Usulning afzalliklari: «Qo’y” sifatida, siz boshqalar bilan tinch va do’stona munosabatlarni muntazam saqlab qolasiz. Chunki sizning hyech kimga og’irligingiz tushmaydi. Hamma sizdan foydalanadi. Siz hamma narsaga chidaysiz. Birovlarga siz ko’proq e’tiborli bo’lasiz, shu bois birovlar sizga ehtiyoj sezadi. Sizning oldingizda ular o’z dardlari va munosabatlarini ochiq aytaveradi. Chunki sizdan zarar yo’q.
Usulning kamchiliklargi: Sizning talablarigiz, xis-tuyg’ularingiz juda kam e’tiborga olinadi, sizning ehtiyojlaringiz inobatga olinmaydi va juda kam bajo keltiriladi. Agar bu holatda sizga nisbatan adolatsizliklar ko’payib borsa, qalbingizda yashirin g’azab, nafrat kuchayib boradi, biroq sizning bu fazilatingizni qadrlaydigan insonlar atrofingizda bo’lsa, hayotingiz siz istagandek tinch va osuda o’taveradi. Ammo o’zingizning kuchsiz ekanligingizni har doim sezib turasiz.
«Bu mening ishim emas» usuli - «STRAUS»
«Meni tinch qo’yinglar! Meni hyech narsa qiziqtirmaydi!»
Siz konfliktning yechimini qidirish o’rniga undan qochasiz, ammo bu qochish “qo’y” usulidan farq qiladi. Agar “qo’y” usuli konflikt mavjudligini tan olsa, siz “konflikt - yo’q” deb turib olasiz. Ya’ni siz umuman konfliktni tan olmaysiz, buning natijasida sizning emosiyalaringiz zarar ko’rmaydi. Siz qaylardadir undan yashirinib yurasiz, muammo mavjudligini tan olgingiz kelmaydi. Konflikt kelib chiqqanligini va uni yechish lozimligini o’ylagingiz kelmaydi. Mashmashalardan qochasiz. “Ularni o’ylamasa, ular yo’q bo’ladi”, deb o’ylaysiz. «Ko’y» yengilgan vaziyatda, siz umuman uning mavjudligini ham tan olgingiz kelmaydi. O’zingizni konflikt yechimi borasida o’ylashga, fikr qilishga majbur qila olmaysiz, bu haqida o’rtoqlashgingiz ham kelmaydi. Agar siz konflikt vaziyatga tushib qolsangiz, eng avvalgi reaksiyangiz
“bu mening ishim emas”, deyishdir. O’zingizni hyech narsa bilmagan, hyech narsa ko’rmagan, hyech narsa hal qila olmaydigan odam sifatida ko’rish sizga qulayroq bo’ladi. Siz konflikt kelib chiqqan yerdan o’zingizni olib qochasiz, boshqa xonaga chiqib ketasiz, yoki samovorga yo’l olasiz, suhbat mavzusini o’zgartirishga harakat qilasiz, konflikt yechimini qidirishni keyinga qoldirasiz yoki uni “umuman mavjud emas” deb hisoblaysiz. Bu fikringiz shunday qat’iy fikrga aylanadiki, boshqalarga ham “umuman hyech narsa bo’lgani yo’q, boshimni qotirmanlar” tarzida muo mala qilishni boshlaysiz. Shu bois, agar boshqalar konflikt yechimini qidirib, uni hal
66
etishga kirishsalar, siz uchun eng qulay vaziyat kelib chiqqan bo’ladi. Eng muhimi sizni bezovta qilishmasa, bas. Hamma narsani sizsiz hal qilishaversin. Odatda sizning muammolaringizni boshqalar hal etishini ko’proq xush ko’rasiz.
Usulning afzalliklari: Siz hyech qachon yoqalashish, mushtlashish, urush - janjal vaziyatiga tushmaysiz. Chunki har doim biror bir ziddiyat vujudga kelayotgan joydan qochishga ulgurasiz. Havfli vaziyatlardan o’zini saqlash va ziyonsiz chiqib keta olish juda yaxshi malaka hisoblanadi. Siz xech qachon to’qnashuvlar asosida kelib chiqadigan jismoniy zo’rlik bilan to’qnashmaysiz, o’zingizning salomatligingiz posboni hisoblanasiz.
Usulning kamchiliklari: Ammo siz o’zingizni kuchli va o’zini himoya qilishga qodir inson deb hisoblamaysiz. Siz strausdek har doim konfliktni ko’rganda boshingizni yerga tiqib olasiz. Siz hyech qachon o’z muammolaringizni yechishga tayyor bo’lmaysiz, uning hal bo’lishi uchun yo’l-yo’riq qidirmaysiz. Va agar sizning muammolaringiz boshqalar tomonidan hal etilsa ham, bu yechim yuzaki, adolatsiz va omonat, ya’ni vaqtinchaliq, o’tkinchi bo’lishi mumkinligini tushunsangiz ham, ularga aralashmaysiz. Bu esa sizning manfaatlaringizga qarshi yechimlar va xulosalar bo’lishi ham mumkin. Umuman muammolarni jiningiz suymaydi, siz ulardan qo’rqasiz, shu bois, bu usulning eng yomon oqibati, o’z muammolaringizdan qutulish uchun boshqa zararli yo’llarga kirib ketish hollari kuzatiladi, shu bois sizning narkotik va alkogolga ruju qo’yishingiz ehtimoli mavjud.
Agressiv usul - «AKULA»
«Kim nima desin-chi?! Kim menga qarshi chiqa oladi?! Qani o’zi zo’r bor- mi?!»
Sizning shoiringiz - doimo, har qanday vaziyatda ham faqat va faqat “g’olib” bo’lish. Konflikt vaziyatda siz uchun g’olib chiqish - muammoning hal bo’lishi, ya’ni konflikt yechimidan ko’ra afzalroqdir. Ayb sizdaligini bilsangiz ham “g’olib” chiqishga intilasiz. “G’olib” bo’lish uchun hyech narsadan toymaysiz. Siz “g’olib” bo’lishlikni konflikt yechimidan, muammoning hal qilinishidan ko’ra yaxshi ko’rasiz va shuni rejalashtirib, harakat olib borasiz. Aslida, konflikt yechimi “to’g’ri” yo’l ekanligini bilmaysiz, yoki unga ishonmaysiz. Siz har qanday boshqa bir odamni aybdor qilishga tayersiz va ko’pincha «kerak», «lozim», «zarur», «bo’lishi kerak» kabi so’zlarni ishlatasiz. Sizning jahlingiz tez, bir pasta g’azablanasiz, qahringiz qattiq, jizzakilik siz uchun oddiy hol, sabr bilan birovni eshitishga qodir emassiz. Opponentingizning fikrlarini jim turib eshitishni - unga bo’y sunish sifatida qabul qilasiz. Atrofingizdagi odamlar har qanday vaziyatda albatta “g’olib” chiqishingizni ko’rishlarini va sizning kuchingizni tan olishlarini istaysiz. Bunda adolat buzilishi sizni o’ylantirmaydi. Siz ko’p qizishasiz, boshqalarga bosim o’tkazasiz, baqirishingiz ham mumkin. Haqiqatan ham siz ko’p hollarda g’oliblikni qo’lga kiritasiz, ammo boshqalarning aziyat chekishi hisobiga, boshqalarning manfaatlari buzilishi hisobiga.
Do'stlaringiz bilan baham: |