Tuxum hujayra (oon - yunon., ovum - lot. tuxum) hamma hayvonlarda nisbatan yirik hujayra hisoblanib,ko`pincha yumaloq shaklga ega, o`zak, o`zakcha organellalar va ko`p miqdorda sitoplazmasi bor. Tuxum hujayra sitoplazmasida oqsil tabiatli kiritma - sariq modda uchraydi va bu moddaning miqdoriga asoslanib tuxum hujayralar klassifikatsiya qilinadi. Sariq moddasi kam tuxum hujayralar - oligoletsital (oligos-kam, lecithos-sariq modda), sariq moddasi o`rtacha miqdordagi tuxum hujayralar - mezoletsital (mesos-o`rtacha) va sariq moddasi ko`p tuxum hujayralar - poliletsital (polys-ko`p) tuxum hujayralar farq qilinadi.
Sariq moddaning sitoplazmada joyla-shishiga ko`ra, izoletsital yoki go-moletsital (isos, homos - bir xil, o`xshash) tuxumlar (bunga oligoletsital tuxumlar misol bo`ladi), teloletsital (telos - oxiri) tuxum-lar (bunga mezo- va poliletsital tuxumlar misol bo`ladi) va sentroletsital (ayrim hasharotlar tuxumi) tuxumlar uchraydi. Izoletsital tuxumlarda sariq modda sitoplazmada bir tekis tarqalgan, teloletsital tuxumlarda qutblardan biriga, sentroletsital tuxumlarda esa markazga to`plangan bo`ladi.
Tuxum hujayralarning bir yoki bir necha pardasi bo`lib eng birinchisi xususiy parda yoki birlamchi parda deyiladi. Birlamchi parda tuxum hujayra sitoplazmasi (tuxum hujayra moddasi) hisobiga hosil bo`lgan. Bu parda barcha hayvonlar tuxum hujayralariga xos bo`lib, vitellin parda deyiladi.
Ikkilamchi pardalar tuxumdonning tuxum hujayrani o`rab turuvchi hujayralari - follikulyar hujayralar hisobiga hosil bo`ladi. Bu pardalar tuxum hujayra o`sayotgan va rivojlanayotganda unga oziq moddalar etkazib berish uchun xizmat qiladi. Sut emizuvcxilar tuxumining yaltiroq pardasi (zona pellucida) va nurli toji (corona radiata) ikkilamchi pardalardir. Nurli tojni parda hisoblamasa ham bo`ladi, chunki u follikulyar hujayralardan iborat. Yaltiroq pardaning ichki qismi neytral, tashqi qismi kislotali mukopolisaxaridlarga boy.
Uchlamchi pardalar tuxum hujayra tuxum yo`lidan o`tayotganda, tuxum yo`lidagi bezlar ishlab chiqaradigan sekret hisobiga hosil bo`ladi. Masalan: qushlar tuxumini qoplab turuvchi po`choq, po`choq osti pardalar va tuxum oqsili uchlamchi pardalar hisoblanadi. Taraqqiy qilayotgan embrion oqsilning tarkibiy qismlarini va hatto tuxum po`chog`idagi mineral moddalarni ham o`zlashtiradi.
Tuxum hujayrada animal (yuqorigi) va vegetativ (pastki) qutblar farq qilinib, tuxum hujayra otalangach, hosil bo`lgan zigotaning maydalanishi animal qutbdan boshlanadi, chunki bu qutbda sariq modda nisbatan kamroq bo`ladi.
Urug` hujayrasi (spermiy, spermatozoid, spermatozoon) harakatchan hujayra bo`lib, tuxum hujayraga nisbatan ancha mayda (kichik), ehtiyot oziq moddalar deyarli yo`q, shuning uchun erkak hayvon organizmidan tashqarida, mustaqil ravishda uzoq fursat yashayolmaydi.
Buqaning urug` hujayrasi sigir tuxum hujayrasidan 160000 marta kichik.
Spermiy boshcha, bo`yincha, oraliq yoki bog`lovchi bo`lim, dumchaning asosiy va oxirgi bo`limlariga ega. Hayvonot dunyosida bir-biridan ancha uzoq turuvchi hayvonlarning urug` hujayralari, aksariyat ko`pcxilik hollarda, ushbu tarzda tuzilgan bo`lib, bu ular bajaradigan vazifaning bir xilligiga bog`liq.
Spermiyning boshchasi turli hayvonlarda turlicha shaklga ega: ayg`irlarda ovalsimon, bo`qalarda - noksimon .Boshcha asimmetrik tuzilgan bo`lib, qoshiqchaga o`xshaydi. Boshchaning oldingi qismida plastinkali kompleksning o`zgarishidan hosil bo`lgan akrosoma (acros-yuqorigi, chetki; soma-tana) joylashadi. Akrosoma gialuronidaza fermentiga boy. Boshchaning akrosomadan keyingi qismi zichlashgan o`zak moddasidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |