujayraning tirikligi (hayot faoliyati) biz yuqorida qarab chiqqan mitoz va amitoz bo’linish va ko’payishdan tashqari oziqlanish, ta`sirlanish, harakatlanish, tabaqalanish, sekretsiya hamda qarish va nobud bo`lish orqali namoyon bo`ladi. Hayotiy jarayonlar doimo harakatda, ya`ni rivojlanishda bo`lib, rivojlanishni shu sistemaga xos ichki ziddiyatlarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Ana shunday ichki ziddiyat hamma biologik sistemalar uchun moddalar almashinuvidir.
Hujayralarning hayot faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlar: kislorod, oziq moddalar, suv va harorat zarur. Kislorod hujayradagi oksidlanish jarayonlarida ishtirok qiladi. Natijada organik moddalarning kimyoviy energiyasi hujayralar ishlata oladigan energiya - ATF energiyasiga aylanadi. Kislorodni qanday manba`lardan olishiga ko`ra aerob va anaerob hujayralar farq qilinadi. Aerob hujayralar uchun atmosfera kislorodi mutlaqo zarur. Hayvon organizmi hujayralari oqsillar, yog`lar va carbonsuvlarni anorganik moddalardan sintez qila olmaydi. Shuning uchun ular o`simliklar yoki boshqa hayvon organik moddalarini oziq modda sifatida ishlatiladi. Hayotiy jarayonlar uchun zarur bo`lgan haroratning ma`lum daraja atrofida cheklanganligi oqsillarning yuqori haroratga chidamasligi bilan bog`liq. Harorat 43-45o bo`lganda oqsillar denaturatsiyaga uchraydi. Tirik hujayralar past haroratlarga nisbatan chidamli bo`ladi. Lekin shuning bilan birga issiq (termal) suvlarda, 80-85o haroratlarda, yashovchi tuban (bir hujayrali) organimzlarni uchratish mumkin. Suv kolloid eritma (protoplazma) uchun erituvchi bo`lib, hayotiy jarayonlar uchun muhim ahamiyatga ega. Barcha boikimyoviy jarayonlar suvli muhitda yuz beradi. Yuqorida sanab chiqilgan barcha sharoitlar kompleksi mavjud bo`lganda hujayralarning fiziologik xossalari namoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |