5. Strukturali korrelyatsion tadqiqot. Bu sxemaning yuqori dagilaridan farqi shundaki u o’zgaruvchilar orasida korrelyatsion aloqaning mavjud yoki mavjud emasligini emas balki turli guruh vakillarida o’lchangan bir xil ko’rsatkichlar orasidagi korrelyatsion bog`liqlikni aniqlashga qaratilgan.
Bu holatni misol bilan tushuntiramiz. Tasavvur qiling farzand va ota yoki onaning jinsi ma`lum shaxs xususiyatlari (masalan Ayzenk bo’yicha neyrotizm) orasida bog`liqlik bormi, yo’qmi shuni aniqlash lozim. Buning uchun biz real guruhlar – oilalarda tadqiqot olib borishimiz kerak bo’ladi. Keyin ota yoki ona va farzandning xavotirlilik darajasining korrelyatsion koeffitsienti aniqlanadi. To’rtta asosiy: 1) ona – qiz; 2) ona – o’g`il; 3) ota – qiz; 4) ota – o’g`il va ikkita qo’shimcha korrelyatsiya koeffitsienti kelib chiqadi: 1) qiz – o’g`il; va 2) ota – ona. Agar bizni faqatgina o’xshashliklar qiziqtirsa, unda biz 4 katakchalik 2x2 matritsani quramiz:
Z - o’zgaruvchi korrelyatsiyalanadi va Styudentning t-kriteriysi bo’yicha qiyoslanadi.
Bu yerda strukturali korrelyatsion tadqiqotga eng oddiy misol keltirilgan. Tadqiqotchilik amaliyotida yanada murakkabroq strukturali korrelyatsion tadqiqotlar uchrab turadi. Hammadan ham ko’proq bunday tadqiqotlar individuallik psixologiyasi (B.G.Anan`yev va uning maktabi), mehnat va ta`lim psixologiyasi (V.D.Shadrikov), individual farqlarning psixofiziologiyasi (B.M.Teplov, V.D.Nebilitsin, V.M.Rusalov va boshqalar) va psixosemantika (V.F.Petrenko, A.G.Shmelev va boshqalar) sohalarida ko’p qo’llaniladi.
Longityud korrelyatsion tatqiqot. Longityud tatqiqot – kvazieksperimental tadqiqotlar rejalari varianti. Longityud tadqiqotni o’tkazuvchi psixolog tatqiqotga ta`sir etuvchi o’zgaruvchi sifatida vaqtni hisoblaydi. U bir guruhni turli sharoitlarda testdan o’tkazish rejasining o’xshashi hisoblanadi. Faqat sharoitlar o’zgarmas hisoblanadi. Har qanday vaqtincha tadqiqotning natijasi (shuningdek Longityud tadqiqotning ham) o’lchangan o’zgaruvchilarning vaqtli tendri hisoblanadi.
Longityud korrelyatsion tadqiqot guruhni ma`lum vaqtdan so’ng testdan o’tkazish seriyalariga bo’linish rejasida o’tkaziladi. O’rganish va davomiylik effektlari bilan bir qatorda Longityud korrelyatsion tadqiqotda “chiqib ketish” effektini ham hisobga olish darkor, chunki tadqiqotning birinchi bosqichida qatnashgan hamma sinaluvchilarni ham ikkinchi bosqichda ya`ni ma`lum vaqtdan so’ng yana qayta testdan o’tkazib bo’lmaydi. “Chiqib ketish” va o’rganish effektlari o’rtasida o’zaro ta`sir ham bo’lishi mumkin (tadqiqotlarning qolgan qismida qatnashishdan voz kyechish) va hakazo.
Strukturali longityud tadqiqot oddiy longityud tadqiqotdan bizni nafaqat o’zgaruvchilarning markaziy tendentsiyasining o’zgarishi balki o’zgaruvchilar orasidagi munosabatlarning ham o’zgarishi qiziqtirishi bilan farq qiladi. Bu turdagi tadqiqotlar psixogenetikada keng tarqalgan.