O’zgaruvchilar o’rtasidagi o’zaro aloqalarni grafik taqdimoti
Psixologiyada ilmiy axborotlarni grafik taqdim etishning bir necha asosiy shakllaridan foydalaniladi: xarakteristikalariga tayanuvchi topologik va metrik. Topologik tavsiflashdan foydalanuvchi axborotlarni yetkazib berish an`anaviy usullaridan biri – bu grafiklardir. Qirralari bilan (yo’naltirilgan yoki yo’naltirilmagan qismlari bilan) birlashtirilgan ko’p sonli nuqtalar «cho’qqilar» grafiklar hisoblanadi. Grafiklarni fazoviy yo’naltirilgan va yo’naltirilmagan, bog`langan va bog`lanmagan turlarga ajratiladi.
Psixologik tadqiqotlarda grafiklardan natijalarni tasvirlashda juda ko’p foydalaniladi. Ko’plab nazariy modellarni tadqiqotchilar grafiklar ko’rinishida berishadi. Masalan, D. Vekslerning ierarxik modeli yoki Ch.Spirmenning intellekt modeli: ular dendritik, simmetrik bo’lmagan grafiklar shaklida berilgan. P.K.Anoxinning funktsional sistemasi sxemasi, V.D.Shadrikovning faoliyat psixologik funktsional sistemasi sxemasi, E.N. Sokolovning kontseptual reflektorli yoyi modeli - yo’naltirilgan grafiklarga misol bo’la oladi.
Natijalarni tariflashga o’tamiz, yo’naltirilgan grafiklardan ko’pincha bog`liq bo’lmagan, qo’shimcha va bog`liq bo’lgan o’zgaruvchilar o’rtasidagi sababiy bog`liqliklar sistemasini ta`riflashda foydalaniladi. Yo’naltirilmagan grafalar psixikaning o’rganish xususiyatlari o’rtasidagi korrektsion aloqalar sistemasini tasvirlash uchun qo’llaniladi. «Cho’qqilari» bilan xususiyatlari, «qirralari» bilan korrektsion bog`liqligi ifodalanadi. Bog`lanishlar xarakteristikasi odatda grafik qirralarini tasvirlash turli variantlari bilan kodlashtiriladi. Ijobiy aloqalari to’g`ri chiziqlar bilan (yoki qizil rang bilan), salbiy bog`liqliklari – punktir (yoki havo rang bilan) tasvirlanadi. Aloqaning kuchi va ahamiyati chiziqning qalinligi bilan kodlashtiriladi.
Eng muhim belgilari (boshqalari bilan eng ko’p bog`liqlikka ega bo’lgani) markazda joylashtiriladi. Kengroq ahamiyatga ega bo’lgan belgilari atrofga joylashtiriladi.
Korrektsion aloqalar sistemasidan tekislikda belgilari o’rtasidagi «masofalarni» aks ettirishga o’tiladi. Masofalar ma`lum formula bo’yicha hisoblanadi:
D=(1- r) |2
bu yerda d –masofa, r - korrektsiya belgilari masofalar o’xshashligini, farqini aks ettiradi. Bu holatda topologik tasvirlashdan metrik tasvirlashga o’tamiz, chunki grafaning cho’qqilari o’rtasidagi masofa belgisini hisobga olgan holda korrektsiya kattaliklariga proportsional bo’ladi:
r =1 bo’lganida masofa maksimal bo’ladi, d = 1, r =1,bo’lganida masofa minimal: d= 0.
Yo’naltirilgan va yo’naltirilmagan grafalar ko’pincha shaxsiy va ijtimoiy psixologik tadqiqotlar natijalarini tasvirlashda qo’llaniladi. Xususan, sotsiometrik tadqiqotlar: sotsiogramma bu yo’naltirilgan grafa. Har qanday grafik- sxema matritsaga o’xshash bo’ladi. Tushunib olish qulay bo’lishi uchun natijalarni tasvirlashda 10-11 cho’qqidan ko’p bo’lgan grafiklardan foydalanish tavsiya etiladi.
Grafiklar bilan bir qatorda psixologiyada fazoviy-grafik tasvirlash ham o’rnatiladi, unda elementlar o’rtasidagi munosabatlar va parametrlari tuzilishi hisobga olinadi (yoki metrik yoki topologik). Bunga D.Gilfordning «kub» nomi bilan ma`lum bo’lgan intellekt tuzilishini tasvirlash misol bo’ladi. Fazoviy tasvirlashni qo’llash boshqa bir varianti - V.Vundt bo’yicha emotsional holati, kengligi yoki bo’lmasa G.Ayzenk bo’yicha shaxs turini tasvirlashni misol sifatida keltirish mumkin.
Agarda belgilar maydonida metrika aniqlangan bo’lsa, unda ma`lumotlarni yanada aniqroq berishdan foydalaniladi. Chiziqda ko’rsatilgan nuqtaning joylashishi belgilar maydonidan uning haqiqiy koordinatalariga mos keladi. Shunday usul bilan ko’p shkalalar, faktorli analiz, patent tuzilishli analiz va klasterli analizning ba`zi variantlari beriladi. Har bir omil maydonda o’q chiziq bilan aks ettiriladi, biz o’rgangan o’tkazilish parametri esa - bu maydonda nuqta bilan ko’rsatiladi. Boshqa hollarda xususan differentsial psixologik tadqiqotlar natijalarini tasvirlashda nuqtalar bilan sinalayotganlar, o’q chiziqlari bilan esa asosiy omillari tasvirlanadi. Ma`lumotlarni dastlab berish uchun boshqa grafik shakllardan foydalaniladi: diagramma, gistogrammalar va taqsimlash poligonlari hamda turli grafiklarni qo’llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |