To 'rtinchi qadam: Bolalikda emaklashdan oyoqqa turishga, yurishga o’rganayotgan kichkintoy birdaniga oyoqqa turadi-da, qo’rqmay yuraveradi, yuraveradi. Agar yiqilib tushsa ham, darrov yana oyoqqa turib, yurib ketadi. Bu harakatlaridan o’zi ham juda zavqlanadi. Bola hyech qachon to’g’ri qilyapman-mi, noto’g’ri qilyapman-mi, deb o’ylamaydi. Bola uchun yiqilish - oddiy holga aylanadi. Bola yiqilganidan kuyinmaydi, balki zavqlanadi. Bola uchun oyoqqa turib, yurish qanchalik qiziqarli bo’lsa, yiqilish ham shunchalik qiziqarlidir. Katta bo’lganimizda- chi?! Yutuqlar bizni qiziqtiradi, quvontiradi. Yutqizish-chi?! Bolaga o’xshab yiqilganimizdan tajribaga ega bo’lamiz-mi, o’z xulosalarimizni qilamiz-mi?! Yiqilib, toyilish bizga biror narsalarni o’rgatadi-mi?! Yiqilish va toyilish, xato qilishga biz qanday munosabatda bo’lamiz?! Uni xoxlamaymiz, undan qo’rqamiz, undan ezilamiz, yutqizganimizni tan olishga shoshilmaymiz, yutqizganimizni boshqalardan yashiramiz. Ammo, bu to’g’rimikin?! Demak, konflikt vaziyatdagi biz o’ylagan hato va yutqizishlar aslida hayotiy tajriba, ularni to’g’ri qabul qilish, ma’lum xulosalarga kelish va keyingi hayotda qo’llay olish darkor. Yiqilish, yutqazish - keyingi qadamlar, keyingi hayotning boshidir. Hayotida yiqilish, turtilish, yutqazish - katastrofa emas. Chunki yiqilgandan keyingi hayot ham mavjud.
Beshinchi qadam: Oldingi ruknlarda aytilgan tamoyillardan kelib chiqqan holda, konfliktdan keyingi vujudga kelgan vaziyatni yangitdan, yangi vaziyatda yashash qonuniyatiga, yangi imkoniyatga, yangi munosabatlarga aylantirish darkor. Konflikt vaziyatga yangi imkoniyatlarni yaratish kerakligi nuqtai nazaridan qarasangiz, o’zingiz ham, opponentingiz ham bunyodkorlik tamoyillari asosida yangitdan yashashga o’tadi. Sizlar bir-biringizni inkor etishdan qutilib, hamma uchun zarur va barcha mavjud tomonlarni koniqtirgan vaziyatni tashkil qilish, yangi munosabatlarni qurish jarayoniga o’tasiz. Demak, konfliktning boshlanishiga - yangi imkoniyatlarning yaratilishi va yangi munosabatlarning o’rnatilishi sifatida qarash lozim. Demak, konflikt - hayotning tugashi emas, balki yangi hayotning boshlanishidir.
Shunday qilib, konflikt yechimiga qaratilgan sayi-harakatlar passiv, impulsiv yoki aktiv, faol bo’lishi mumkin. Konfliktga faol munosabat unga nisbatan ongli munosabatni talab etadi. Konfliktga bo’lgan ongli munosabat esa munosabatlarni emosiyalardan tozalashni, ziddiyatga obyektiv, xolis, ortiqcha xis-tuyg’ulardan ozod bo’lgan tarzda baho berishni, obyektiv faktlarga e’tibor bilan qarab, o’zining kamchiliklarini ham tan olishni, hammaga bir xil mezonlar bilan qarashga
o’rganishni, konflikt yechimiga qaratilgan qadamlarni o’ylab amalga oshirishni talab etadi.
Konfliktlarni boshqarish usullari
Konfliktlar mazmuni, ularning kelib chiqish sabablari, konflikda qanday holatlar vujudga kelishi borasida avvalgi boblarda biz ma’lum bilimlarga ega bo’ldik. Biz eng zarur shart, ya’ni konfliktni o’z holicha tashlab qo’ymaslik kerakligini anglab yetdik. Ziddiyatga faol aralashish, uni boshqarish va uning yechimini hamkorlikda ishlab chiqish - konflikt yechimini topishga olib kelishini ko’rdik. Konflikt yechimi uchun zarur bo’lgan insoniy fazilatlar va ko’nikmalar haqida gapirdik. Ammo shu bilan birga konflikt yechimini topish uchun konfliktni boshqarishning o’ziga xos usullari ham egallash darkor. Konfliktlarni boshqarish haqida ma’lumotlarni bilish va ularni qo’llay olish ham sizning hayotingizda osoyishtalik olib kiradi. Konfliktologiyada konfliktlarni boshqarish usullari odamlarning xarakteri, o’zini tutishi, psixologiyasi asosida ishlab chiqilgan.
