Ageneziya- organniung butunlay bo`lmasligi, Aplaziya va gipoplaziya-organning etarlicha rivojlanmay qolgani, pakanalik yani hamma organlarning bir tekis kichrayib qolganligi ana shunga kiradi.
Hujayra bо‘linishifazalari.Hujayra bо‘linishi о‘simlik va hayvonlar hujayrasiga xos xususiyatdir. Boshqacha aytganda, hujayralarning bо‘linishi tirik organizmlarning tobora rivojlanishini, uzoq muddat yashashini ta’minlaydi. Hujayralarning bо‘linish jarayoni, odatda, organizmning yembrionlik davridan boshlanib, to umrining oxirigacha davom etadi.
Embrional davrda hujayralarning bо‘linishidan yangi muayyan hujayralar hosil bо‘ladi, ayrim hujayralarning kо‘payishi natijasida turli tо‘qimalar tiklanadi. Ma’lumki, hujayralarning о‘ziga xos yashash muddati bor. Ontogenez davrida hujayralar nobud bо‘lib, ularning о‘rnini yangi - kо‘payish jarayonida hosil bо‘lgan yosh hujayralar yegallaydi. Hozirgi vaqtda hujayralar kо‘payishining uch xili aniqlangan: 1) mitoz (mitos – ip) yoki notо‘g‘ri bо‘linish yoxud kariokinez; 2) amitoz (a – inkor etish, mitos – ip yoki tо‘g‘ri bо‘linish) va 3) meyoz (meyozis – kamayish).
Amitoz bо‘linish yuqori differensiyalanishiga kerak bо‘lmagan tо‘qima hujayralariga kо‘proq xosdir. Amitoz bо‘linish deb - hujayraning tanasi va uning yadrosidagi irsiy omillar mitoz bо‘linish bosqichlari bо‘lmasdan tо‘g‘ridan tо‘g‘ri ona hujayrani teng ikkiga bо‘linishi bilan boradi.
Sitokenez. Mitoz bо‘linishning hozirgi fazasi telofazada ikkihissa kо‘paygan va xromosoma sifatida shakllangan xromosomalar hujayraning qutbiga qarabxarakatlanib bо‘lgan davridan keyin xromosomalar desperizatsiyalanadi. Hujayrada kо‘rinmay qolish davri boshlanadi. Yadro qaytatdan ikala qiz hujayra uchun tiklanadi, sо‘ngra yadrocha hosil bо‘ladi. Ana shu davrdan sо‘ng hujayraning sitokenez davri boshlanib, ona hujayra tanasida sitoplazmalar ikkiga bо‘linib hujayralarning umumiy qobig‘i ichkariga qarab о‘sib ikkita qiz hujayraning mustaqil tanasi hosil bо‘ladi.
Endomitoz yunoncha «endo» – ichki ma’noni bildiradi. Endomitoz xromosomalarning ikkihissa kо‘payib, ya’ni reproduksiyasidan sо‘ng ona hujayra tanasida sitokenez kuzatilmaydi. Lekin metozning barcha fazalarini boshidan kechirgan ona hujayra tanasi saqlanib qoladi. YA’ni qiz hujayralar hosil bо‘lmaydi. Ayni vaqtdagi ikkihissa kо‘paygan xromosomalar 2 ta yadroni bitta ona hujayra hosil bо‘lishiga olib keladi. Bunday jarayonga poliplodiya deb aytiladi. Bо‘linmagan hujayraning funksional potensiali ikkihissa kо‘payishi kuzatiladi. Bunday bо‘linish usuli jigar va ba’zi parenximatoz hujayralarda kuzatiladi.
Kariokenez jarayoni yadrodagi murakkab jarayonlar bilan boradiki uning oqibatida hujayraning mitoz bо‘linishiga olib keladi.
Politeniya yunoncha «poli» – kо‘p degan ma’noni berib, bu hodisa xromosomalardagi xromonemalar sonini ming marotabagacha kо‘payishi bilan boradi. Bu vaqtda xromosomaning nihoyatda yо‘g‘onlashishiga olib kelib, lekin xromosoma soni о‘zgarmay qoladi. Bunay xodisa ikki qanotli hashoratlar sо‘lak bezlarida uchrashi aniqlangan. Politeniyada metotik siklning barcha fazalari bо‘lmaydi. Masalan, drozofila pashshasini bu jarayon yordamida xromosomadagi DNK da joylashgan genlarni ketma ketligi haqida xarita tuzish imkoniyatini beradi.