Ishchi gipertrofiya. Gipertrofiyaning bu turida organ zo`r berib ishlab uni tashkil qiladigan ayrim hujayralar hajmi kattalashib ketadigan paytga kelib chiqadi. Yadrochalarda RNK zo`r berib to`planib boradi o`rtacha DNK konsentratsuyasi va uning yadrodagi miqdori ortadi. Oksidlanish qaytarilish siklida ishtirok etadugan fermentlar aktivligi kuchayadi. Nerv hujayralari gipertrofiyasida boshqa organoidlar soni ortishi bilan bir qatorda neyrofibrillar soni ham ko`payadi. Sikritor hujayralarda masalan: jigarning parixematos hujayralari yoki buyrak usti bezining ekzokrin hujayralarida endoplazmatik to`r ancha qalinlashib qoladi va ribosomalar soni kamayadi, bu –ribonukleoproteidlar zo`r berib sitezlanishini ta`minlaydi.
Kovak organ, masalan: yurak gipertrofiyaga uchraydigan bo`lsa, uning bo`shlig`I torayib qolishi aksincha kengayib ketishi mumkin. Bo`shliq torayib qolgan bo`lsa, bu konsintrek gipertrofiya , bo`shliq kengayib ketgan bo`lsa eksentrek gipertrofiya deyiladi.
Vicar gipertrofiya.Gipertrofiyaning bu turi juft organlar (o`pka,buyrak ,tuxumdon) dan biri halok bo`lganda kelib chiqadi: qolgan organning zo`r berib ishlashi tufayli buzilgan funksiyaning o`rni to`ladi, (kompensatsiya) bunda qolgan organ gipertrofiyaga uchraydi. Mana shunday holatlarga o`rin to`ldiradigan gipertrofiya deb ham ataladi.
Neyrogumoral gipertrofiya. Organ hajmining kattalashuvi hamisha ham kompensator reaksiya bo`lavermaydi. Bunday gipertrofiyalar xilma-xil sabablar munosabati bilan kelib chiqadi. Ichki sekretsiya bezlarining funksiyasi buzilishi (neyrogumorol , garmonal) ana shunday sabalardan biri bo`lishi mumkun. Akromigaliyada bir qancha organlarning kattalashib ketishi ana shunday gipertrofiyaga misol bo`ladi.
Gipertrofik o`simtalar.Sxilliq pardalarda poliplar paydo bo`lishi bilan birga xronik yallig`lanish natijasida to`qima hajmi kattalashib ketishi mumkin, (yallig`lanishga aloqador gipertrofiyalar deb shunga aytiladi). Vakat gipertrofiyalar organ funksiyasini zo`rayishi bilan emas, susayishi bilan davom etadi. Misol: Muskullar atrofiyasida muskullarda yog` to`qimasi paydo bo`ladi. Buyrak atrofiyasida buyrak atrofida yog` klechatkasi ko`payib ketadi. Shu tufayli organ ko`zdan kechirilganda kichraymaganday bo`lib ko`rinadi- bu soxta gipertrofiya. Qon bosimi pasayganda tomirlar ichki pardasining o`sib ketishi yoki miya atrifiyalanganda kalla suyaklarining qalinlashib qolishi ham vakat gipertrofiya deyiladi. Gipertrofiyaning organism uchun ahamiyati juda kata, organizmning kompinsator funksiyalari gipertrofiya hisobiga yuzaga chiqadi shu tufayli organ og`ir patologik sharoitlarida ( masalan: yurak parogida) ham yaxshi ishlab turadi. Shu bilan vaqtda to`qimalardagi yallig`lanish va neyrogumoral o`zgarishlar tufayli yuzaga keladigan o`simtalar organizmga anchagina zara yetkazishi va o`smalar paydo bo`lishiga olib keladi.
Atrofiya deborgan yoki to`qima hajmining kichrayib funksiyasini susayishi yoki tamomila to`xtab qolishiga aytiladi. Atrofiya – tiriklik davrida yuz beradigan prosessdir : u ko`pgina kasalliklar vaqtida kelib chiqadi va organ hamda to`qimal;ar yangi yashash sharoitiga tushganda ularda ro`y beradigan moslashtiruvchi hodisalarning ifodasidir. Atrofiya fiziologik va patologik atrofiyaga bo`linadi.