Endi konfliktlarni qanday boshqarish mumkinligini ko’rib chiqamiz. Konfli ktlarni boshqarishning besh asosiy usuli mavjud. Odatda, konfliktlar nazariyasida bu usullar turli hayvonlar hatti-harakati asosida biror «jonivor»ning o’zini tutish xususiyatlariga nisbat beriladi. Biz ishlab chiqilgan hamda konfliktologiya nazariyasida keng
Л
qo’llaniladigan konfliktlarni boshqarishning «jonivor» usullarni ko’rib chiqamiz . Sizning vazifangiz - o’z xarakteringiz ta’kidlangan usullardan qaysi bir usulga ko’proq to’g’ri va mos kelishini aniqlashdan iborat. Ammo hayotda turli vaziyatlar bo’ladi, shuningdek insonning murakkab xarakterini faqat bir usulga bog’lab o’rganish to’g’ri emas. Ko’plab hollarda inson xarakteri to’g’ridan-to’g’ri faqat bir usulga monand bo’lmay, ba’zan usullar aralashmasiga ham teng kelishini nazarda tutishga to’g’ri keladi. Shuningdek, insonning u yoki bu konflikt vaziyatlardagi o’zini tutishi o’sha vaziyatga ham o’zaga xos tarzda bog’liq bo’ladi. Demak, konfliktologiyada kuyidagi konfliktlarni boshqarish usullari mavjud:
Moslashish va ko’nikish usuli - «QO’Y»
«Siz nima desangiz ham, men siz bilan hamfikrman»
Moslashish va ko’nikikish usulidagi odam o’zini har doim biror voqyelikka moslashga urinadi. Favqulodda holatlarda ham o’sha vaziyat va vaziyatni keltirib chiqargan insonlar bilan kelishish yo’lidan boradi. Siz boshqa odamga har doim o’z roziligingizni ko’rsatishga harakat qilasiz, chunki bu yo’l konfliktdan qochish, ochiqdan - ochiq qarshilik ko’rsatmaslik, undan o’zini chekkaga olish, konfliktda faol ishtirok etmaslik imkoniyatini yaratadi. Siz konflikt vaziyatning o’zidan qo’rqasiz. Konflikt vaziyat siz uchun - tinch va osuda hayot maromining buzilishi, yangi qarorlar qabul qilinishi, sizdan biror narsaning talab etilishidir. Shu bois, siz aslida qarorlar qabul qilishdan cho’chiysiz va o’zingizni bu holatdan olib chiqib ketishga harakat qilasiz. Shu bois, sizning ustingizdan hukm chiqarish holatlari keng kuzatiladi. Siz ularga qarshilik ko’rsatmaysiz, chunki konfliktni jiningiz suymaydi. «Siz haqsiz mening hovlimda sizning olma daraxtingizni o’tqazish g’irt ahmoqlik edi, chunki uning mevalaridan mening bolalarim huzur ko’radi». Siz uchun birovning jahlini chiqarishdan ko’ra o’lim afzalroqdir. Birovlarning siz haqingizdagi fikri, ularning jahlidan va qahridan siz havotirlanasiz. Shuning uchun siz aslida nimalarni o’ylayotganligingiz va qanday xislar sizni qiynayotganligini hyech kimga ko’rsatmaysiz. Siz uchun eng muhimi, sohta bo’lsa ham iliq munosabatlar, salom- alik, va bas. Demak, hamma narsa joyida. Siz uchun tanish-bilishlaringiz bilan iliq munosabatlar juda muhim bo’lib, ular sizga ziyon yetkazayotgan va adolatsiz bo’lsa ham mayli, siz chidayverasiz. Siz zulmlar va nohaqliklarga chidamli munosabat orqali o’z hayotingizdagi konfliktlarning oldini olgan bo’lasiz. Siz faol bo’lmagan va oqar suv yo’nalishida suzish orqali konfliklarni boshqarasiz, ziddiyatning mohiyatini umuman o’ylab ham ko’rmaysiz, balki o’zingizga emosional -xissiy og’irlikni olgan holda, konfliktni faol aralashmasdan yengib borasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |