Usulning afzalliklari: Siz har doim o’z emosiyalaringizni oshkora tutasiz, fikrlaringizni erkin bayon qila olasiz. Siz faol bo’lishni, mas’uliyatni o’zingizga olishni hamda tavakkalchilikni yoqtirasiz. Har doim salbiy xis-tuyg’ularning ochiq chiqib ketishi imkoniyati mavjudligi sizni emosional krizislardan asraydi. Siz ichingizda ezilib, qiynalib yurmaysiz. Depressiya degan so’z - sizga yot.
Usulning kamchiliklari: Sizning faqat o’z manfaatlaringiz uchun harakat qilishingiz atrofingizdagi do’st va vafodor odamlarni qoldirmaydi, sizning emos ional portlashlaringizdan ko’pchilik yaqinlaringiz qiynaladi, boshqalar fikrini mensimasligingiz, faqat o’zingizga ishonishingiz odamlar bilan munosabatlaringizni qiyinlashtirib qo’yyadi. Siz kamdan-kam boshqalar maslahatiga quloq solasiz va boshqalar bilan kelishib ishlaysiz. Ko’proq boshqalar siz bilan kelishishi kerak bo’ladi. Muammo shundaki, sizdagi xislatlarning zo’ravonlikka o’tib ketishi juda oson. Siz zo’ravonlik qilish va uni o’tkazishdan tortinmaysiz. Zo’ravonlikni tabiiy hol sifatida qabul qilasiz. Zo’ravonlikning ko’payishi esa jinoyatga olib kelishi mumkin. Ammo siz bu to’g’rida o’ylamaysiz. Sizning har doim g’olib bo’lishingiz zaruriyatga, oddiy holga aylanib boradi. Sizning “g’olib”ligingiz boshqaning “mag’lubiyati” ekanligi o’ylamaysiz.
Kompromiss (kelishuvchanlik) usuli - «TULKI»
«Men siz uchun hamma narsaga tayyorman. Men siz uchun foydali bo’la olaman-mi?!»
Siz har bir konfliktda o’ziga xos yechim mavjudligini bilasiz. Ammo konflikt yechimi uchun ko’p vaqt va sa’y-harakat ishlatishni istamaysiz. Shu bois, eng yengil va tezkor yechimni qidirasiz. Buning uchun xushomad, maqtov, joningizni jabborga berish, riyokorlik, birovlarga yoqishga harakat qilasiz. Sizning shioringiz - “avval orqaga bir qadam, keyin oldinga ikki qadam”dir. «Judayam jahlingiz chiqib ketdimi? Mayli, qo’ying, bu ishni o’zim qila qolaman». “Ha, men aybdorman, keling men yana bir boshdan harakat qilib ko’ray. Hamma aytganlaringizni tushundim. Siz buyurganday qilaman...” “Siz nima desangiz shu, sizdan o’tkir odam yo’q bu dunyoda, yerda ilon qimirlasa, siz bilasiz...”. Kompromisga borishni siz o’zingizga uyat deb hisoblamaysiz, balki kompromissga bora olmaganlardan o’zingizni ustun qo’yasiz. Chunki kompromissga bora olmaslikni inson xarakteridagi qusur sanaysiz, bu siz uchun ayb. Siz har qanday vaziyatda kelishishga harakat qilasiz, kompromiss
sizning hayotiy ehtiyojingizdir. Bu holatda hyech bir tomon yutqazmaydi, ammo hyech bir tomon yutib ham chiqmaydi. Siz ko’pincha o’z maqsadlaringizni ruyobga chiqarish uchun qulay vaziyat qidirasiz va mana shu qulay vaziyatni kutasiz. Siz mayda “kichik” odam bo’lib, “katta” ishlar qilish mumkinligiga to’la ishonasiz va bu ish qo’lingizdan keladi ham. Bo’ysungandek ko’rinib, keyin hukmron bo’lish uchun kompromisslardan ustamonlik bilan foydalanasiz.
Usulning afsalliklari: Sizning xulq-atvoringiz moslashuvchan bo’lib, har qanday vaziyatda va holatda siz o’zingizni erkin his qilasiz. Siz o’zingizga ishonasiz. Talab qilinsa, har doim chekina olasiz. Zarur vaqtda chekinish - o’z manfaatlarini saqlab qolish ekanligini bilasiz. Chekinishdan or qilmaysiz, bu - sizning yutug’ingizdir. Shu bois, tezda boshqa odam bilan ikkalangiz uchun qoniqarli va manfaatli bo’lgan xulosalarga kelishingiz mumkin. Muzokaralarda sizdan unumli foydalanish imkoniyati mavjud. Sizdagi kelishuv va kompromissga borish qobiliyati konflikt vaziyatni, qisqa muddatga bo’lsa ham, yechimga olib kelishi mumkin. Kompromissga bora oladigan odam ko’pchilikda ishonch uyg’otadi. Ishonch esa konflikt yechimining zarur shartlaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |