Bog'liq UMK Psixodiagnostila va eksperimental psixologiya 2021-2022
Korrelyatsion tatqiqotlarni rejalashtirish. Korrelyatsion tatqiqot rejasi kvazieksperimental rejalarning mustaqil o’zgaruvchining nomustaqil o’zgaruvchilarga ta`siri bo’lmagan vaqtdagi bir turi hisoblanadi. Boshqacha aytganda: tadqiq qilinayotgan guruhlarga o’zaro ekvivalent sharoitlarda bo’lishlari zarur. Korrelyatsion tadqiqot vaqtida barcha o’lchanayotgan o’zgaruvchilar – nomustaqil o’zgaruvchilar hisoblanadi. Bu bog`liqlikni aniqlovchi faktor o’zgaruvchilarning biri yoki o’lchanmagan, yashirin o’zgaruvchi bo’ladi.
Korrelyatsion tadqiqot R sinaluvchilar guruhida bir-biridan mustaqil tarzda olib boriladigan bir necha seriyalarga bo’linadi. Korrelyatsion tadqiqotning oddiy va qiyosiy turlari mavjud. Birinchi holatda sinaluvchilar guruhi bir xil. Ikkinchi holatda bir necha randolizatsiyalangan, ma`lum xususiyatlariga ko’ra bir-birigan farqlanadigan guruhlar bilan ishlaymiz. Umumiy holda yuqori dagidek tadqiqotlar quyidagi matritsa bilan belgilanadi: RxO (sinaluvchilar x o’lchashlar). Uning natijasi korrelyatsiyalar matritsasi hisoblanadi. Natijalar qayta ishlanmasini faol matritsa qatorlari yoki ustunlarini solishtirib olib borish mumkin. Qatorlarni o’zaro korrelyatsiyalab biz sinaluvchilarni o’zaro solishtiramiz; korrelyatsiya esa o’xshashlik koeffitsienti – insonlarning o’zaro farqlari deb tahlil qilinadi. Tabiiyki R – korrelyatsiyalarni ma`lumotlar Z yordamida bitta shkalaga keltirilgan bo’lsada aniqlash mumkin.
Z=X,-X/σ
Ustunlarni o’zaro korrelyatsiyalab biz, o’lchanayotgan o’zgaruvchilar orasidagi statistik aloqa mavjudligi haqidagi gipotezamizni tekshiramiz. Bu holatda ular o’lchami hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.
Bunday tatqiqot strukturali deb nomlanadi, chunki oxirgi natijada biz o’lchangan o’zgaruvchilar matritsasi korrelyatsiyasiga ega bo’lamiz, bu esa o’z o’rnida ular orasidagi aloqa strukturasini aniqlab beradi.
Longityut tadqiqot rejasi o’zida ma`lum vaqt oralig`ida o’lchangan bir yoki bir necha o’zgaruvchilarning alohida seriyalarini mujassamlashtiradi. Longityut tadqiqot – korrelyatsion va kvazieksperimental tadqiqot orasidagi oraliq variant bo’lib, vaqt tadqiqotchi tomonidan nomustaqil o’zgaruvchilarning bog`ligini belgilovchi mustaqil ko’rsatkich sifatida tahlil qilinadi (masalan shaxsiy xususiyatlar).
Korrelyatsion tadqiqotning to’liq rejasi chegaralari “sinaluvchilar”, “operatsiya”, “vaqtincha bosqich” deb belgilanuvchi Rx Ox R paralipipidlarini o’z ichiga oladi.
Tadqiqot natijalarini turlicha analiz qilish mumkin. R va O – korrelyatsiyalarni aniqlash bilan bir qatorda ikki xil korrelyatsiyani – ikki o’zgaruvchining uchinchisi bilan aloqasini hisoblash yo’li bilan turli vaqt oralig`ida olingan R x O matritsalarini qiyoslash imkoni ham paydo bo’ladi. Huddi shu holat R x T va T x O matritsalariga ham tegishli.
Lekin ko’pincha tadqiqotchilar boshqa turdagi hisob-kitobdan foydalanadilar, ular R x T matritsasini analiz qilib, o’zgaruvchilarni vaqtda o’zgarish gipotezasini tekshiradilar.
Korrelyatsion tadqiqotning asosiy turlarini ko’rib chiqamiz.